15:12 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vertolet Airbus VVS Uzbekistana

Airbus vertolyotlari oʻzbek armiyasini qanchalik kuchaytiradi

Sputnik / Mariya Naumenko
Analitika
Havola olish
252364

Bugun oʻzbek HHK 73 dona vertolyotga ega boʻlib, ulardan 25 tasi - zarba beruvchi vertolyotlardir. Harbiy transport vertolyotlarining kamida yarmini Airbus Helicopters kompaniyasi yetkazib bergan, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.

Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlari vertolyot parki texnikani yetkazib berish diversifikatsiyasining oʻziga xos xususiyatini aks ettiradi: Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-35 ogʻir zarba vertolyotlari va Airbus Helicopters firmasining yengil koʻp nishonli AS-532 (harbiy-transpot) vertolyotlari kattagina miqdorni tashkil qiladi.  

Gar Rossiyaning Mi-35M oʻzining jangovar zarba xususiyatida yetakchi deb tan olinib, hech qanday savol tugʻdirmasa, AS-532 transport vertolyoti borasida hamma narsa tushunarli emas.

Forecast International tahliliy nashr maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston AS-532 vertolyotlariga ikkinchi buyurtmani joylashtirgan. Toshkent Eurocopter France (ayni vaqtdagi Airbus Helicopters - Airbus Group kontserni shoʻba korxonasi) bilan 8 dona AS-332 Super Puma harbiy transport vertolyotlari va sakkiz dona yengil AS 350 Ecureil vertolyotlarini yetkazib berish boʻyicha birinchi shartnomani 2013-yilda imzolagan (shartnoma summasi 180 million yevroga etishi mumkin).

Airbus Helicopters vertolyotlarining Markaziy Osiyoga safari oson kechmadi. 2014 yil yozda Oʻzbekistonga ikki dona AS-350 Ecureil yengil transport vertolyotlari yetib keldi, qolganlari armiya oʻquv mashgʻulotlarida 2016 yil fevralda "koʻrinish berdi". Shartnoma ijrosi Germaniyadan sheriklar tomonidan, ehtimol, siyosiy sabablarga asosan kechiktirildi. Ammo 2019 yilga kelib, Oʻzbekiston anglashuv memorandumini imzoladi, hujjatga koʻra, endi Airbus Helicopters kompaniyasidan 30 donaga yaqin koʻpnishonli AS-550 Fennec rusumidagi vertolyotlarni xarid qilish mumkin edi.

Tor ixtisoslik

Bugun Oʻzbekiston HHK 73 dona vertolyotga ega boʻlib, ulardan 25 tasi - zarba beruvchi vertolyotlardir. Harbiy-transport vertolyotlarining kamida yarmini Airbus Helicopters kompaniyasi yetkazib berdi.

AS-332, AS-350, AS-532 rusumidagi vertolyotlardan iborat salmoqli parkning maʼlum bir (hech boʻlmaganda xizmat koʻrsatish boʻyicha) yetkazib beruvchiga tobeligini hamda Oʻzbekiston Germaniya va Frantsiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishini belgilab beradi.

Qurol va texnika imkoniyatlari qoʻshinlar taktikasini shakllantiradi. Ushbu bogʻliqlik evaziga Toshkent qanday jangovar optsiyalarga ega boʻlmoqda?

Vertolyotlar chempionlik xususiyatiga ega emas. Sal oldin yodga olingan Eurocopter AS550 Fennec vertolyotlari turli mamlakatlar armiyalari tomonidan asosan hudud razvedkasi, maxsus operatsiyalar, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari, shaxsiy tarkibni tashish (4 nafar harbiy xizmatchini, ikki uchuvchidan tashqari), shuningdek, umumiy ogʻirligi 1030 kilogacha boʻlgan yuklarni tashishda ishlatiladi.

Modifikatsiyasiga qarab, uchar qurilma 20 mm aviatsiya toʻpi (7,62 mm yoki 12,7 mm kalibr oʻq), raqibning qurolli boʻlinmalariga qarshi va yengil zirhli texnikasini yoʻq qilish uchun boshqariladigan va boshqarilmaydigan raketalar bilan jihozlanishi mumkin.

Biroq, ochiq toʻqnashuvlarda zirh yoʻqligi sababli, Eurocopter AS550 Fennec, qoidaga koʻra, ishtirok etmaydi.

Umuman olganda, Airbus Helicopters vertolyotlari texnologik jihatdan teng raqib (mustamlaka mentalitetidan meros) bilan shiddatli janglar uchun yaratilmagan.

Vertoletlarning oldingi versiyalari fuqarolarni tashish ishlarida oʻzini yaxshi namoyon etdi. Misol uchun, AS-332 Super Puma (harbiy varianti 1990 yilda AS-532 Cougar, rebrendingdan keyin - Airbus Helicopters H215 deya ifodalangan) deyarli yarim asr davomida oʻnlab mamlakatlarga yetkazib berilgan. Ayniqsa, dengiz ustidan uchishda oʻzini yaxshi koʻrsatgan (480 km masofada joylashgan neft qazib oluvchi dengiz platformalariga xizmat koʻrsatish ishlarida).  

Bunday mashinalar Markaziy Osiyoda eng kuchli boʻlgan Oʻzbekiston armiyasiga kerakmi yoki yoʻq (Global Firepower reytingiga koʻra) - bu katta masala.

Qanday boʻlmasin, yaqin oʻn yillikda Toshkent qayta qurollanish uchun 7 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda va Airbus Helicopters mintaqa bozori uchun kurashni davom ettiradi.

Jangovar qoʻllanish

Soʻnggi oʻn yilliklardagi Frantsiya-Germaniya kompaniyasining temir "Puma"lari harbiy mojarolarda ishtirok etdi, ammo yerdan boʻladigan zarbalarga juda zaifligi sababli katta shon-shuhrat qozona olmadi. Masalan, Quvayt Harbiy-havo kuchlari 1990 yilda Quvayt-Iroq oʻrtasida ikki kun davom etgan harbiy mojaroda 3 dona AS-332 Super Puma vertolyotlarini boy berdi. "Choʻl qalqoni" nomli operatsiya vaqtida Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlariga tegishli boʻlgan yana bir "superpuma" quladi.  

Angolaga bosqin vaqtida Janubiy Afrika armiyasi 5 dona SA-330 Super Puma va 3 dona SA-316 Alouette III vertolyotlarini yoʻqotdi.

Bu mashinalar zenit zarbasi ("Strela-2M", ZSU-23-4 "Shilka", ZRK "Strela-1", "Strela-10", "Osa") dosh bera olmadi va koʻpincha oʻq zarbalaridan teshilgan, ekipaj aʼzolari oʻldirilgan va jarohat olgan holatda qaytar edi. Vertolyotlarning yangi avlodi avvalgilarining asosiy (konstruktiv) nuqsonlari - ekipaj himoyasizligi, past jangovarlik xususiyat singari kamchiliklarni meros qilib olgan edi.

Taqqoslash uchun, Rossiyaning koʻpnishonli Mi-17V-5 vertolyoti (Mi-8ning eksport analogi) jangovar holatda ancha ishonchli, unga texnik xizmat koʻrsatish ham oson, qolaversa, keng koʻlamli vazifalarni bajarish borasida dunyoda tengsizdir.

Modifikatsiyalar va ishlab chiqarilgan mashinalar soni boʻyicha ham jahon rekordchisi hisoblanadi – 12 ming dona (Airbus Helicopters kompaniyasi sentyabr oyida bir necha oʻn yillikda endigina Super Puma oilasiga mansub 1000-vertoletni yetkazib berganini eʼlon qilgan edi)

Mi-17V-5 turli iqlim sharoitlarida jangovar operatsiyalarni amalga oshira oladi, 4 tonnagacha foydali yuk (yoki qurollangan 24 jangchini) tashishga qodir. Rossiya mashinasi qoʻshinlarni zarba berish tomondan qoʻllab-quvvatlash, desant yetkazib berish, oʻq-dorilar zaxirasini tashishda xizmat koʻrsatishi mumkin. Eʼtiborga molik jihati, amerikaliklar 2011 yil (togʻ va choʻllarda shiddatli jang oʻtkazish maqsadida) afgʻon armiyasi uchun 63 ta Mi-17V-5 vertolyotlarini sotib olgan va buning uchun 1,3 milliard dollarni ayashmagan edi.

Fikrimcha, Rossiyada ishlab chiqarilgan buzilmaydigan koʻpnishonli vertolyotlar Oʻzbekiston armiyasiga Airbus Helicopters mahsulotidan koʻra koʻproq mobillik va naf keltirgan boʻlardi.

Asosiy mavzular