Shayton bilan shartnoma yoki Google va Facebookning gunohi nima

© REUTERS / Brian SnyderA pedestrian walks past the Google offices in Cambridge
A pedestrian walks past the Google offices in Cambridge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda huquq himoyachilari Google va Facebookka qarshi urush e’lon qilishdi, bu Rossiya uchun qo‘l kelishi mumkin - ekspert.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. “Google va Facebook kompaniyalarining biznes-modeli inson huquqlariga xavf solmoqda”, deb yozgan o‘zining 60 varaqli hisobotida taniqli huquqni himoya qilish tashkiloti Amnesty International. RIA Novosti kolumnisti Igor Ashmanov xabariga asosan.

Shayton bilan shartnoma...

“Google va Facebook  jamiyatga xavf solmoqda. Ushbu kompaniyalarning axborot jamlash tizimi, shaxsni kuzatishga asoslangan biznes modeli - odamlarni “shayton bilan shartnoma tuzishga” majburlaydi. Inson ijtimoiy tarmoqda  o‘z huquqlaridan foydalana olmasdan, tizimga bo‘y sunishga majbur bo‘lmoqda. Tarmoqlar birinchi navbatda shaxsiy hayotning daxlsizligini buzmoqda. Buning oqibatida esa - erkin fikrlash daxlsizligi, diskriminatsiya qilinmaslik huquqi buzilishi va boshqa tahlikalar kelib chiqmoqda”, - deyilgan hisobotda.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Facebook amerika maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda, dedi Zaxarova

Google va Facebook o‘z xizmatlaridan go‘yoki bepul foydalanish huquqini berish bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni talab qilmoqda.

Ushbu vaziyatda hukumat fuqarolarni himoya qilshi kerak. Sohada o‘zini-o‘zi tartibga solish tizimi ishlamaydi, shuning uchun davlat kompaniyalardan buni qattiqqo‘llik bilan talab qilishi kerak.

Hisobotda aytilgan aksariyat gaplar mantiqiy va qonuniy jihatdan juda to‘g‘ri, lekin, hayratlanarlisi shundaki, shu vaqtga qadar so‘z erkinligiga va hukumat bosimiga qarshi “ayovsiz” kurashib kelgan xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilot, bu safar buning aksini - ya’ni davlatdan Internet va internet kompaniyalari ustidan nazoratni keskin kuchaytirishni talab qilmoqda.

Amnesty International har doim AQSh maxsus xizmatlarining ideologik qo‘lqopi,  Greenpeace, WWF kabi - AQSh “yumshoq kuchi”ning bir elementi bo‘lib kelgan. Ushbu tashkilot birdan AQSh ichidagi yirik IT kompaniyalarga qarshi qilich ko‘tarib chiqsa, ularning  birdan ko‘z ochildi, yoki aqli kirib yaxshi tomonga o‘zgarib  qoldi, deb o‘ylash kerak emas.

Prezentatsiya doklada Amnesty International 2016/2017 Prava cheloveka v sovremennom mire - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Amnesty International tashkiloti vakillari keldi

Yoki ular nima, 2013-yilda shu gaplarni aytgan Snoudenga quloq solmaganmidi? Yo bo‘lmasa ANB va MRBning butun dunyo ortidan kuzatishi haqida eshitmaganmi? Albatta ular buni biladi. Tashkilotning o‘zi ham Julian Assanjni ham himoya qilgan ediku. Hisobotning 24 varag‘ida Edvard Snoudenga ham havola berilgan. Demak, ular shubhasiz barchasidan xabardor bo‘lgan. Shunday ekan nega ular shuncha yil indamasdan kelgan?

Bir balosi bo‘lmasa...   

Xullas, agar Amnesty kutilmaganda o‘z qahrini Facebookka qarshi qaratgan bo‘lsa – bu yerdan boshqa gap bor. Bu AQSh ichidagi siyosiy kurashning bir qismi. Undan bir tomon Amnestydan qurol sifatidan foydalanmoqda.

Google va Xillari tovlamachiligi - Sputnik O‘zbekiston
Google Xillarini "yoqimtoy" qilishga uringan

Ya’ni Amnesty aytayotgan fikrlar - bu AQSh elitasidagi Trampga qarshi kurashayotgan kuchlardan biriga qarashli bo‘lish ehtimoli katta.

Ha, to‘g‘ri FB, Instagram, Whatsapp va YouTube, albatta butun dunyoni kuzatib turishibdi. Kerak bo‘lgan omma diqqatini manipulyatsiya qilib, ayrim kishilar va hodisalar atrofida “axborot pufaklari” shishirib turishibdi. Bularning hammasi 10-yil oldin ham ma’lum edi.

Ikkinchidan, ular AQSh hukumati buyurtmasiga binoan kuzatuv olib borishmoqda: 2015-yilda imzolangan “Ozodlik dalolatnomasi”ga ko‘ra ular foydalanuvchilarning barcha ma’lumotlarni  AQSh maxsus xizmatlariga topshirishmoqda.  Snouden va Vikiliks ochiqlagan ma’lumotlarni esga olamiz. Lekin bularning barchasi so‘nggi 10-yilda AQShda hech kimni xavotirga solmagandi, bu safar nima bo‘ldi?

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Facebook siyosati o‘zgaradi: Sukerberg odamlar tarmoqda kamroq o‘tirishini xohlayapti

Gap shundaki, bugungi kunda g‘arbiy OAVlar  allaqachon vijdonli jurnalistlardan tozalanib, hukumat qo‘lidagi yaxshi boshqariladigan,  kuchli targ‘ibot aspobga aylangan. Ular kun sayin buyurtma asosida Greta Tunberg, “global isish”, “jinsiy ozchilik tenghuquqliligi”, Suriyada kimoviy qurol ishlatilishi, "Rus xakerlari hujumi" va boshqa mavzularni har kuni ko‘tarib chiqishga tayyor siyosiy qurolga aylanib bo‘lgan.  

Lekin, amerikaliklar har qadamda jar soladigan so‘z erkinligini – ijtimoiy tarmoqlarda nazorat qilish tobora qiyin ekanligi ma’lum bo‘ldi. Va u yerda ushbu so‘z erkinligidan raqib tomon ham muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin. Masalan Shimoliy Koreya, Venesuela, Rossiya, Eron yoki Turkiya va boshqalar.

AQSh “yumshoq kuchi” zaiflashgan bir vaqtda juda, nazorat qilish murakkab bo‘lga ijtimoiy tarmoqlar noqulay va xavfli axborot manbaiga aylandi. Shu sabab ham AQSh uning ustidan nazorat yoki o‘ziga xos “senzura” o‘rnatishga kirishayotgan bo‘lsa ajab emas.

Hammasiga Tramp aybdor-mi ?  

2016 yilda Trampning kutilmagan g‘alabasidan so‘ng, AQSh ichida aholi guyoki ikkiga bo‘lingandek. Raqib tomon Trampning navbatdagi g‘alabasidan jiddiy xavotirga tushgan shekilli, saylovdan bir yil oldin AQShning amaldagi prezidentiga qarshi faol kampaniya boshlanib ketdi.

Logotip Facebook - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa aholisi Google va Facebook siyosiylashganiga ishonadi

Ushbu kurashda internet va ijtimoiy tarmoqlar kimning qo‘lida bo‘lsa – g‘alaba o‘sha tomon bo‘lishi kundek ravshan. Shuning uchun ham huquq himoyachilari Amnestyning yuqoridagi hisoboti Google va Facebookkani qo‘lga kiritishga qaratilgan kurashning bir qismi ekani aniq. Katta saylov oldidan ushbu “pistolet”ni kim qo‘lga kiritsa – g‘alaba o‘shaniki bo‘lishi muqarrar.

Nima bo‘lganda ham, bu amerikaliklarning “oilaviy janjali”. Rossiya bundan qanday xulosa chiqarishi mumkin?

Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda, smartfon va ko‘cha kameralari  orqali foydalanuvchi ma’lumotlarini jamlash bugungi kunda yarim noqonuniy yo‘l bilan olib borilmoqda.

Ikkinchi muammo - rossiyaliklarning yarmining ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlari – amerika serverlarida saqlanadi. Bu esa dushmanga bizni kuzatish, ustimizdan manipulyatsiya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat berish - degani. AQSh va uning media gigantlari – bizning mafkuraviy dushmanimiz ekani – bugungi kunda kundek ravshan.

Fuqarolar o‘zlarini kuzatuvidan, manipulyatsiya qilishdan himoya qila olmaydilar. Ularda ushbu muammoni yetarli darjada tushunish va himoyalanish vositalari yo‘q. Tijorat kompaniyalariga esa bunday qilish uchun motivatsiya yetishmaydi. Amnesty International  hisobotining shu qismida juda to‘g‘ri so‘zlar aytilgan. Bu ishni davlat amalga oshirishi kerak.

Facebook – barchaga barobar emas

Shu sababli Rossiyada 2020-yilda yaratilishni boshlash rejalashtirilgan “Raqamli iqtisod” dasturiga tarkibidagi “Kattta ma’lumotlar to‘g‘risidani qonunga”,  foydalanuvchining  hammabop ma’lumoti kabi tushunchalar kiritilgan.

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Musulmonlar masjiddagi otishma videosi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi

Biz AQSh emasmiz, shuning uchun fuqarolarimiz ortidan kuzatish, ularga ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotgan xorijiy media kompaniyalar harakatlari haqida ham o‘ylashimiz kerak. Ularning harakatlarini Rossiya qonunchiligi doirasiga muvofiqlashtirishimiz kerak bo‘ladi.

Biz bu ishni boshlashimiz bilanoq, g‘arbdagi huquqshunoslar albatta bunga qarshi chiqadi. Chunki Facebook –  barchaga barobar emas.  AQShda, kerak bo‘lsa, uni cheklash mumkin, lekin Rossiyada emas.

Biz bu jarayonning boshlanishini allaqachon ko‘rdik ham. Yaqinda e’lon qilingan qonun loyihalari, Amnesty International hisobotida AQSh hukumatiga qo‘ygan talablarini so‘zma-so‘z takrorlasa-da, ilg‘or jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Nima ham derdik, bizga media platformalarini siyosiy qurolga aylantirimaydigan, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni himoyalaydigan o‘z qonunlarimiz kerak.

AQShda esa, ideologik raqobat davom etadi va 2020-yilda ushbu qarama-qarshilik cho‘qqisiga chiqadi. Bu amerika hamjamiyatining yana ikkiga bo‘linishiga yoki  Facebook va Googlening kimgadir to‘liq bo‘ysunishigacha olib kelishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham ular shu ishlar bilan yana 2-3 yil ovvora bo‘lib qolishi mumkin. Bizga buning foydasi tegsa tegadiki, zarari tegmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0