Fedorova: al-Bag‘dodiy o‘limi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lishi mumkin emas

Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova
Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RFA Sharqshunoslik instituti Yaqin va O‘rta Sharq markazi katta ilmiy xodimi Irina Fedorova terrorchilar rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Suriyada AQSh tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida yo‘q qilinishi ehtimoli haqidagi xabarga izoh berdi

"Islom davlati" terroristik tashkiloti yetakchilari orasida kimningdir o‘limi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lishi mumkin emas, dedi RFA Sharqshunoslik instituti Yaqin va O‘rta Sharq markazi ilmiy xodimi Irina Fedorova Sputnik radiosi efirida. 

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: al-Bag‘dodiy o‘ldirildi

Ilgariroq, amerika OAVlari Suriyada maxsus operatsiya davomida "ID" yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi. Sal keyin AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu xabarni tasdiqlovchi rasmiy bayonot bilan chiqish qildi.

"Bu singari voqea ro‘y bergan bo‘lsa yoki endi ro‘y bersa, u holda ushbu xabar "ID" rahbariyati tomonidan maxfiylashtiriladi. Al-Bag‘dodiy shaxsi ramz bo‘lib, terrorchilarni birlashtirishga xizmat qiladi. Shu bois, agar bu kabi voqea ro‘y bersa, o‘ylaymanki, uning safdoshlari bu borada birorta dalil yuzaga qalqib chiqmasligi uchun bor imkoniyatni ishga solishadi", - deb hisoblaydi Fedorova.

Ekspert shuningdek, nega Qo‘shma Shtatlar aynan hozir ushbu xabarni tarqatishga qaror qilganiga ham e’tibor qaratdi. Fedorova fikriga ko‘ra, bu bilan amerikaliklar o‘zlarining "ID"ni yo‘q qilish bo‘yicha eng zo‘r mutaxassis ekanliklari, ular hammani mag‘lub etganliklarini isbotlashga urinmoqda.

Fedorova: dostovernoy informatsii o gibeli al-Bagdadi bit ne mojet
Yangiliklar lentasi
0