13:13 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Proyekt shtab-kvartirы NATO v Bryussele

NATO oʻz ajalini qanday yashirish toʻgʻrisida kelishmoqda

Assar
Analitika
Havola olish
1828 0 0

Frantsiya prezidenti Makronning NATOning "miyasi oʻlgani" xaqidagi bayoni Yevropa siyosiy hamjamiyatida zanjirli reaktsiyani keltirib chiqardi hamda rasmiy Berlinning qahrli eʼtiroziga sabab boʻldi.

Lekin asosiy natija shunda-ki, endi NATOning London sammiti gʻarblik ekspertlar tomonidan allaqanday bir tibbiy konsilium sifatida qabul qilinmoqda va uni doirasida nochor ahvolda qolgan "NATO deb ataluvchi bemorning" taqdiri muhokama qilinmoqda. Hozircha hech kim asosiy "evtanaziya" asosiy suzini aytmadi, lekin Makron tomonidan berilgan bahoni noxaq deb isbotlamoqchi boʻlganlarning jazavasiga qaraganda, Shimoliy atlantika alyansi batamom oʻz layoqati chegarasidan oʻtgach, nima qilmoq kerak, degan savol nafaqat Parij osmonida, balki Yevropa axborot maydonida ham muallaq turgan koʻrinadi.

"Reyter" agentligi Berlin noroziligi haqida Makron ohangida xabar bermoqda: "Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas yakshanba kuni Frantsiya prezidenti Makronning harbiy alyans toʻgʻrisidagi tanqidiy eʼtirozlariga Berlinning shu kechayu-kunduzdagi eng qatʼiy reaktsiyasi bilan javob qaytardi va NATO ildiziga bolta urilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi".

NATOning London sammitida axborot taʼminoti bilan band boʻlgan Britaniya matbuoti ekspertlar noroziligiga goʻyo olovga yogʻ purkab turibdi. Express tabloidi NATOning rejalashtirish boʻyicha sobiq direktori Fabris Potyening soʻzlarini keltirmokda: "Agarda Makron qolgan Yevropani himoya qilishda Frantsiya yadro quroli qanday ishlatilishi toʻgʻrisida oʻylab koʻrishga tayyorligi va Yevropa Frantsiyaning tiyib turishiga ishonishi mumkin ekanligi haqida gapirganida edi, vaziyat yanada konstruktiv qabul qilingan boʻlardi. Lekin, albatta, u bu ishni qilmadi. Frantsiya oʻz yadro quroli qayerda va qachon qoʻllanilishi toʻgʻrisida oʻz tasavvuriga ega. Sizlar oʻyinga biror-bir muqobil taklif kiritmay NATOni qanday tanqid qilishingiz mumkin?".

NATOning sobiq boʻlsa xam yuqori martabali amaldori tomonidan Makron nomiga yoʻnaltirilgan ayblovlar – Parij va Bryussel (bilvosita Vashington) oʻrtasidagi mojaro mohiyatini tushunishga urinayotganlar uchun xaqiqiy sovgʻadir. Frantsiya prezidenti NATO va shaxsan Donald Trampning eng ogʻriqli joyiga tepdi. Shimoliy atlantika alyansi "miyasi oʻlgani" xaqida bayonidan tashqari, Makron, AQShning Shimoliy atlantika alyansi shartnomasi 5-chi moddasi (NATOning mavjudligi huquqiy bazasi)da koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarishga tayyorligi borasida oshkora shubha bildirdi. Makron pozitsiyasi("oʻlik miya" toʻgʻrisidagi tezisdan tashqari)ni oʻta diplomatik va muloyim frantsuz tilidan ogʻzaki nutqda ishlatiladigan tilga tarjima qiladigan boʻlsak, bu "biror nojoʻya holatda" Vashington oʻz ittifoqchilariga "pand beradi" degan gumonga olib kelishi mumkin va AQSH uchun bunday hatti-harakat amerikancha tashqi siyosiy anʼanadan chekinish boʻlmaydi.

