16:49 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Logotip VTO

JST Oʻzbekiston uchun yangi bozorlar, yoxud milliy ishlab chiqaruvchiga zarba

© AFP 2018 / FABRICE COFFRINI
Analitika
Havola olish
139112

Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishidan qaysi tarmoqlar foyda va qaysi biri ziyon koʻrishini Sputnik Oʻzbekiston muxbiri oʻrganib chiqdi.

JST – Oʻzbekiston sanoati uchun imkoniyatlar

Dunyoning aksariyat davlatlari jahon savdo tashkilotiga kiradi. Ozarbayjon, Belarus, Turkmaniston va Oʻzbekiston hali JSTga aʼzo emas.

Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universiteti prorektori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubetsning fikriga koʻra, tashkilot hanuzgacha mamlakatlar oʻrtasidagi savdo oqimlarini jiddiy ravishda osonlashtiradigan vosita boʻlib qolmoqda.

“Oʻzbekistonda sanoat tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda – yiliga qariyib 7 foizga. Albatta, respublika sanoat mahsulotlarining tashqi bozorlarida yanada qulay savdo rejim balansini taʼminlashdan mafaatdor boʻlardi. Shu sababli JSTga aʼzo boʻlish - iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradigan ijobiy omil hisoblanadi”, - deydi Zubets.

Bundan tashqari, ekspertning fikriga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo sharoitlari yaxshilanadi, chunki Rossiya respublikani JSTga kirishda yordam berishga tayyor.

“Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston savdo balansida jiddiy muammolarga duch kelmoqda: ayni damda mamlakat eksport qilishga nisbatan koʻproq import qilmoqda. JTSga kirish esa Oʻzbekiston tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtiradi, savdo balansini toʻgʻrilashga yordam beradigan omillardan biri boʻlishi mumkin”, - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

MDH davlatlari instituti iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi Aza Migranyan taʼkidlashicha, JSTga kirish qayta ishlangan mahsulotlarning harakatini sezilarli darajada tartibga soladi.

“Va aynan shu - JSTga kirish, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qayta ishlangan mahsulot eksport hajmini oshirish uchun ragʻbatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qilishi mumkin, umuman olganda, bu har qanday davlat rivojlanishi, xususan Oʻzbekiston maqsadlariga mos keladi, chunki qoʻshilgan qiymatning oshishi doimo daromad koʻpayishiga olib keladi”, - deb hisoblaydi ekspert.

Migranyanning fikriga koʻra, JTS aʼzo boʻlishi Oʻzbekiston iqtisodiyotining quyidagi tarmoqlariga ijobiy taʼsir qiladi: avtomobilsozlik, kimyo sanoati, metallni qayta ishlash va toʻqimachilik.

JST – Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilar uchun tahdid

Ma’no tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev JSTga kirishga tanqidiy qaramoqda.

Uning fikriga koʻra, tashkilotga aʼzo boʻlishdan milliy ishlab chiqaruvchi zarar koʻrishi mumkin.

“Masalan, jugʻrofiy omil tufayli, Oʻzbekiston avtomobilsozligi dastlab zaif raqobatbardosh ustunliklarga ega edi. JTSning birinchi qurbonlaridan biri avtomobilsozlik boʻladi. Hozirda esa mahalliylashtirish dasturlari doirasida turli butlovchi qismlarni ishlab chiqaradigan avtomobilsozlik klasterida 50 dan ortiq korxona ishlamoqda va u yerda 50 ming ishchi ishlaydi”, - deydi mutaxassis.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi jarayonida boshqa davlatlar kirish uchun noqulay sharoitlarni yaratadi, va respublika oʻz ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishi qiyin boʻladi, deya qoʻrqmoqda ekspert.

“Oʻzbekiston yirik toʻqimachilik davlatlari - Xitoy, Hindiston, Bangladesh orasida yana bir raqobatchi sifatida paydo boʻladi. Ushbu bozorda yana bir oʻyinchini hech kim ijobiy qarshi olmaydi va bu haqiqat”, - deb hisoblaydi ekspert.

Baxtiyor Ergashev taʼkidlashicha, Oʻzbekiston eksport salohiyati JSTdan tashqarida ham rivojlanishi mumkin. U JST aʼzosi boʻlgan mamlakatlar: Rossiya va Qozogʻiston bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan charm, toʻqimachilik mahsulotlarini misol tariqasida keltirdi.

“Oʻzbekistonga yangi bozorlar kerak, buning uchun JSTga kirish shart emas, chunki mamlakat hozir ham tashkilot aʼzolari bilan hech qanday muammosiz ishlamoqda”, - deb taʼkidladi mutaxassis.

Uning soʻzlariga koʻra, tashqi iqtisodiy faoliyatda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, uchta kuchayotgan "kuch markazlari": Rossiya, Xitoy va Hindiston bilan hamkorlik qilishi kerak. JSTga aʼzo boʻlish yoki boʻlmaslik katta ahamiyatga ega emas.

Xulosa yakunida ekspert, JST arbitraj funktsiyalari hatto tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan tan olinmayotgan vaziyatda, uning obroʻsi va ahamiyati pasaymoqda, JST istiqbollari yildan-yilga tobora noaniq boʻlib qolmoqda, bu yarim oʻlik tashkilotga qoʻshilish – bu davlat uchun eng maqbul variant emasligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular