07:36 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Direktor Ispolkoma RATS SHOS Djumaxon Giyosov

Gʻiyosov: SHHT chegaralarida yangi terrorchilik bazalari vujudga kelmoqda

Press-slujba MID Uzbekistana
Analitika
Havola olish
534 0 0

Jangarilarning faolligi qoʻshni davlatlarga koʻchgan, birinchi navbatda Afgʻonistonga. Buning barchasi SHHT chegaralarida yangi terrorchilik bazalari yaratilishiga yordam beradi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (SHHT MATT) yettinchi ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Bizning uchrashuvimiz xalqaro xavfsizlik tizimi jiddiy sinovlarga duchor boʻlayotgan vaqtda boʻlib oʻtmoqda. SHHT hududlarida vaziyatning beqarorligi xatarlari saqlanib qolmoqda: terrorchilik tashkilotlari, jumladan, “ID”*, - dedi SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi direktori Jumaxon Gʻiyosov.

Uning soʻzlariga koʻra, Suriyadagi vaziyat jangarilarning qolgan qismini oʻzlarining xorijiy nuqtalarini faollashtirishga, boshqa davlatlarga chiqib ketib, u yerda yashirinishga majburlagan.

Afgʻon-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari toʻplandi - ekspert

Shu bilan birga ularning rahbarlari boshqaruv tizimini butun dunyo boʻylab hujum uyushtirishga yetarli darajada saqlab qolishga muvaffaq boʻlishgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, terrorchilar oʻzlarining har qanday sharoitlarga moslasha olishlarini namoyish etishmoqda, jumladan, kiberjinoyat va xakerlar hujumi faolligi kuchaygan.

Shunday qilib, “ID”* global tashkilotga aylanmoqda.

“Jangarilarning faolligi qoʻshni davlatlarga koʻchgan, birinchi navbatda Afgʻonistonga. Buning barchasi SHHT chegaralarida yangi terrorchilik bazalari yaratilishiga yordam beradi”, - deya qoʻshimcha qildi Gʻiyosov.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Gʻiyosov Afgʻoniston hududida “IG”* va boshqa taqiqlangan xalqaro terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning faollashgani sabab tashkilotga aʼzo mamlakatlar chegarasidagi vaziyat keskinlashganini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga qaraganda, “ID”*jangarilari tomonidan terrorchilik hujumlari uyushtirilishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

Yaqin uch yilda SHHT MATT boshqa xalqaro terrorizmga qarshi tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazish amaliyotini qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.  

* “Islom davlati” (ISHID, ID) – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular