13:34 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Andrey Serenko

Ekspert chegaraga hujum haqida: bu Markaziy Osiyo uchun sensatsiya

© Facebook / Andrey Serenko
Analitika
Havola olish
93801

Oʻzbek-tojik chegarasidagi chegara postiga terrorchilarning hujumini Rossiyadagi zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi eksperti Andrey Serenko izohladi.

Eskpert fikriga koʻra, "Islom davlati" terroristik tashkiloti jangarilarining hujumini provokatsiya (fitna), deb hisoblash mumkin.

"Holat koʻngilsizdan ham koʻra, sensatsiyaga yaqin, chunki bunaqasi hali boʻlmagandi. Hali hech qachon Afgʻoniston hududidan jangarilar Markaziy Osiyoning biror bir regioniga bostirib kirmagan. Agar bu ISHID jangarilari ekanligi tasdiqlansa, va ular afgʻon chegarasidan Tojikistonga chiqishga va diversiyani sodir etishga harakat qilgan boʻlsalar, u holda bu sensatsiya", - dedi Andrey Serenko Sputnik Tojikiston bilan muloqotda.

Shu bilan birga, ekspert taʼkidiga koʻra, tojik chegara qismiga hujum ISHIDning odatiy harakatlariga tamomila ziddir.

"Toʻgʻrisini aytganda, bu ISHID mantigʻiga toʻgʻri kelmaydi. Juda bemaʼni operatsiya. Bu ishidchilar formati emas – ular kamchiqim, lekin taʼsiri keng operatsiyalarni xush koʻradilar. Imidj nuqtai-nazaridan ID umuman boshqacha narsalarni amalga oshirgan boʻlardi", - deb hisoblaydi Serenko.

Ekspert shuningdek, ISHID haqiqatan ham chegara postiga hujumga oʻzining aloqadorligini tasdiqlashini kutish kerakligini, bu juda muhimligini qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular