14:33 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Viktor Baranets

“Tayfun” zirhli avtomobil Oʻzbekiston armiyasiga qanday afzallikni beradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Analitika
Havola olish
642 0 0

“Komsomolskaya pravda” gazetasining harbiy sharhlovchisi isteʼfodagi polkovnik Viktor Baranets “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib olingandan keyin Oʻzbekiston armiyasi qanday afzalliklarga ega boʻlishini aytdi.

Oʻzbekiston Rossiyadan "Tayfun" (K53949) zirhli avtomobillar yirik partiyasini xarid qildi. Avtomobillarni mamlakatga yetkazib berish 2019 yilning oxiriga qadar boshlanishi maʼlum.

Baranets Rossiyada ishlab chiqarilgan “Tayfun”  zirhli avtomobillari yuqori taktik va texnik xususiyatlarga egalinini aytdi. Mashinalar shaxsiy tarkibni boshqa joyga zudlik bilan koʻchirish uchun zarur.

“Avtomobillarning dvigatellari kuchli, ular shaxsiy tarkibni avtomat va pulemyot oʻqlaridan ishonchli ravishda himoya qiladi”, - dedi ekspert Sputnik Oʻzbekiston bilan boʻlgan suhbatda.

Qolaversa, maxsus texnologiyalar yoʻlda mashina portlagan vaqtda yoʻlovchilarning sogʻ-salomat qolishiga imkon beradi. Bunga avtomobilning “qorin” deb ataluvchi nodir qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu mashina juda yaxshi toʻsiqlardan oʻta olish qobiliyatiga ega va bu mamlakatning turli mintaqalarida zudlik bilan amalga oshirish uchun kerak boʻlgan harakatlar uchun zarur.

Mazkur texnikani xarid qilib, Oʻzbekiston oʻzining jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Ekspertning toʻliq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular