07:59 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Jazo muqarrar: Rossiya xorijlik haydovchilar ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Analitika
Havola olish
640 0 0

Vladimir Putin 2020 yil 1 fevralga qadar chet el fuqarolari va chet el tashuvchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzganliklari uchun jazo muqarrarligini taʼminlash boʻyicha chora koʻrishni topshirgan.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Mariya Naumenko. Rossiyada yoʻl harakati qoidalarini (YHQ) buzgan chet ellik haydovchilarga jazo muqarrarligini taʼminlovchi tizim tayyorlanmoqda. “Kommersantʼ” gazetasi maʼlumotlariga qaraganda, Rossiyadan chiqib ketayotgan avtomobillarni jarimasi bor-yoʻqligini tekshirishni boshlashlari mumkin. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakatlar chegarasida davlat raqamini qayd etish kameralar oʻrnatiladi. Hozirda Moskvada chet ellik haydovchilar tomonidan qayd etilgan barcha huquqbuzarliklardan faqat 1% iga jarima solinmoqda. Vaziyatni tuzatish boʻyicha qabul qilinajak choralar “yoʻl xaritasi” allaqachon ishlab chiqilgan va Rossiya hukumati koʻrib chiqmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining “yoʻl xaritasi”loyihasida Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Federal bojxona xizmati, Moskva hukumati va boshqa idoralar takliflari inobatga olingan. 2020 yil 1 fevralga kelib YEOIIga aʼzo mamlakatlarining chegaraoldi oʻtkazish punktlari Rossiyaga kirib kelayotgan avtomobillar raqamlarini qayd etuvchi kameralar bilan jihozlanadi, deya yozadi “Kommersantʼ”. Ushbu maʼlumotlar Federal bojxona xizmatining axborot tizimiga, u yerdan esa Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspektsiyasiga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, Rossiyadan chiqib ketayotgan xorijiy raqamga ega barcha mashinalarni toʻlanmagan jarimasi bor yoki yoʻqligini tekshirish taklif qilinmoqda. Agar qoidabuzarlik qilib, jarimasini toʻlamagan boʻlsa, mashinani chegarada ushlab qolish va maxsus maydonchaga joylashtirishlari mumkin.

Hujjatni Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Makim Akimov imzolashi kerak. Vitse-premyer vakili Sputnik nashriga loyiha Rossiya hukumati apparatida ekani, hozirda “oʻrganilib tahlil qilinayotganini” tasdiqladi.

Kelasi yil 1 fevralga kelib Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, IIV, Transport vazirligi YEOIIga aʼzo mamlakatlar bilan vaqtinchalik olib kirilgan transport vositlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan almashish borasida kelishib olishlari lozim.

Yoʻl harakatini tashkil qilish markazi (YHTM) Sputnik nashriga  ularning taklifi bilan “yoʻl xaritasiga” chet elliklar tomonidan sodir etiladigan yana bir qoidabuzarlik kiritilganini maʼlum qildi. Gap pullik shahar avtoturargohi uchun pul toʻlamaslik haqida bormoqda. YHTM  taʼkidiga koʻra, bu xorijiy raqamli mashinaga ega haydovchilar orasida koʻp uchraydigan qoidabuzarlikdan sanaladi.

“Qoʻshimcha ravishda Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida haydovchilarning maʼlumotlarini almashish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalarini ishlab chiqish taklif etildi”. Hozirda poytaxtda chet ellik haydovchilar tomonidan qayd etilgan barcha huquqbuzarliklardan faqat 1% iga jarima solinmoqda. Biz buni nomaqbul deb hisoblaymiz”, - deya taʼkidladi Moskva hukumati YHTQ matbuot xizmati.

Shuningdek, Moskvada yil boshidan buyon xorijiy raqamga ega 2078 dona mashina ushlangani va maxsus maydonchalarga joʻnatilganini qoʻshimcha qilishdi. Haydovchilar toʻxtash va turish taqiqlangan yoʻl belgisi ostida qoldirib, xavfli vaziyatlarga sababchi boʻlishgan. Qolaversa, yoʻldagi harakatga qiyinchilik tugʻdirishgan.

OAV Moskva hukumati maʼlumotlariga tayangan holda Rossiya poytaxtida xorijliklar oʻrtasida qoidabuzarliklar soni boʻyicha yetakchi sifatida Armaniston, Moldova, Ukraina va Belarus haydovchilari qayd etilganini xabar qilishgan edi.

Xorijiy raqamga ega avtomobil haydovchilari tomonidan YHQ buzganlik uchun jarimaning toʻlanmasligi yozda Rossiya davlat kengashi majlisida muhokama qilingan edi. Uning yakuniga koʻra Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020 yil 1 fevralga qadar “chet el fuqarolari va chet el tashuvchilari jazosining muqarrarligini taʼminlash boʻyicha chora koʻrishni” topshirgan edi.

Asosiy mavzular