Barqarorlik kafolati: Tu-160M strategik samolyotlar yangidan ishlab chiqarilmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBombardirovshik-raketonoses Tu-160 "Vladimir Sudes" Voyenno-kosmicheskix sil Rossii
Bombardirovshik-raketonoses Tu-160 Vladimir Sudes Voyenno-kosmicheskix sil Rossii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
21 asrda Rossiya sarhadlarini strategik bombardimonchi samolyot - yangilangan Tu-160M "Oqqush" himoya qiladi.

Rossiya o‘z chegaralari atrofida paydo bo‘layotgan harbiy xavflarga samarali va mos ravishda javob qaytarishga harakat qilmoqda. Rossiyaning Uzoq avaitsaiyasi ham o‘z qudratini tezlik bilan tiklamoqda, deb yozmoqda harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko.

Xususan ayni damda strategik yadroviy kuchlar safida bo‘lgan 16 ta Tu-160 samolyotlarini modifikatsiya qilish bilan bir vaqtda Tu-160M samolyotlarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Tovush tezligidan tez uchadigan Tu-160 samolyotlari uchuvchilar orasida "Oqqush" nomi bilan tanilgan. 

O‘nta zamonaviylashtirilgan Tu-160M samolyotlarini ishlab chiqarish allaqachon boshlangan. Umumiy qiymati 150 milliard rubl bo‘lgan yangi samolyotlarning uchish sniovlari 2020-yil oxiriga rejalashtirilgan.

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishDozapravka strategicheskogo raketonossa Tu-160
Barqarorlik kafolati: Tu-160M strategik samolyotlar yangidan ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Dozapravka strategicheskogo raketonossa Tu-160

“Interfaks” xabariga ko‘ra, yangi partiyaning birinchi samolyoti Rossiya mudofaa vazirligiga 2021-yilda topshiriladi. Rossiya Mudofaa vazirligi jami 50ta ana shunday uchar apparatlarga buyurtma bergan, “Tupolev” burosi aytishiga qaraganda.

Qozon aviatsiya zavodida Tu-160M samolyotlarini ishlab chiqarishni yangilash bu PAK DA (uzoq aviatsiya perspektiv majmuasi) loyihasini unutish degani emas.

“PAK DA”da qo‘llanishi rejalashtirilayotgan ayrim elementlar, masalan integratsiya qilingan modulli avionika Tu-160M samolyotlarida qo‘llanila boshlanadi. Ana shunday tajriba radioelektron uskunalar, qurol-aslahani boshqarish tizimi  va ekipaj hayotini saqlab qolish tizimlariga ham taaluqli bo‘ladi.

Yangi imkoniyatlar

Tu-160M seriyali ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng u butenlay yangi samolyotga aylanadi. “Radioelektron texnologiyalar” majmuasi zamonaviy hisoblash texnologiyalarini, nazorat vositalarini, navigatsiya va boshqa tizimlarni to‘liq yangilaydi.

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishBombardirovshik-raketonoses Tu-160 Voyenno-kosmicheskix sil Rossii
Barqarorlik kafolati: Tu-160M strategik samolyotlar yangidan ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Bombardirovshik-raketonoses Tu-160 Voyenno-kosmicheskix sil Rossii

Tupolev-160M eng zamonaviy havo hujumidan hamda “sun’iy shovqin”dan himoya tizimlari bilan jihozlanadi.

Rostex korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi “Kuznetsov” koxonasi yangi detallardan foydalanish evaziga NK-32 rusumli aviadvigatel yanada tejamkor bo‘ladi va bu samolyot uchish uzoqligini 15 ming kmgacha uzaytirish imkonini beradi. 2030-yilga qadar barcha Tu-160 samolyotlari yangi dvigatellar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, samolyot yangilangan qurol-yarog‘ to‘plami bilan jihozlanadi. Xususan dushman hududi ichkarisida joylashgan obyektlar va dushman harbiy kemalariga zarba bera oluvchi qanotli raketalar bilan jihozlanadi. Jumladan Suriyada sinovdan o‘tgan X-101 raketalari bilan ham.

Yangi, aniqlanishi murakkab bo‘lgan X-101 rusumli raketalar uchish uzoqligi 5500 km bo‘lib, ular v trotil ekvivalentida 400 kilogram bo‘lgan portlovchi zaradga ega. Ushbu raketaning X-102 versiyasi esa quvvati 250 kilotonnadan 1 megatonnagacha bo‘lgan termoyadroviy jangovar bosh qismi bilan jihozlangan.  Samolyot 12tagacha qanotli raketa olib uchishi mumkin. Uning jangovar yuklmasi 45 tonnani tashkil qiladi.

Tu-160M “Oqqush” bombardimonchi samolyotlar uchun misli ko‘rilmagan – 2200 km/soatgacha tezlikni oshirishi mumkin.

Tugamagan hikoya

Raketa tashuvchi bombardimonchi samolyotlar 2000-yilga qadar 36ta ishlab chiqarilgan edi. Uning yangilangan “Tu-160M” versiyasini ishlab chiqraishni boshlash haqida qaror 2015-yilda qabul qilingan edi. Yangilangan samolyot 2018-yilning 25-yanvarida o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi.

© Sputnik / Ministry of Defence of the Russian Federation / Mediabankka o‘tishZapusk krilatoy raketi X-101 so strategicheskogo bombardirovshika-raketonossa Tu-160 Voyenno-kosmicheskix sil Rossii po obyektam infrastrukturi IG v Sirii
Barqarorlik kafolati: Tu-160M strategik samolyotlar yangidan ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Zapusk krilatoy raketi X-101 so strategicheskogo bombardirovshika-raketonossa Tu-160 Voyenno-kosmicheskix sil Rossii po obyektam infrastrukturi IG v Sirii

Tu-160ning esda qoladigan xususiyatlaridan biri – uning parvozda shaklini o‘zgartiruvchi  qanotlaridir. Katta tezlikda harakatlanganda u qush kabi o‘z qanotlarini “yig‘ib oladi” va 35,6 metr  kenlikka ega bo‘ladi. Uchish-qo‘nish va kichik tezlikda harakatlangan vaqti “Oqqush” qanotlarini keng yoyadi (55,7 metrgacha). Balkim shuning uchun unga “Oqqush” deb nom berishgan.

Shuningdek “Oqqush” 45 daqiqa davomida tovush tezligidan katta tezlikda harakatlanishi mumkin.

Aslida Tu-160 AQSh tomonidan kontinentlararo bombardimonchi samolyot V-1 samolyoti yaratilishiga qarshi kuchi sifatida yaratilgan edi. Lekin Tu-160 nafaqat bombardimonchi bo‘lib qolmay, uning bir necha modifikatsiyalari bor. Masalan Tu-160PP – radioelektron kurash vositasi, Tu-160K - og‘irligi 24 tonnadan bo‘lgan ikkita «Krechet-R” MBRini olib uchishi mumkin, Tu-160V bo‘lsa - suyultirilgan vodorodda ishlaydigan dvigatel bilan jihozlangan edi.

© RUPTLY"Belie lebedi" uleteli na yug: rossiyskie Tu-160 vpervie pribili v YuAR
Barqarorlik kafolati: Tu-160M strategik samolyotlar yangidan ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
"Belie lebedi" uleteli na yug: rossiyskie Tu-160 vpervie pribili v YuAR
Yangiliklar lentasi
0