Yevropa OAVlari (xususan, BBC) matnda quyidagi tagmaʼnoga urgʻu berishmoqda: Trampning Vashington koʻmagini kutayotgan suriya qurdlarini topshirishga tayyorligi - zaiflik va vaʼda qilingan himoya uchun kurashish istagi yoʻqligi belgisidir. Makron bu holatni tanqid qildi va oʻzining shov-shuvli intervyusida oʻz pozitsiyasini quyidagicha mantiqiy yakunladi: NATO "faqat oxirgi instantsiya kafili oʻz holicha ishlagan holatdagina ish beradi. Men aytgan boʻlardim-ki, biz AQSH majburiyatlari doirasida NATO nimani anglatadi, degan xaqiqatini qayta koʻrib chiqishimiz darkor".

Albatta, qurdlar Shimoliy atlantika alyansi shartnomasini imzolashda qatnashmagan, lekin tanqidchilar nuqtai-nazarida, bu AQShga nisbatan daʼvolardan xalos etmaydi, ayniqsa, Trampning oʻzi, alyansning biror aʼzosiga hujum uyushtiriladigan boʻlsa,  jamoaviy himoya qilish boʻyicha amerika gʻayratini shubha ostiga qoʻyib turgan bir mahalda. Bunday yondashuv, tabiiyki, NATO faollarini jahllantirmoqda va bunda "NATOga nisbatan ishonch yoʻqolishi bilan, sizda nechta tank va yoki samolyot borligini unuting – oʻyin tugadi", degan Fabris Potye toʻliq haq edi. Lekin Makronga aynan "oʻyin tugashi" kerak va u NATOga nisbatan ishonchni "yoʻqotishga urinadi": u oʻzining geosiyosiy loyihasi – umumevropa armiyasi uchun yoʻl ochmoqchi.

Aslida, Shimoliy atlantika alyansining London sammiti Gʻarb davlatlari harbiy hamkorligi kelajagi uchun uch xil mos kelmaydigan qarashlar toʻqnashuvi maydoni boʻladi.

AQSH vakillari Yevropa ittifoqi mamlakatlari harbiy harajatlar, yaʼni NATO taʼminoti va AQShdan qurol sotib olish uchun oʻz  YAIMning toʻrt foizini (bu taxminan 752 milliard dollar) toʻlashni talab qilishni boshlashadi. Germaniya vakillari, Tashqi ishlar vaziri Maas bayonotiga qaraganda, harajatlar oshirilishi asossiz, deya qattiq turadi hamda Parij va Vashingtonni xudbinlikda ayblab, tanqid qiladi. Frantsiya vakillari NATOni koyib, (AQShsiz va htimol Buyuk Britaniyasiz) Yevropa armiyasini tuzish gʻoyasini ilgari suradilar. Makronning (uning oʻzi tan olishiga qaraganda) strategik gʻoyasi Yevropa ittifoqi va nihoyat oʻzini alohida geosiyosiy kuch sifatida anglab, "oʻz taqdiri ustida nazoratni saqlab qolishida" axir.

Hammaga yoqadigan va barcha qarashlarni birlashtiradigan murosani topish, mumkin emasligi yaqqol koʻrinib turibdi. Siyosat esa – bu imkon sanʼati, undan koʻp emas. NATO ichidan oʻlmoqda, bu qurdlar voqeasi yoki muammoli Turkiya tufayli ham emas, aksincha, bu yerda alyansning oʻz aʼzolari boshqa aʼzolarga toʻgʻri kelmaydigan shaxsiy manfaatlar yoʻlida NATOni parchalamoqda.

Dunyo OAVlari diqqat markazi ostida dekabr oyi boshida oʻtajak "London tarixiy sammiti" aslida mavjud ikki qarordan faqat bittasini qabul qilishi mumkin.

"Yoki aʼzo-davlatlar batamom va oshkora janjallashishadi hamda holatni goʻyo alyansni qutqarish imkoni mavjuddek koʻrsatishadi: nega deganda, agarda alyans oʻlgudek boʻlsa, aybni boshka birontaga ilish uchun.

Bularning barchasi Rossiya uchun yaxshi xabar. Garchi, Gʻarbda yana kuzatilayotgan - "Rossiyadan boʻlayotgan tahdid"ga qarshi kurashning hatto navbatdagi "xuruji" NATOni jipslashtirmayotgan ekan, demak, Shimoliy atlantika alyansiga boshqa hech narsa yordam berolmaydi.

Asosiy mavzular