11:33 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
481 0 0

RF Davlat dumasi MDH ishlari boʻyicha qoʻmita raisi birinchi oʻrinbosari Konstantin Zatulin YEOII doirasida integratsiya qanday davom etishi kerakligi xususida mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Ekspert fikricha, Yevroosiyo iqtisodiy  ittifoqi doirasida integratsiya “shved stoli” formatida faoliyat yuritishi notoʻgʻri. Yaʼni bu jarayonda “uni xohlayman-buni xohlamayman” turidagi munosabat oʻrinsiz.

“Menga sutning qaymogʻiyu senga sutning qoldigʻi qabilidagi yondashuv yaramaydi, albatta. Integratsiya iqtisodiy boʻlsa-da, u yaqindan siyosiy hamkorlikni, qoʻshimcha mexanizmlarni shakllantirishni talab qiladi. Allaqachon ishlayotgan Yevroosiyo komissiyasi faoliyatining oʻzi yetarli emas. Integratsiya kompleks ravishda barcha sohalarda amalga oshirilishi kerak. YEOII doirasida nafaqat iqtisodiyot va balki siyosat xususida ham soʻz yuritish kerak. Ayrimlar siyosiy birlashuv ortida sobiq sovet ittifoqini qayta tiklash loyihasini yoki shunga oʻxshash vazifani koʻra boshlaydi. Lekin bizning bunday na maqsad va na vazifamiz bor”, - dedi deputat “Moskva-Bishkek-Yerevan-Minsk-Nur-Sultan” videokoʻprigi davomida.

Shuningdek, Zatulin YEOIIga oʻxshash birlashmalar allaqachon mavjudligiga alohida eʼtibor qaratib, Yevropa ittifoqini misol tariqasida esga oldi.

Zatulin o vzaimodeystvii v ramkax YEAES: integratsiya doljna bыt kompleksnaya

Asosiy mavzular