22:18 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Baxodir Djalolov prinimayet pozdravleniya ot prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva

Oʻzbekiston bayrogʻi, ogʻir nokaut va toʻy: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu

Ministerstvo sporta Uzbekistana
Analitika
Havola olish
116150

Ogʻir vaznli, professional-bokschisi Bahodir Jalolov - 2016 yil Olimpiya oʻyinlari yarim finaliga chiqqan, ikki karra Osiyo chempioni boʻlgan, 2015 yilda jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Bahodirning professional ringda oʻtkazgan barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Eslatib oʻtamiz, shu yili Yekaterinburgda oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida eng ogʻir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov jahon chempioni boʻldi.

Jalolov janglardan birida amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan soʻng shifoxonaga tushgan edi. Jalolov shifoxonada amerikalik bokschi holidan xabar olgandi. Bu holatni aks etgan video internet foydalanuvchilari eʼtiboriga tushgandi.

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori ogʻir vaznli charm qoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov Sputnik Oʻzbekiston nashriga bergan interyusida hayoti, erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari haqida soʻzlab berdi.

Torjestvennыy priyem uzbekskiy bokserov posle CHM v RF
Ministerstvo sporta Uzbekistana
Torjestvennыy priyem uzbekskiy bokserov posle CHM v RF

- Bahodir, siz uchun bugungi kunda nima muhimroq – Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun saralash bosqichidan oʻtish va ishtirok etish yoki navbatdagi professional jangmi?

- Hozir meni birinchi maqsadim – Olimpiya oʻyinlari. Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqsam, keyin professionalga toʻliq oʻtish niyatim bor. Hozircha kamar haqida umuman oʻylamayapman. Faqat Olimpiyada oʻyinlarini oʻylayapman.

- Professional ringdagi keyingi jang qachon boʻladi va raqibingiz kim boʻladi?

- Hozir havaskor boksdamiz. Fevral oyida Xitoyda Olimpiadaga yoʻllanma beradigan turnir boʻlib oʻtadi – Osiyo-okeaniya turniri. Oʻsha turnirda qatnashaman, kim bilan tushishim hozircha aniq emas: qozogʻistonlik, koreyalik, eronlik bokschilar bor. Oʻsha bokschilar bilan tushamiz, deb oʻylayman.

- Rio shahridagi olimpiya oʻyinlarida siz Oʻzbekiston jamoasi bayroqdori boʻlgan edingiz. Stadionda bayroq bilan oʻtganizda xis tuygʻularingiz esingizdami?

Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svыshe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svыshe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Nima desam boʻladi? Jamoa sardori boʻlgandan keyin, masʼuliyat juda ham ogʻir boʻladi. Oʻshanda, olimpiada payti 21 yoshda boʻlganman. Juda yosh edim. Juda xursand boʻlganman, cheksiz faxrlanganman Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarib chiqqanimga. Yaʼni Oʻzbekiston bayrogʻi bayroqdori vazifasini menga ishonib topshirganlari uchun. Lekin ishonchlarini oqlolmaganman. Xudo xohlasa, vaʼda beraman, xalqimizni ishonchni oqlab, Olimpiyada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritib, inshoolloh Oʻzbekistonga yorugʻ yuz bilan qaytaman.

- Oʻzingizni vatanparvar deb bilasizmi, yoshlarga oʻrnak boʻlishni xohlaysizmi?

- Bu maqtanish emas, lekin agar yoshlarimiz bizlardan oʻzlariga nimadir olayotgan boʻlsa, biz, sportchilarni koʻrib oʻzlariga ozgina boʻlsa ham motivatsiya olayotgan boʻlsa men juda ham xursandman. Lekin men hali hech narsa qilmadim bu uchun. Vatanim uchun amalga oshiradigan ishlarim koʻp. Deylik, Osiyo jahon chempionati, Olimpiyada kurashlari, koʻplab jahon chempionatlari bor oldinda. Oʻshalarda gʻalabani qoʻlga kiritsam, ozgina boʻlsada vatan uchun nimadir qilgan boʻlaman.

Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svыshe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svыshe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Jahon chempionatida magʻlub boʻlgan raqibingiz xolidan xabar olish maqsadida uning oldiga tashrif buyurishingiz internetda katta muhokamalarga sabab boʻldi, aytingchi, bu sizning fikringiz boʻlganmi yoki tashkilotchilarni?  

