“Jang bilan razvedka qilish” - mutaxassislar chegaradagi hujum haqida

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDirektor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov
Direktor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilik bilan kurashda, asosiysi profilaktik choralar, bu xavfini paydo bo‘lgan zahotiyoq yo‘q qilish kerak, deb hisoblaydi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. “Islomiy davlat” jangarilarining Markaziy Osiyo davlatlariga kirib kelishini jiddiy xavf deb  hisoblaydi, deb Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mutaxasissi, RT xabariga asosan.

Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari bo‘lib chiqdi

Rossiya TIV ikkinchi bo‘limi boshlig‘i, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili - Zamir Qobulov aytishiga qaraganda ayni damda Yaqin Sharqda mag‘lubiyatga uchragan ID jangarilarini Markaziy Osiyo hududidga olib o‘tish jarayoni ketmoqda. Rossiya va Eron xalqaro hamjamiyatni ushbu xavf haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.

Ma’lumki , kecha Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegarasidagi “Ishqobod” postiga 20 nafar ID jangarilari hujum qilgan va ulardan 15 nafari yo‘q qilingan 5 nafari hibsga olingan edi. Zamir Qobulov ushbu holatni “tashvishli signal” deb atadi.

Direktor Federalnoy slujbi bezopasnosti (FSB) Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb MDH davlatlarida vaziyatni izdan chiqarmoqchi - FXX rahbari bayonoti

- Afsuski ushbu holat vaziyat qanchalik xavfli ekanini va unga qarshi kurashish kerakligini ko‘rsatmoqda. Kurashishni profilaktika yo‘li bilan olib borish kerak. Biz 20ta emas undan bir necha baravar ko‘proq terrorchilar Markaziy Osiyoga kirib kelishini kutib tura olmaymiz. Bu Rossiya uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi, lekin birinchi navbatda bu O‘rta Osiyoga tahdid solmoqda, - deydi diplomat.

Zamir Qobulov aytishiga qaraganda, Rossiya ushbu hududdagi o‘z ittifoqchilariga yordam bermoqda. Ushbu yordam asosan KXShT yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston KXShT a’zosi bo‘lmasa-da, Rossiya bilan keng yo‘nalishli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, shu sababli ushbu sohada Rossiya tomonidan rejali yordam ko‘rsatilmoqda.

Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar O‘zbekiston hududiga kirib olmoqchi bo‘lgan - ekspert

- Men Markaziy Osiyo respublikalarining jangovor qobiliyatlaridan hecham ikkilanmayman, lekin bu qo‘l qovushtirib o‘tirish kerak degani emas. Kechagi holat ular uchun jiddiy ogohlantirish bo‘lishi kerak. Ular bunga alohida e’tibor berishlari kerak. Terrorchilik bilan kurashda, asosiysi – bu profilaktik choralar. Ushbu xavfini paydo bo‘lgan zahotiyoq - yo‘q qilish kerak, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun, — deydi Zamir Qobulov.

Voqealar aynan shunday rivoj topishi mumkinligini haqida Eron hukumati ham ogohlantirgan edi. Xususan, mart oyida Tehronda siyosiy va diniy rahbariyat bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda prezident Xasan Ruhoniy ayni damda AQSh terrorchilarni Yaqin Sharqdan Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlariga olib o‘tayotganini xabar qilgan edi.

Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari Tojikiston bilan chegara uchastkalari qo‘rig‘ini kuchaytirishdi

Zamir Qobulov shuningdek Rossiya va AQSh ushbu haqida olib borayotgan muzokaralar haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Ular terrorchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishayotganini ta’kidlashmoqda, lekin natijasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Ularning Afg‘oniston hududida bo‘lib turishi – mamlakatdagi vaziyatga yomon ta’sir qilmoqda, - deydi diplomat.  

Chegara

Jangarilarning Tojikiston chegarasi yaqinida faollashuvi – bu kechagi voqea emas. O‘tgan yillar davomida Tojikistonning minglab fuqarolari ID tomonida kurashish uchun Yaqin Sharq mamlakatlariga yo‘l olgan edi. Ular Suriya va Iroqdan siqib chiqarilganidan so‘ng qo‘shni Afg‘oniston hududiga kelib qolishgan. Afg‘oniston shimoli esa hozir nafaqat markaziy hukumat, balkim “Tolibon” harakatiga ham bo‘ysunmaydi. U yerni turli xil jangovar guruhlar o‘ziga makon qilib olgan.

Afg‘on-tojik chegarasining uzunligi 1400 km, so‘nggi yillarda uni qo‘riqlash jidiy kuchaytirilganiga, bir necha yangi postlar qo‘yilganiga qaramasdan, ushbu chegarani kesib o‘tish uncha mushkul emas.

Ayrim yuqori tog‘li hududlarni hech kim qo‘riqlamaydi, u yerlarda hech qanday harbiy qismlar yo‘q. Aynan shu holat u yerdan narkotik moddalar kontrabandasi va terrorchilar o‘tishi uchun imkoniyat tug‘dirmoqda.

- Kecha sodir bo‘lgan voqea birinchisi emas. Bunday holatlar yiliga 20-martagacha bo‘lib turadi. Bu qisman narkotik moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan terrorchilik tashkilotlari bilan bog‘liq. Tojikiston hududida bunday “jang bilan razvedka qilish” holatlari yana takrorlanishi mumkin, - deydi Afg‘onistonni o‘rganish markazi mutaxassis Nikita Mendkovich.

Ushbu vaziyat Rossiya uchun ham jiddiy migratsion xavf tug‘dirishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov. Zubovning fikriga ko‘ra, jangarilarning maqsadi Tojikistonda vaziyatni beqaror qilib, u yerdan millionlab qochqinlarni Rossiyaga yo‘naltirishdir.  

Yangiliklar lentasi
0