14:00 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Moskovskiy Kreml

Rossiyani jahonda nega yaxshi koʻrmaydilar

© Sputnik / Aleksey Drujinin/Anton Denisov/Press-slujba prezidenta RF
Analitika
Havola olish
239620

Dunyoning yetakchi davlatlari orasida Rossiya haqida hammadan negativroq — AQSH OAVlari yozishi aniqlandi. Toʻqson foiz maqolalar negativ mazmunda, ijobiy mazmundagilari — 0,2 foiz.

Viktor Maraxovskiy

"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi ilk marotaba ikkita savolga javob berdi: kollektiv Gʻarb haqiqatda bizni yaxshi koʻrmaydimi — yoki bu bizni propagandamiz toʻqimasimi? Agar bu toʻqima emas ekan - u holda, bizni nima uchun yomon koʻrishadi? G7ga aʼzo barcha davlatlarning yetakchi OAVlarida yarim yil ichida bizning davlatimizga bagʻishlab eʼlon qilingan maqolalar oʻrganildi — ularning jami soni 82 mingta. Soʻngra bu maqolalar ijobiy, neytral va salbiy maqolalarga ajratildi.

"Ijobiy" maqolalar qatoriga har qanday turdagi maqtovlar, shu jumladan, "Rossiyada qulay poyezdlar harakatlanadi", "Rus baleti Parijda ajoyib chiqish qildi", "Moskvadagi yapon elchixonasida Maslenitsa xursandchilik bilan kutib olindi" va "Germaniyada Rossiya pitstseriyalari tarmogʻi ochildi, maza qilasiz" singari maqolalar oʻrin oldi. Hech qanday baho berilmagan, deylik, "Putin Abe bilan uchrashdi", "Rossiya Koreyani yadro qurolidan holi hududga aylantirish boʻyicha yangi formatdagi muzokaralarni taklif etmoqda" va "Rossiyada biznes-forum oʻz ishini boshladi" singari xabarlar "neytral" boʻlimga tushdi. Rossiyaning tashqi dunyodagi yovuz harakatlari, Rossiyaning oʻzida davlat tomonidan fuqarolarga qarshi qilinayotgan jinoyatlar hamda fuqarolarning oʻzi amalga oshirgan qabihliklar toʻgʻrisidagi hikoyalar "negativ"ga toʻplandi.

Xulosa: "Katta yettilik"da, oʻrtacha hisobda, maqolalarning 50%i - oʻta salbiy. Ijobiylari ikki foizni tashkil etadi.

Qolgan neytral xabarlar — "bordi - uchrashdi", yoki "bir tomondan Rossiya yomon qilmoqda, ikkinchi tomondan - yaxshi" kabilidagi axborot matnlardir.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovщinы Pobedы
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Rekordchi-davlatlar:

— Rossiya haqida hammadan koʻra britaniya OAVlari koʻp yozgan (25 ming maqola);

— hammadan oz — Kanada OAVlari (toʻrt mingdan kam. Umuman olganda, Kanada aholisi soni koʻp emas);

— hammadan koʻra pozitivroq Italiya medialari yozishgan (ijobiy mazmundagi maqolalar 13% ni, yaʼni salbiy maqolalarga nisbatan ikki barobar kamni tashkil etgan);

— hammadan negativroq — AQSH OAVlari (90% maqolalar negativ mazmunda), ijobiy mazmundagilari — 0,2%;

— hammadan koʻra neytral — Frantsiya (70% maqola).

Endi asl mohiyatga oʻtsak.

Rossiyadagi yaxshiliklar haqida. Umuman olganda, ijobiy yangiliklarni hisobga olmasa ham boʻlar edi. Ikki foiz bu nima degani? Italiya OAVlari nashrlarisiz bu koʻrsatkich bir foizga ham yetmasdi.

Shunday boʻlsa-da: bizdagi ijobiy koʻrsatkichlar bu alohida sportchilar, balet - teatr va tarixiy diqqatga sazovor joylardir. Boshqacha soʻzlar bilan aytganda — "ijobiy Rossiya" yetakchi mamlakatlar mediasi tasavvurida 120 yil oldingi vintajda qotib qolgan. Hu anu, Chexov, Rus pallasi bor joylarda turistlar uchun koʻknor urugʻidan tayyorlangan oltin konfet va xalq hunarmandchiligi bor degandek. Aytgancha, Rossiya 90-yillarda ham bu bilan mashhur edi.

