14:39 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Rabota avtosalona

Trade in va avtomobil bozori bir-biriga xalal bermaydi - ekspert

© Sputnik / Mixail Mordasov
Analitika
Havola olish
348 0 0

Trade-in va avtomobil bozori – bir biriga xalal bermaydi,   ular yonma-yon faoliyat koʻrsatishi mumkin - rossiyalik avtoekspert.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda foydalanishda boʻlgan avtomobillarni sotib olishga ixtisoslashgan birinchi “Trade-in” markazi ochilishi munosabati bilan koʻpchillik endi avtomobil bozorlari yopilishi mumkin degan xayolga borgan boʻlishi mumkin. Ushbu vaziyat borasida izoh olish maqsadida Sputnik Rossiyada taniqli avtoekspert Aleksandr Dobinga murojaat qildi.

Ekspert fikriga koʻra, avtomobil bozori va treyd-in – bu mutlaq turli tizimlar va ular bir-biriga xalal bermaydi.

Treyd-in – bu eski avtomobilning qiymatini hisobga olgan holda, uning oʻrniga yangi avtomobil sotib olish tizimidir. Bozor esa – eski avtomobildan toʻliq voz kechish, uni pulga almashtirish tizimidir, deydi ekspert.

Har doim ham eski mashina sotgan kishilar yangi avtomobil sotib olishni rejalashtirmagan. Ushbu ikkala tizim orasida raqobat yoʻq. Ular bir-biri bilan yonma-yon kun kechirishlari mumkin.

Boshqa tomondan qarganda, treyd-in tizimidan foydalanganda xaridorlar uchun eski avtomobilni sotish jarayoni sezilarli darajada osonlashadi. Ular avtomobilni bozorga tayyorlash, hujjatlarni rasmiylashtirish kabi jarayonlardan xalos boʻlishadi. Lekin kompaniya oʻzining ushbu xizmatlari evaziga avtomobil qiymatini kamroq hisoblaydi.

Avtomobil bozorda mustaqil ravishda sotilganida, vazifa ancha yengillashadi. Uning egasi sotish jarayoninida toʻliq ishtirok etishi, mavjud xavflar bilan toʻqnashishiga toʻgʻri keladi. Bu albatta ortiqcha yugur-yugur va noqulaylik tugʻdiradi.

Avtomobil bozori va Treyd-in bir biri bilan yonma-yon faoliyat yuritishi mumkin. Avtosalonlar eski avtomobillar oʻrniga yangisini sotishni boshlaydi. Eskilarini esa alohida maydonlarda savdoga chiqaradi. Shunday qilib bozor ham joyida qoladi, treyn-in ham paydo boʻladi, deydi ekspert.

Asosiy mavzular