Ekspert: KXShT bo‘yicha O‘zbekiston qarori – vaqt masalasi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishAnatoliy Viborniy
Anatoliy Viborniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) parlament assambleyasi ekspert-maslahat kengashi raisi, Rossiya Davlat dumasi deputati Anatoliy Viborniy hozirda tashkilot va O‘zbekistonning qanday munosabatlari yuzaga kelganligiga baho berdi.

Anatoliy Viborniy parlamentariylar KXShTning qonuniy vazifalarini tez, sifatli va samarali hal etishga alohida e’tibor qaratishlarini aytdi. Tashkilot ishida a’zo mamlakatlarning duch kelishi mumkin bo‘lgan chaqiriq va tahdidlarni  oldini olish ham muhim vazifalardan sanaladi.

Minchenko: O‘zbekistonning KXShTga qaytishiga deyarli to‘siq qolmadi

“O‘zbekistonning KXShTga qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligi masalasi – vaqt masalasi. Birinchi bosqichda uning mohiyatini anglash uchun turli tadbirlarda ishtirok etish maqsadga muvofiq”, - dedi Anatoliy Viborniy Sputnik O‘zbekiston bilan bo‘lgan suhbatda.

Postsovet davrining ilk yillarida O‘zbekiston KXShTga a’zo edi, lekin keyinchalik tashkilotni tark etish qarori qabul qilingan edi. O‘sha zamondan buyon ko‘p narsa o‘zgardi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hozir KXShTda mashg‘ulotlar dinamikasi, ularning faolligi va qudrati o‘zgarib, yangicha tus olgan.

Ekspert: O‘zbekistonning "Markaz-2019"dagi ishtiroki - ODKB sari qadamdir

Qaror qabul qilish uchun uning mohiyatini anglash va hozir tashkilot qanday ahamiyatga egaligini tushunish zarur.

Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Viborniy: reshenie Uzbekistana po ODKB - vopros vremeni

 

Yangiliklar lentasi
0