Qolgan barchasi esa yomon.

Eng ajablanarlisi: "yomon"ning aksariyat qismi biz uchun maqtovdek jaranglaydi. Chunki bu "yomonlar" oʻlaroq, biz siz bilan hammadan oldindamiz.

Birinchidan, biz, albatta, boshqa derjavalar hayotiga aralashamiz — bu ishni dahshatli tarzda samarali amalga oshiramiz. Deylik, biz Amerikada Trampni sayladik, Buyuk Britaniyada Brexitni amalga oshirdik. Biz Italiya, Germaniya va Avstriyada oʻnglar va populistlarni hukumatga yaqinlashtirdik. Kanadada hech narsaga ulgurmadik, lekin bu ham toʻsiq emas: mahalliy OAVlarda yarim yil ichida ruslar mavzusida "top"ga chiqqan yangilik - bu joriy yil oktyabr oyida oʻtishi kutilayotgan saylovlar va ularga Rossiya aralashuvi boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rus trollaridan iborat jamoalar hammani bir-biriga qarshi qayramoqda (ayniqsa amerika negrlarini oqlarga, trampchilarni demokratlarga qarshi). Zaharli rus propagandasi boʻlmish RT va Sputnik feyklarni yoymoqda va eng kamida "rossiyaparast qarashlarni oldinga surib", oʻquvchiga voqealarni noxolis yetkazmoqda.

Rus josuslari Skripallar va tasodifiy qurbonlarni zaharlamoqda, oltinsoch rus shpion ayollari esa obroʻli kishilar ishonchiga kirmoqda. Bosh razvedka boshqarmasining maxfiy boʻlinmalari butun Sharqiy Yevropa boʻylab toʻntarishlarni rejalashtirmoqda.

Odatiy sarlavhalardan biri: "Yevropadagi saylovlar: maxsus xizmatlar Rossiya aralashuvi ustidan kuzatuv olib boradi" (Zeit).

Ikkinchidan, biz harbiy qudratimizni agressivlik bilan oʻstirmoqdamiz. Biz Skandinaviyaga tahdid solamiz, Buyuk Britaniya va AQShni qoʻrqitamiz. Biz butun globus boʻylab nodemokratik rejimlarni qurol bilan taʼminlaymiz. Biz Amerikani DRSMDdan chiqishga majbur qildik, boltiqboʻyi davlatlari va polyaklarni esa — oʻz chegaramizda NATO kontingentlari sonini oshirishga undadik. Ukrainani gibridlik bilan zabt etmoqdamiz, Venesuela, Suriya va hatto Afrikada demokratiya gʻalaba qozonishiga yoʻl qoʻymayapmiz.

Odatiy sarlavhalar: "Putinning gipertovushli yadroviy raketasi soniyalar ichida Londonni yoʻq qilishi mumkin", "Rossiyaning yadroviy quroli Venesueladami?" (Daily Express).

Uchinchidan, rus hukumati Rossiyaning oʻzida norozilar, madaniyat vakillari va jinsiy ozchilikni qatʼiy taʼqib qilib, erkinlikni boʻgʻmoqda, shuningdek, chet el agentlariga chet el agentlari unvonini bermoqda. Odatiy sarlavhalar: "Putinni tanqid qilgan jurnalist sirli YHTda halok boʻldi" (Mail Online), "Men putin GULAGini koʻrganman" (Bild), "Poytaxtdagi mitingda politsiya vahshiyligining avj olishi" (Les Echos).

Va faqat toʻrtinchi navbatda biz qashshoqlashayapmiz, korruptsiya botqogʻiga botmoqdamiz, aroqxoʻr boʻlib ketyapmiz va qotillikka qoʻl uryapmiz ("Rossiya: ota oʻn yashar oʻgʻlini oylar davomida zanjirband etgan").

Yaponiya OAVlari alohida dastur bilan chiqish qilgan. U yerdagi asosiy yovuzligimiz — Kuril orollarini topshirmaganimiz ("Rossiya, oʻjarlik qilishni bas qil!", "Noqonuniy okkupatsiya faktini rad etib boʻlmaydi").
...Nima deyish mumkin.
Birinchidan. Agar Rossiya yovuz qudrati oldidagi dahshatni oladigan boʻlsak — Rossiya-2019 gʻarb OAVlarida Rossiya-1999 dan hech narsasi bilan farq qilmaydi (yaxshi tomonga boʻlgan ulkan oʻzgarishlar, mamlakat hayotida roʻy bergan ijobiy oʻzgarishlarga qaramay).

Albatta, biz haqimizda kamroq yozishlariga erishish mumkin — masalan, aholisi Rossiyanikiga teng boʻlgan Bangladesh va Filippinlar haqida umuman yozishmagani singari. Buning uchun biz iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy va harbiy sohada rivojlanishda Bangladeshga teng boʻlishimiz kerak. Bu respublika na tahdid qiluvchi harbiy qudratga, na global media tarmogʻiga, na har yerda hoziru-nozir tashqi razvedkaga ega.

Eng qizigʻi: Bangladesh gʻarb davlatlarida, bu qanchalik gʻalati boʻlmasin, ijobiy obrazga ega emas. Mamlakat yetakchi dunyo nashrlari sahifalarida qashshoqlik, korruptsiya, fohishabozlik va noroziliklar tilga olingan mavzularda yoritiladi.

Ikkinchidan. Rossiya-2019 obrazi bizning koʻzga tashlanib turgan harakatlarimizga emas, balki analitik dokladlar (ehtimoliy aralashuvlar haqidagi), ekspert prognozlari (boʻlgʻusi tahdidlar haqida) va oʻta ayyorona fosh boʻlishlar (maxfiy diversiyalar)ga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, Rossiya-2019 dunyoni hiylalar bilan qoʻlga olgan, biroq ular koʻrinmas. Bularni ochib tashlash uchun gʻarb davlatlarida media zimistonga qarshi kurashuvchilar sulolasi harakatga tushgan va ruslar nayranglarini dunyoga fosh etmoqda.

Ha, sizga shunday tuyulgani yoʻq. Rossiya gʻarb mediasida tamomila keksa saxiy iblis obrazida shakllantirilgan. U oʻtgan oʻn yilliklar davomida ham aynan shunday boʻlgan: oʻzi jahannamda boʻlgan bir vaqtda sayyoraning barcha saxiy insonlarini doʻzaxga tortishga intilgan. Goʻyoki rus doʻzaxida hammasi yomon va qoʻrqinchli (demakki samarali ham emas, axir bozor erkin emas, liberalizm yoʻq). Lekin shu bilan birga har qanday janjal, oʻtkir tus olgan muammolar va eng erkin dunyoda notoʻgʻri siyosatchilar gʻalabalari ortida aynan rus jahannami koʻrinmas bir devordek paydo boʻlaveradi.

Kimning yodidan koʻtarilgan boʻlsa eslatmoqchiman— migrantlarning Yevropaga yopirilib kelishini ham biz uyushtirganmiz.

Rossiyani oʻz ishlariga aralashganlikda ayblayotgan Gʻarb hech qanday dalillarni topa olmadi. Lekin Rossiya ishlariga shaxsan qaolroq aralashishga qaror qildi – noqonuniy mitinglar Vashington va Berlinni chetda qoldirmadi.

Agar voqeani toʻgʻri tahlil qiladigan boʻlsak, biz yetakchi deb hisoblaydigan mamlakatlardagi "dunyo kartinasi" ming yil oldingi qonunlar boʻyicha yoziladi. Agar ushbu qonunlar real holatga unchalik mos kelmasa — bu muammo emas. Reallikni shu kechayu-kunduzda bir yarimta ekspert fikri va toʻrtta doklad bilan "yaratish" mumkin.

Bu esa ikki narsani anglatadi. Yoki yetakchi gʻarb mamlakatlari elitalari oʻzlari reallikda yashaydi-yu, xalqlarini esa eski asotirlar bilan "toʻydirmoqdalar". Bu holatda ular oʻz xalqlari uchun ancha qaygʻuli antiutopiyani qurishmoqda.

Yoki yetakchi gʻarb davlatlari elitalari oʻzlari retranslyatsiya qilayotgan asotirlarda yashaydi va bu holatda ular yana sanoqli vaqt davomida oʻzlarini yetakchi deb atashlari mumkin — chunki haqiqat hamisha asotirdan sizib oʻtib, yuzaga chiqadi.

Asosiy mavzular