13:34 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Eks-gensek SHOS Rashid Alimov na X Aziatskoy konferentsii Valdayskogo kluba v Samarkande

Alimov: Markaziy Osiyoga "katta oʻyin" emas, shiddatli yuksalish kerak

Sputnik / Yuriy Korsuntsev
Analitika
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
442 0 0

SHHTning sobiq bosh kotibi Rashid Alimov Markaziy Osiyo mamlakatlari nima hisobdan iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga erisha olishlari mumkinligi xususida soʻzladi.

Samarqandda boʻlib oʻtgan X Osiyo Xalqaro Valday klubi anjumanida 11 davlatdan tashrif buyurgan ekspertlar global jarayonlarda regionni kelgusi taraqqiyoti istiqbollarini muhokama qildilar.

"Shu narsa ayonki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga "katta oʻyin" mutlaqo kerak emas. Ular yuksak taraqqiyotga erishish uchun sheriklik munosabatlarini oʻrnatishdan manfaatdor. Bunga esa anʼanaviy resurslar, xususan, agrar sektor yordamida erishish mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, agar asosiy sheriklar haqida gap borsa, u holda ular yillar davomida sinovdan oʻtgan, har qanday "ob-havoga bardoshli", sheriklardir - bular Rossiya va Xitoy. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari "qanotlari" deyish mumkin. Ularning hech biri ustunlikka intilmaydi, balki bir-birini toʻldiradi", — deb taʼkidladi Rashid Alimov.

U shuningdek, turli qarashlarga qaramay, barcha ekspertlar - mintaqa ichida jipslashuv va taraqqiyot kerak ekan, degan fikrda toʻxtalganliklarini qoʻshimcha qildi.

Toʻliq izohni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular