GAZni bankrot qilaman deb Vashington nimalarga erishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka transporta Comtrans 2019
Mejdunarodnaya vistavka transporta Comtrans 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘yoki "Rossiya AQSh saylovlarida aralashgani" uchun kiritilgan sanksiyalar, aslida Ford lobbistlari tomonidan Rossiya bozoridagi raqobatchisi - GAZ avtozavodiga qarshi uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. “Avtostat” ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda “GAZ” Rossiya tijorat avtomobillar bozorining 45 % ini egallab turibdi. O‘tgan yil ushbu kompaniyaga qarshi AQSh sanksiyalari kirtilgan edi. Agar davlat yordam bermaganda, vaziyat butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi, deb yozadi RIA Novosti eksperti Aleksandr Lesnix.

Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob choralarini e’lon qildi

GAZ (Gorkiy avtomobil zavodi) - Rossiyaning eng yirik yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi korxonasi bo‘lib, u Nijniy Novgorod shahrida joylashgan. Ushbu shahar Sovet ittifoqi davrida Gorkiy nomi bilan atalgan edi.

AQSh hukumati 2018-yilning aprel oyida go‘yoki "Rossiya AQSh saylovlarida aralashgani" uchun, Kremlga yaqin bo‘lgan 26ta biznesmenga qarshi kiritgan sanksiyalari, Rossiyaning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri - “GAZ guruhi”ga ham qarshi qaratilgan edi.

Nega deganda aynan GAZ Rossiya ichki bozorida Amerikaning Ford konsernining asosiy raqobatchisi edi. Ushbu sanksiya Ford kompaniyasi lobbistlari tashabbusi bilan amalga oshirilgan, deb ishonch bildirmoqda bir necha tahlilchilar.

Dastlab sanksiyalar kiritilganidan so‘ng Rossiya bozorida Ford tijorat avtomobillari ulushi keskin o‘sa boshlagandi. 2019-yilning birinchi choragida o‘sish 15 %ga yetgandi. Lekin baribir amerikaliklarning rejasi amalga oshmadi.

Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga sanksiya kiritishdan vaqtincha voz kechdi

Nijniy Novgorodning eng yirik ish beruvchisiga Rossiya hukumati yordamga keldi. Sanoat va Savdo vazirlgi, chetdagi manbaalarda kredit olishi cheklangan GAZ uchun 8,6 milliard rubl subsidiya ajratdi. Undan tashqari korxonaga yirik davlat buyurtmalari berildi.

Natija o‘zini ko‘p kuttirmadi - 2019-yilning Yanvar-Sentabr oylarida Ford Rossiyada 8,7 ming dona avtomobil sotgan bo‘lsa, GAZ – undan 4 baravar ko‘p, 35,2 ming dona. Rossiya tijorat avtomobillar bozorida GAZ ulushi 45%ni tashkil qildi. Ford – 11 %.

Yaqin oylar ichida GAZ korxonasi juda band bo‘ladi, chunki u yirik davlat buyurtmasini bajarishi kerak. Yil oxiriga qadar Rossiya hududlariga 789 ta tez yordam mashinasi va 2000 dan ortiq maktab avtobuslari yetkazib berishi kerak. Umumiy qiymati 10 milliard dollardar ortiq bo‘lgan ushbu buyurtmani Rossiya Sanoat va savdo vazirlgi tomonidan joylashtirilgan.

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi

2020 yilda esa GAZning rejalari yanada qiziqarli. Volkswagen AG guruhiga kiruvchi Shkoda kompaniyasi GAZ zavodida bir necha modeldagi avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Skoda Russia direktori Yan Proxazk aytishiga qaraganda, 2020-yil boshidan boshlab nijniy Novgorodda Skoda Kodiaq, Skoda Karoq yo‘ltanlamaslari hamda Skoda Octavia yengil avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi.

Undan tashqari, kelasi yil oxirida GAZ o‘zining eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Gazel NN” modelini ham ishlab chiqara boshlaydi. “Gazel NN” haydovchiga yordam berishga qaratilgan 30 dan ortiq elektron tizimlar: kameralar, radarlar, ultratovush datchiklari bilan jihozlangan.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib shuni xulos qilish mumkin-ki, AQSh sanksiyalari yana bir bor mutlaq qarama-qarshi natija ko‘rsatdi. Rossiya kompaniyasining rivojlanishiga va bozordagi ulushini kengaytirishiga olib keldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: sanksiya kiritgan davlatlarning o‘zi bizdan ko‘proq yo‘qotdi

Undan tashqari, Rossiya har qanday tashqi sanksiyalar bilan kurashishning tizimli uslubini ishlab chiqdi. 2019-yilning dekabr oyida Moskva birjasida xorijda sanksiya kiritilgan kompaniyalar olbligatsiyalarini joylashtirish boshlanadi. Shunday qilib sanksiya ostiga tushgan kompaniyalarga nafaqat davlat yordam berishi, balkim xususiy investorlar ham yordam berish imkoniyati paydo bo‘ladi.

GAZ esa, ildam rivojlanib bormoqda. Yaqinda korxona mashhur “Pobeda” brendini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Korxona kelajakda ushbu brend ostida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. G‘alabaning 75-yilligiga atalgan maxsus seriya bo‘lsa ham ajab emas.

Yangiliklar lentasi
0