11:05 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
495 0 0

Xalqaro aksilterrorchilik oʻquv uyushmasi prezidenti Iosif Linder oʻzbek-tojik chegarasidagi ISHID* xudkush-ayollari ishtiroki haqida oʻz fikrlarini aytdi.

Linder  Sputnik Tojikistonga taʼkidlashicha, agar Sharqda bir ayol qurol oladigan boʻlsa, demak, unda juda jiddiy motivatsiya boʻlgan.

“Jangarining rafiqasi boʻlish yoki uy-roʻzgʻor ishlari bilan shugʻullanish bir narsa, qoʻliga qurol olish va qandaydir ishga borish bu boshqa. Mana nazorat punktiga hujum vaqtida, toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuvda oʻlish uchun biroz boshqacha psixotipga ega boʻlish kerak. Xudkush tanlanganda ham turli mexanizmlar bor: koʻpincha hamma ham chindan oʻlishini bilmaydi yoki ularni alohida tayyorlanadi”, - deydi Linder.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, odam yollashda boshqa psixologik profilga ega boʻlgan kishilar tanlanadi.

“Ularning orasida yaqinlari u yoki bu terroristik tashkilotga borib, vazifalarni bajarish paytida vafot etganlar ham bor. Shundan soʻng, ularning eng yaqin qarindoshlari, shu jumladan ayollar, qasos yoʻliga oʻtadilar”, - deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, 6 noyabr kechasi 20 nafarga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60 km masofada, oʻzbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi. Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yoʻq qilinib, 5 tasi qoʻlga olingan.

Chegara postiga hujum qilgan shaxslar orasida besh nafar ayollar boʻlgan. Otishma vaqtida ikki nafar ayol oʻldirildi, qolganlari – qoʻlga olindi va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan soʻroq qilindi.

Jinoiy guruhida omon qolgan ayollar Soʻgʻd viloyatining Istaravshan shahrida tugʻilgani maʼlum boʻldi. Bu ayollar Afgʻoniston hududida xudkush-terrorchi sifatida ISHID (Rossiyada va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot) maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik koʻrgan.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert o CHP na pogranzastave Tadjikistana: jenщinы imeli seryeznuyu motivatsiyu

 

   

Asosiy mavzular