21:37 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zamestitel glavkoma VVS RF po voprosam obʼyedineniya sistemы PVO SNG, general-leytenant Aytech Magomedovich Bijev.

Rossiyalik harbiy Oʻzbekistonga Xitoy raketasi nima uchun kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Analitika
Havola olish
132223

Zahiradagi general-leytenant, oʻtmishda Rossiya harbiy havo kuchlarining HHM birlashgan tizimi masalalari boʻyicha bosh qoʻmondon oʻrinbosari Aytech Bijev oʻzbek harbiylari nega S-300 raketa majmualari muqobili boʻlgan Xitoy raketasini sinovdan oʻtkazishganiga izoh berdi.

Navoiy viloyatidagi "Kulquduq" poligonida Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 tipidagi havo hujumiga qarshi raketa sinovdan oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekistonning havo hujumidan mudofaa tizimi jangovar tayyorgarligini oshirish doirasida boʻlib oʻtdi. 

Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoy raketasini sinovdan oʻtkazadi

Rossiyalik ekspert fikricha, mazkur tizimlar qoʻllanilishining sababi ularning nisbatan arzonligi bilan izohlanadi. Ammo Rossiyada ishlab chiqarilgan analoglari koʻpgina xususiyatlari boʻyicha xitoynikidan ustundir.

"Mohiyatan olib qaraganda, XXRda Rossiya litsenziyasi asosida ishlab chiqariladigan ushbu raketalar - ilk S-300 majmuasi ayni oʻzidir. Yaʼni bizdan sotib olingan raketalar asosida xitoyliklar bu majmualarni ishlab chiqib, ularga xitoycha nom qoʻyib sotmoqda. Albatta, bu "xitoycha S-300"larning xususiyati asli bilan solishtirganda ancha oddiy, lekin narxi ham mos ravishda besh marotaba past. Aynan shu omil tanlov paytida birlamchi rol oʻynagan”, -  deb qayd etdi Bijev.

Ekspert XXR qurol-yarogʻlar eksportida faol qatnashib, mijozlarni arzon uskunalar bilan jalb qilmoqda. Ammo bu qurollarning jangovar imkoniyati Rossiyada ishlab chiqarilayotgan zamonaviy majmualarnikiga qaraganda ancha pastdir. 

Asosiy mavzular