- Ochigʻi, bu haqda xayoldan oʻtkazganman, ammo maxsus video suratga olib, uni chiqarish rejada yoʻq edi. Aytmoqchimanki, bu ish oldindan rejalashtirilmagan. Men bilan birga borgan oʻrtogʻim ortimda turib shu videoni olgan ekan. Keyin ustozim koʻrib qolib, ijtimoyi tarmoqqa qoʻyinglar, deya maslahat berdi. Shu bilan shu video mashhur boʻlib ketdi. Agar bu boshqa sportchilarga oʻrnak boʻlgan boʻlsa, men juda ham xursandman.

- Boks – bu  agressiv sport turi hisoblanadi, siz kundalik hayotda qandaysiz? Film koʻrib yigʻlashingizmi yoki kichik mushuk bolasini koʻrganizda qanday xissiyotlarni xis qilasiz?

- Toʻgʻri, hayotda juda jahldor insonman. Jahlim tez. Men buni yashirmayman. Oilada bitta oʻgʻilman. Singillarim hatto mendan juda qoʻrqishadi. Qarab oʻtirmayman, qattiq gapirib yuborishim mumkin. Oʻshani uchun ham oʻylanaman, qanaqa qilib uylanarkanman deb (oʻzi ham kuladi). Lekin ota-ona haqidagi filmlarni koʻrsam, yoki ayol kishini hayotda qiynalib qolganini koʻrsam, yigʻlavorgim keladi. Koʻpincha kechki payt koʻchada boʻlganimda qizlarni ofitsiantlik qilib yurganini koʻrsam chidolmayman, ichimdan ezilaman, ularga rahmim keladi.

Baxodir Djalolov (Uzbekistan), oderjavshiy pobedu v  poyedinke 1/2 finala v vesovoy kategorii svыshe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), oderjavshiy pobedu v poyedinke 1/2 finala v vesovoy kategorii svыshe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatiningiz keng nishonlandi va davlat tomonida sizga uy sovgʻa qilishishgandi, shu uyga koʻchib oʻtdingizmi?

- Hali remont qilmadim, chunki tadbirlardan boʻshaganim yoʻq. Xudo xohlasa endi remont qilib, keyin xalqga osh beramiz. Uy toʻy qilamiz, nasib qilsa.

- Siz uchun nima koʻproq fahrli - Olimpiya oʻynlarida chempionlik yoki mutlaq professional gʻolib bokschi?

- Olimpiyada, yuqorida aytganimdek, hammaning orzusi. Lekin professional boksda “Doktor jeleznыy kulak” laqabiga ega Klichkoday yoki “temir” Mayk Taysonday bokschi boʻlganga yetmaydi, deb oʻylayman, toʻgʻrisi. Professionalda yengilmas boʻlsangiz, olimpiada ham esdan chiqib ketadi (kuladi).

Baxodir Djalolov (Uzbekistan) v pererыve mejdu raundami poyedinka 1/2 finala v vesovoy kategorii svыshe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Baxodir Djalolov (Uzbekistan) v pererыve mejdu raundami poyedinka 1/2 finala v vesovoy kategorii svыshe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Raqiblaringiz siz va boks maktabingiz haqida hurmat bilan gapirishadi. Boshqa davlatlardan jahon sportidan doʻstlaringiz bormi? Yoki birinchi navbatda siz hammani raqib deb bilasizmi?  

- Albatta, doʻstlarim koʻp. Koreyadan yaqin doʻstim bor Xon Kyu, 91 Osiyo chempioni boʻldi. Taylanddan doʻstlarimiz bor. Rossiyadan ham doʻstim bor – professional bokschi – Dmitriy Bivol, jahon chempioni. Sergey Kuzmin bor. Meni professionaldagi trenerim ham rossiyalik – Gennadiy Yuryevich Mashyanov. Ular meni jahon chempionatidan oldin ikki oy trenirovka qildirgan va ulardan koʻp narsani oʻrgandim. Gennadiy Yuryevich juda aqlli murabbiy.

Doʻstlarim orasida biri kichik vaznda, biri ogʻir vaznda. Shu bois ular bilan ringda uchrashib qolish ehtimoli hatto yoʻq.

- Shubhasiz, sport hayotingizning katta qismini egallaydi. Oila, bolalar haqidagi fikrlar haqida oʻrtoqlashsangiz?

- Albatta, shunday xayollar kelib turadi. Niyatda bu. Xudo xohlasa Olimpiada oʻyinlarida oltin medal olib, keyin uylanaman, deb niyat qilganman. Inshoolloh shu kunlarga yetkazsin.

Baxodir Djalolov neset kubok pobeditelya
Ministerstvo sporta Uzbekistana
Baxodir Djalolov neset kubok pobeditelya

Asosiy mavzular