15:14 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Voyennыy obozrevatel Viktor Litovkin

Harbiy ekspert: Rossiya NATO uchun xuddi marsliklar singari tahdiddir

© Sputnik /
Analitika
Havola olish
409 0 0

Harbiy ekspert, isteʼfodagi polkovnik Viktor Litovkin Rossiya NATO uchun xatar ekanligi toʻgʻrisida navbatdagi bayonotga izoh berdi.

Rossiya NATO uchun real tahdid xisoblanadi, deb bayonot berdi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Qirollik mudofaa tadqiqotlari institutida oʻtkazilgan saylovoldi debatlar vaqtida.

Uning soʻzlariga koʻra, "Rossiya qadamma-qadam, millimetrma-millimetr Alyansni qatʼiyatini sinamoqda".

"Rossiya hech kimga tahdid solmayapti, NATO chegaralariga yaqinlashmayapti – aksincha, NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda va u yerda yirik harbiy kontingentni joylashtirmoqda. Rossiyaning Yevropada joylashtirilgan atom bombalari yoʻq, AKShniki esa bor. NATOning harbiy byudjeti yiliga 950 milliard dollarni tashkil etadi, Rossiyaniki esa 46 milliard. Qanday kilib 46 milliard bilan 950 milliardlik byudjetga tahdid solish mumkin? Bu kulguli. Lekin aql-idrok, afsuski, gʻarb davlatlari tashviqot aktsiyalarida mavjud emas. Xuddi shunday muvafaqqiyat bilan ular (NATO vakillari) oʻzlariga marsliklar tahdid qilayotganini aytishlari mumkin", – dedi Litovkin Sputnik radiosi efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya birontaga tahdid solayotgani toʻgʻrisida gap-soʻzlar – bu butun siyosatni boshdan oyoq chalkashtirish va sabab va natijalarni aralashtirishdan boshqa narsamas.

 

Asosiy mavzular