13:21 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Gennadiy Bordyugov

“Birgalikda qozonganmiz”: Gitler Germaniyasini tor-mor etishda SSSR roli yoʻqqa chiqarilyapti

© Sputnik / Aleksey Tixomirov
Analitika
Havola olish
518 0 0

“Sovet respublikalarining qay biri gʻalabada eng katta hissani qoʻshgan?” qabilidagi dunyoqarashlar singdirilayotgani bois va bu yoʻnalishda ziddiyatlarni oldini olish maqsadida "Birgalikda qozonganmiz" loyihasi ishlab chiqildi.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya jamiyatining tadqiqotchilari assotsiatsiyasi prezidenti Gennadiy Bordyugov radio Sputnik efirida soʻzga chiqar ekan, natsizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75-yilligi arafasida Yevroosiyo xalqlari Assambleyasi huzurida “Pobedili vmeste” (Birgalikda qozonganmiz) Xalqaro jamoat qoʻmitasi tashkil etilganligini maʼlum qildi.

Qoʻmita faoliyati soʻnggi yillarda jahon tarixida asosiy trendga aylanib borayotgan voqelik – Ikkinchi jahon urushi natijalarini qayta koʻrib chiqish, Gitler Germaniyasini tor-mor etishda SSSR rolini kamaytirish va hatto yoʻqqa chiqarish kabilarga qarshi turish, umumiy gʻalaba uchun jonini fido etganlar xotirasini saqlab qolish, ushbu gʻalaba barchamizning yagona gʻalabamiz ekanligini unutmaslik kabilarni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

“Afsuski, mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida ziddiyatli munosabatlarni avj oldirish, Ikkinchi Jahon urushi natijalarini qayta koʻrib chiqish, insoniyat manfaati va ravnaqi yoʻlida qilingan urinishlarni yoʻqqa chiqarish kabi intilishlar ommalashmoqda”, - deb taʼkidladi assotsiatsiya rahbari.

Ikkinchi Jahon urushi toʻgʻrisidagi xotirani saqlab qolish - bugungi avlodning burchi, deydi Bordyugov intervyu davomida.

Ekspert fikricha, dunyoda muayyan kuchlar borki, ularning asosiy maqsadi tarixiy voqelik boʻlmish – sovet xalqi va uning ittifoqchilarining birgalikda natsizm ustidan gʻalabasini yoʻqqa chiqarish, aynan “birgalikda” soʻziga zarba berishdan iborat.

Yangi urush kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Sovet ittifoqining Ikkinchi Jahon urushida gʻalabada hal qiluvchi hissasini yoʻqqa chiqarish ushbu kontseptsiyada markaziy oʻrinni egallaydi. Vaholanki, urush yakunida Ruzvelt ham Cherchill ham bu borada hech qanday shubhaga ega emas edi. SSSRning Sharqiy frontdagi hissasi barchaga ayon edi.

Soʻnggi ikki yilda boshqa bir tendentsiyani – sobiq ittifoqdosh davlatlarining (sobiq SSSR-tahr.) haqiqiy birligini, maʼnaviy qardoshligini yoʻq qilishga boʻlgan intilishlarni kuzatyapmiz.

Ushbu kontseptsiya mualliflari urushdagi gʻalabani, kerak boʻlsa, milliy omilga qarab boʻlib tashlash vazifasini oʻz oldilariga qoʻygan.

“Sovet respublikalarining qay biri gʻalabada eng katta hissani qoʻshgan?” qabilidagi dunyoqarashlar singdirilmoqda. Bu esa millatlararo ziddiyatli munozaralarga sababchi boʻlishi hech gap emas.

G.Bordyugov soʻzlariga qaraganda, zamonaviy jamiyat va ayniqsa yoshlar aynan oʻsha zamon voqea-hodisalaridan boxabar, qator dalillar esa xotiradan chiqa boshlayotgani nihoyatda xavfli holat.

“Aynan shuning taʼsirida loyiha vujudga kelgan va bu eng avvalo, jamoat loyihasi boʻlib, u barcha ishtirokchi davlatlarning ushbu urush bilan bogʻliq aktsiyalarini qarama-qarshi qoʻyish emas, aynan birlashtirishga qaratilgan. Maqsad bitta – umumiy gʻalabamiz toʻgʻrisidagi xotirani saqlab qolish, qandaydir axborot urushlariga javob berish orqali emas, aksincha ijobiy tashabbuslarni ilgari surish orqali birgalikda harakat qilish”, - deya soʻziga yakun yasadi faoliyat yetakchisi.

Asosiy mavzular