06:37 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

“Hozirdanoq yaxshiroq yashashni xohlaymiz”: Ⱪudratxoʻjayev saylovdan kutayotganlari borasida

Iz lichnogo arxiva Sherzoda Kudratxodjayeva
Analitika
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (10)
533 0 0

Jurnalist, siyosatshunos, Xalqaro press-klub rahbari Ⱪudratxoʻjayev Sputnik agentligiga Oʻzbekiston saylovlarga qanday tayyorlanayotgani hamda partiyalar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar foydasi va ular bir biriga nima sababdan takalluf koʻrsatishga majbur emasligi xaqida soʻzlab berdi.

- Sherzodxon Tojiddinovich, saylovlar qanday yoritilishi, nechta jurnalist taklif etilgani xaqida soʻzlab bersangiz

- Bu  Markaziy saylov komissiyasi uchun muhim savollardan biri, chui,nki yoritilishga koʻp narsa bogʻliq. Manzarani toʻlaligicha yoritib beradi. Misol uchun, bu yilgi kuz – juda omadl ranglarga boy yomgʻirlarsiz. Shunday rangbaranglikni bizning siyosiy manzaramizda ham boʻlishini xoxlaymiz.

Jurnalistlarni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi taklif qiladi, lekin ichki tartiblarni nazarda tutsak, MSK qoshida qariyb 500 nafar jurnalist akkreditatsiyadan oʻtishga ulgurdi. Bizning matbuot markazimiz ular bilan ishlamoqda. Shu bilan birga jurnalistlarni yana ham faolroq bulishga chorlagan boʻlardim. Nimaga? Hozirgi kunda Oʻzbekistonda OAV boʻlinishi kuzatilyapti: ulushi va auditoriyasi kamayib borayotgan davlat OAVlari, shuningdek, aksincha ulushi va auditoriyasi kengayayotgan nodavlat OAVlari bor. Biroq, nodavlat OAVlari negadur oʻz eʼtiborini koʻngilochar koʻrsatuvlarga qaratyapti. Men hamkasblarimga saylovlarni ahamiyatliligini eslatib oʻtmokchiman.

Saylovlar – bu demokratiyaning fuqarolarning oʻz davlatini boshqaruvida ishtirok etishi uchun chinakam qurol. Buni biz qancha ertaroq anglasak, shuncha yaxshiroq boʻladi. Chunki parlament bir vaqtni oʻzida xam yuqori vakillik organi xamda yuqori qonun chiqaruvchi organ va unga koʻproq yaxshi huquqshunoslar, yaxshi iqtisodchilar, umuman olganda har sohadagi yuqori malakali mutaxassislar kerak.

- Parlamentariylarimizning oxirgi yillardagi faoliyatini qanday baholaysiz?

- Oʻzgarish surʼati ravshan. Avvallari agar parlamentga tayyor qonun loyihalari kelganida, ular aksariyati soʻzsiz qabul qilinardi. Hozir esa parlament “itoatsiz” boʻlib qoldi. Parlament avvalgidek  emas. Misol uchun, yaqinda sud zalidan onlayn-translyatsiya oʻtkazish xakida qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Deputatlar uni rad etishdi, koʻrib chiqishni xohlashmadi. Bu ularning shaxsiy xayot siri va boshqa juda muhim jihatlar toʻgʻrisida nuqtai nazari. Bosh prokuror, bosh vazir oʻrinbosarlari ham oʻtkir savollar beryapti, u yoki bu vaziyatlardan noroziligini bildirishyapti. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva biror holatda norozi boʻlsa, ayniqsa, gender tenglikka taalluqli holatlarda, oʻz nuqtai-nazarini jon-jaxdi bilan himoya qiladi.

- Parlament saylovlari prezident saylovlaridan nimasi bilan farq qiladi? Eʼtiborga molik tomoni nimada?

- Albatta, ular oʻrtasida farq katta.  Ⱪiyoslash mumkin emas. Chunki prezident saylovlari – bu davlat rahbari saylovlari, biz bundan uch yil oldin oʻtdik. Bu holatda Markaziy saylov komissiyasiga ishlash osonroq: nomzodlar soni oz. Fuqarolarga ham tanlash osonroq kechadi. Ⱪonun chiqaruvchi organ saylovlari holatida saylov okruglari soni 150 tagacha koʻpayadi. Bundan tashqari siyosiy partiyalarining tumanlar mavqeʼidan respublika mavqeʼigacha faolligi muxim. Va bunga mos holda 150t a komissiya 150 ta komissiya raislarini, ularning 150 dan ortiq oʻrinbosarlarini, minglab saylov uchastkalarini qamrab oladi. Oʻzbekistonga yaqinda qish kirib keladi, lekin fevral oyigacha  bu yerda “qaynoq” holat boʻladi. Elektorat ham bu jarayonga qoʻshilishi shart.

Oʻzbekiston respublikasi parlament saylovlari: chet davlatlarda 53 uchastka ochiladi.

Xudoga shukur, davlatimizda “siyosiy afzallik” termini paydo boʻlyapti. Rossiya ushbu davlarni boshidan oʻtkazib boʻldi. Kimdir Jirinovskiyni, kimdir Zyuganovni afzal koʻradi. Oʻzbekistonda xam shunday shaxslar paydo boʻlyapti.

Bu yil saylovlarda koʻpchilik xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Avvallari kuzatuvchilar orasida koʻpincha siyosatdan yiroq boʻlgan yirik ishbilarmonlarni kuzatish mumkin boʻlgan bulsa, bu safar hayoti parlament, siyosat, siyosiy partiyalar, davlat hukumati institutlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan odamlar tashrif buyuradilar. Bu juda muhim, chunki ular xolis, asosli baho beradilar.

Oʻzbekiston Xelsinkida qabul qilingan barcha xujjatlar tartibini va Demokratik institutlar va inson xuquqlari buyicha Byuroning xujjatlariga kiritilgan 7 ta tamoyillarga amal kilib kelmokda. Birdan bir maqsadimiz – insonlar oʻzlari ixtiyoriy ravishda saylovlarga kelishi va har bir inson oʻz ovozini berish imkoniyatiga ega boʻlishi.

- Nima deb oʻylaysiz, saylovlar natijasida ichki siyosiy nizolar vujudga keladimi?

- Oʻzingiz amin boʻlyapsizki, partiyalar bir birlari bilan toʻqnasha boshladilar, nizolar vujudga kela boshladi. Oldinlari bunday holatlar kuzatilmagan. Bu juda yaxshi. Chunki demokratiya plyuralizm, koʻpfikrlikka asoslangan. Baʼzan, manfaatlar mojarosiga. Nega boʻlmasin? Partiyalar bizning jamiyat rivojlanishiga xizmat qilishlari kerak. Fuqarolik jamiyati rivojlanishiga. Oddiy insonlarni hayotini yaxshilashga. Shuning uchun gap chuqur islohotlar toʻgʻrisida ketganda biz bir birimiz bilan chuvalashib yurishimiz va bir birizga takallufimiz oshiqcha deb oʻylayman.

Mening ishonchim komil, partiyalar rahbarlari, ayrim davlatlarda boʻlayotgani kabi, bir birini pastga urishmaydi, - axloqiy normalarga amal qilish kerak. Lekin qarashlari har xil boʻlishi mumkin.

- Saylovlardan keyin nimalar oʻzgaradi?

- Oʻylaymanki, bu toʻhrisida gapirish hali erta. Chunki saylov kampaniyasi bir necha kundan keyin boshlanadi, 17 noyabr kuni. Shundagina nomzodlarni koʻrishimiz mumkin. Men hozircha ularni bilmayman.

Shu bilan birga taʼkidlab oʻtishim kerakki, kelayotgan saylovlarning shiori – “Yangi Oʻzbekiston: yangi saylovlar”. Oʻylaymanki, bu saylovlarga jalb qilinganlar hamma narsani tushunib turishipti. Va ular farzandlarini yorqin hayoti xususida umidlar roʻyobini kutib oʻtirishi oʻlaroq haqiqatdan ham yaxshiroq hayot kechirishni istashmoqda.

Biz hozirdanoq yaxshiroq yashashni xohlaymiz.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (10)

Asosiy mavzular