AQSh Rossiyaga hamla qilishdan nega qo‘rqishini xitoy OAVlari tushuntirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi
Sovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy nashri ta’kidiga ko‘ra, AQSh yaqin o‘n yilliklarda Rossiya tomonga hatto nigoh tashlashga jazm etolmasligi aniq

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Rossiya strategik yadro kuchlariga egaligi tufayli AQSh unga hujum qilish rejasini ko‘rib chiqmayapti, deb yozadi Xitoyning Sohu nashri. RIA Novosti xabari asosida.

NATO Rossiya bilan harbiy mojaro ehtimoliga baho berdi

"Zamonaviy dunyoda, agar davlat strategik yadroviy kuchlarga ega bo‘lsa, u gegemon sanaladi, shu bois ularni "tinchlikni ta’minlovchi sir", deb ham atashadi"", - deb yozadi Sohu.

Sovet Ittifoqi tarqalishi, mudofaa budjetining sezilarli kamaytirilishiga qaramasdan, Vashington avvalgidek Rossiyadan xavfsiraydi, deb hisoblaydi maqola muallifi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya strategik yadro kuchlari hali hamon to‘liq jangovar hozirlikda, "bu esa amerikaliklarni ham o‘qni quruq saqlashga majbur etmoqda".

1991 yili Rossiya sobiq SSSRning 70% strategik yadroviy kuchlariga ega bo‘lgan va shu bois, quruqlikda, dengizda va havoda strategik zarbalarni beruvchi vositalarga hamisha egalik qilib kelgan, deb yodga soladi nashr. "Rossiya, AQShdan tashqari, bunday imkoniyatlarga ega dunyodagi yagona davlatdir", - deyiladi maqolada. Rossiya "yadro triadasi"da bosh rolni sovuq urush davridan buyon doimiy jangovar hozirlikda bo‘lib kelayotgan yer ustida joylashgan raketalar egallab kelmoqda, deb yozadi muallif.

Voyenoslujashie RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston
Xavfsizlik yo‘lida: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

Vashingtonning yadroviy qurolsizlantirish bitimi, shu jumladan, o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi muhim shartnomadan chiqish qarori, deb ta’kidlaydi Sohu nashri, Rossiyaga kuchli strategik bosim o‘tkazdi. Ammo "Momaqaldiroq-2019" o‘quvlari tufayli Moskva butun dunyoga yaqin yillarda o‘z xavfsizligi strategik yadroviy kuchlar tufayli kafolatlanishini tushuntirib qo‘ydi.

Shu bilan birga, bir vaqtlar SSSR va AQSh o‘rtasida bo‘lgani kabi "qurollanish poygasi" hozirda ro‘y bermaydi, deb hisoblaydi muallif. "Rossiya armiyasi o‘zining kuchli tomonlari, ya’ni strategik yadroviy kuchlarni yaxshilashi hamda javob zarbasi ishonchliligini ta’minlashi mumkin. Shu tariqa, yaqin o‘n yilliklarda AQSh Rossiya tomonga hatto nigoh tashlashga jazm etmaydi", - deya yakun yasaydi maqola muallifi.

Vertoleti nanosat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

Yil avvalida Vashington Rossiyani uzoq vaqtdan buyon DRSMD shartlarini buzib kelayotganlikda ayblab, shartnomadan bir tomonlama chiqishini e’lon qilgan edi. Moskva barcha ayblovlarni rad etmoqda. Iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartnoma amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi, hujjat 2-avgustdan boshlab amal qilishdan to‘xtadi.

"Momaqaldiroq-2019" o‘quvlari 15-17 oktabr sanalarida o‘tkazildi, unga 12 mingga yaqin harbiy xizmatchilar, shuningdek, 213ta strategik ahamiyatga ega uchirish qurilmalari, 105 ta uchuvchi apparatlar, shu jumladan beshta strategik raketa tashuvchilar, 15tagacha suvosti kemalari, beshta suvosti qayig‘i, 310 dona jangovar va maxsus texnikalar jalb etildi.

Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi general-mayor Yevgeniy Ilin, o‘quv-mashg‘ulotlar mudofaa xarakteriga egaligini va boshqa davlatlarga qaratilmaganini qayd etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0