12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zapusk krыlatыx raket

Gʻirrom oʻyini yoki qurolsizlanish boʻyicha xalqaro shartnomalarni buzish kimga kerak

© Sputnik /
Analitika
Havola olish
418 0 0

Yuta olmayapmizmi,  demak oʻyin qoidalarini almashtiramiz - xalqaro strategik xavfsizlik shartnomalari nima sababdan buzilayotgani haqida.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Huquqshunos va tashqi siyosat magistri Olga Suxarevskaya Xalqaro strategik xavfsizlik shartnomalari nima sababdan buzilayotgani haqida. 

Oʻrta va yaqin masofa raketalari haqidagi shartnoma

Strategik qurollarni kamaytirish borasida dunyoda birinchi imzolangan shartnoma bu “Yadroviy qurolni atmosferada sinovdan oʻtkazishni taʼqiqlash haqidagi shartnoma” boʻlgan edi. U 1963 yilda Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi va AQsh tomonidan imzolangan. Undan soʻng yana bir necha shartomalar imzolangan. Ulardan ayrimlagi haligacha amal qilmoqda, boshqalari oʻz kuchini yoʻqotgan.

Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987 yilda imzolangan Oʻrta va yaqin masofa raketalarini qisqartirish (DRSMD) haqidagi shartnomaning bekor qilinishi eng katta shov shuvlarga sabab boʻldi. Ushbu shartnomani imzolashga AQShning Yevropada Sovet Ittifoqining Yevropa qismiga qarshi yoʻnaltirilgan raketalarni joylashtirishi va Sovet Ittifoqining Yevropaga qarshi qaratilgan raketalarini joylashtirish sabab boʻlgan edi.

DRSMD shartlariga koʻra, AQSH va SSSR uchish masofasi 500dan 5000 km gacha boʻlgan raketalarni ishlab chiqarish taʼqiqlanar edi. Ular jumlasiga harbiy dengiz kuchlari tomonidan qoʻllaniladigan, qanotli raketalar ham kiritilgan edi. Masalan amerikaning “Tomogavk” raketalari Oʻrta yer yoki shimoliy dengizlardan uchirilishi mumkin edi.

AQSH Rossiyani asossiz ayblagan holda 2019 yilning 1 fevralida DRSMDdan chiqishi haqida eʼlon qildi. AQSH aybloviga koʻra Rossiya 9M729 rusumli “Iskander” qanotli raketasini ishlab chiqishi bilan ushbu shartnomani buzgan. AQShning oʻzi boʻlsa bundan ikki yil oldin 1000km masofagacha zarba bera oladigan, samolyotlarga oʻrnatish uchun moʻljallangan qanotli raketalar ishlab chiqarish uchun mablagʻ ajratgan.

AQShning ushbu qadamiga qarshi Rossiya DRSMD shartnomasida oʻzining itirokini rasman toʻxtatdi. AQSH harakatlariga qarama-qarshi teng javob sifatida Sergey Lavrov Rossiya ham oʻrta va yaqin masofaga zarba bera oladigan raketalar ishlab chiqarishni boshlaganini eʼlon qildi. Lekin Rossiya ushbu raketalarni amerika raketalari Yevropada paydo boʻlmaguncha hech qayerda joylashtirmasligini eʼlon qildi.

“Ochiq osmon”

Endi boʻlsa AQSH tashabbusi bilan yana bir xavfsizlik shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotish arafasida turibdi. “Ochiq osmon” shartnomasi maxsus jihozlangan samolyotlarning oʻzga davlat hududi ustidan nazorat parvozlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu shartnomaga aʼzo davlatning harbiy faoliyatini nazorat qilib turish maqsadida amalga oshiriladi.

AQSH ustidan parvozlarni taʼqiqlashga Rossiya tomonidan yangi uskunalar bilan jihozlangan ikki samolyotni sertifikatsiya qilish borasida yuborgan murojaatnomasi boʻldi. Amerikalik kongressmenlar ushbu parvozlarni “milliy manfaatlarga zarar yetkazuvchi josuslik parvozlari” deb topishdi. “Ochiq osmon” shartnomasidan chiqish boʻlsa aynan AQSH uchun qulaydir. Chunki AQSH ushbu shartnomadan chiqmagan boshqa NATO davlatlari manbaalaridan foydalanib Rossiya hududini kuzatishda davom etishi mumkin. Rossiya boʻlsa bunday qila olmaydi. Sputniklar orqali maʼlumot olish mumkin albatta, lekin unda nazorat toʻliq boʻlmaydi.

Yuta olmayapmizmi,  demak oʻyin qoidalarini almashtiramiz - shunaqami?

Qanday shartnomalar qachon imzolangani va qanday sharoitda ular bekor qilinganini oʻrganib chiqqan holda bir narsani anglash mumkin: AQSH va uning hamkorlari biror sohada ustunlikka erisha olmaganda, muzokaralar muvaffaqiyatga erishar. SSSR yoki Rossiya texnik ustunlikdan mahrum boʻlib AQSH oldinga oʻtib ketsa – shartnomalar tamom deyavering. DRSMD bunga yaqqol misol.   

Endi boʻlsa gipertovushli qurol-yarogʻni BMT orqali taʼqiqlashga urinishlar boʻlmoqda, chunki bu sohada AQSH Rossiyadan orqada qolib ketdida. AQSH ana shunday qurol yaratgan zahotiyoq ushbu taʼqiq bekor qilinishiga ham shubha yoʻq.

Bularning barchasi anekdotdagi yuta olmagach, oʻyin qoidalarini oʻzgartirishga harakat qiladigan djentlmenga oʻxshaydi.

SNV-3 yoki xalqaro xavfsizlik qoldiqlari

Bugun Rossiya va AQSH orasida qurol-yarogʻni cheklash borasida amal qilayotgan yagona  shartnoma bu  - Strategik hujum qurollarini qisqartirish haqidagi shartnomadir (SNV).

Tungi Kreml, Moskva. Arxiv surat
© Sputnik / Aleksey Drujinin/Anton Denisov/Press-slujba prezidenta RF

Faqat ushbu shartnomalarni saqlab qolish yadro-raketalar sohasida mulaq nazoratni yoʻqotishni oldini olish mumkin.

“AQSH bosqichma-bosqich dunyoda oddiy va yadroviy qurollar sohasidagi barcha cheklovlarni, olib tashlashga harakat qilmoqda, - deb hisoblaydi harbiy ekspert Boris Rojin. DRSMDdan chiqqandan keyin 2021 yilda “SNV-3”ni ham toʻxtatish masalasi koʻrib chiqilmoqda. AQSH ushbu shartnomani toʻxtatish yoki AQSH Rossiya bilan Xitoyga  shartnomani butunlay yangilashni taklif qilishi haqida xabarlar turli darajalarda aytilmoqda”.

Rojin aytishiga koʻra, AQShning bunday harakatlari oqibatida xalqaro xavfsizlik tizimi butunlay buzilib ketishi mumkin.  

Ushbu vaziyat Rossiyani ham xavotirga solmoqda, dedi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov. Uning fikriga koʻra, bugungi vaziyatda SNV-3 shartnomasini uzaytirish strategik barqarorlikni saqlab qolish, yadro-raketa quroli sohasida nazoratni saqlab qolish uchun va uning yangi uslublarini topguncha amalga oshirilgan yagona aqlli ish boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular