22:30 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
141401

Ittifoq respublikalarida oʻz davlatchiligi tushunchasi paydo boʻla boshlagan edi - Mixail Gorbachev SSSR parchalanishi haqida.

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachev SSSR parchalanishining yana bir sababini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, kecha "Rossiya zovet!" investitsion forumida Vladimir Putin SSSR parchalanishining sababi – samarasiz iqtisodiy islohotlar degan edi. Ushbu soʻzlarga izoh berishni soʻrab jurnalistlar Gorbachevga murojaat qilishdi. 

“Ittifoq respublikalarida oʻz davlatchiligi tushunchasi paydo boʻla boshlagan edi, lekin bu har doim ham hisobga olinmas edi.<…> Xulosa shuki, Ittifoq ichida munosabatlarni qayta koʻrib chiqish va demokratlashtirish kerak edi”, -  dedi Gorbachev.

Vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun, men boshchiligimdagi Ittifoq maxsus komissiyasi 1991 yil dekabrlarda chop etgan maqolani oʻqib chiqing. Biz oʻshanda vaziyatni barqarorlashtirish choralari ishlab chiqish uchun juda koʻp kuch sarflagan edik, - deydi sobiq prezident.

Mixail Gorbachev aytishiga qaraganda sobiq Ittifoq respublikalari umumiy tarixni yodda tutgan holda oʻzaro suhbatni davom ettirishlari kerak.

“Vaziyatni chigallashtirmasdan, bir-birimizni ayblamasdan, hozir ham  birgalikda ishlashimiz mumkin”, - deydi sobiq rahbar.

Biroz oldin chop etilgan “Global dunyoning kelajagi” nomli kitobida, Gorbachev SSSRning yagona davlat sifatida saqlab qolish mumkinligi haqida yozgan.

“Buning uchun barcha respublikalar manfaatiga javob beradigan yangi Ittifoq haqida shartnoma tayyorlangan edi. Uni amalga oshirishga 1991 yilda Moskvada sodir boʻlgan  “Avgust fitnasi” (Avgustovskiy putch) xalal berdi”, - deb yozgan oʻz kitobida Gorbachev.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Germaniyada yashayotgan Mixail Gorbachev oldingi chiqishlarida SSSRning parchalanish sababi sifatida “prezident hokimiyatining kuchsizlanishi” degan edi.

© Sputnik / Oleg Lastochkin
Avgustovskiy putch v Moskve, 1991 god

Asosiy mavzular