O‘lik miya bilan yubiley. Rossiya NATOdagi kelishmovchiliklardan naf ko‘radimi?

© Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Parij
Ofitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATOning yubiley sammitida bayramona muhitni saqlab qolish mumkin yoki yo‘q, aytish qiyin. Qarama-qarshiliklar ko‘pligidan tadbir ko‘zlardan ancha yiroqda - London markazidan 30 kilometr narida o‘tkazilmoqda. Yubiley ta’ziyaga aylanib ketmasmikin?

TOShKENT, 3 dek - Sputnik, Sofiya Melnichuk. Emmanuel Makron so‘zlari bilan aytganda, "miyasi o‘lgan" Shimoliy Atlantika alyansi raxbarlari hayotiy zarur masalalarni muhokama qilishadi. NATOning 70-yilligiga bag‘ishlangan sammitda bayramona muhitni saqlab qolish mumkin yoki yo‘q, aytish qiyin. Qaramaqarshiliklar shunchalik ko‘p yig‘ilganidan tadbir ko‘zlardan yiroqroqda - London markazidan 30 kilometr uzoqda o‘tkazilmoqda. Yubiley ta’ziyaga aylanib ketmasmikin, bu haqda RIA Novosti materialida o‘qing.

AQSh NATO sammiti oldidan ittifoqchilarni yo‘qotmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh NATO sammiti oldidan ittifoqchilarni yo‘qotmoqda

Yettinchi o‘n yillikda miya o‘limi

"Xartfordshir grafligining 300 akr maydonga ega xushmanzara qishloq hududida joylashgan Grove Resort kurorti – bu 5 yulduzli, yuqori sifatli hordiq": Londondan 28 kilometrda joylashgan, NATO davlatlari rahbarlari yig‘iladigan otel rasmiy saytida shunday reklama so‘zlar keltirilgan.

Eng yaxshi kurort majmualari, golf maydonchalari va restoranlar - ular xizmatida. Ammo, vaqtichog‘lik qilishga vaqt qolmasligi mumkin – muammolar bir talay to‘planib qolgan, ularni shu bugun hal qilish amrimaholdir, hech bo‘lmasa muhokama qilish zarur.

"Yevropa tubsizlik yoqasida turibdi ", degan edi sal oldin Fransiya rahbari Emmanuel Makron, Yevroittifoq o‘zini nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy kuch sifatida qabul qilishi kerakligini ta’kidlab. Aks holda "o‘z taqdiri ustidan nazoratni boy berishi mumkin".

Prezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

U, shuningdek, NATO xartiyasining beshinchi moddasiga shubha bildirdi, unga ko‘ra "Yevropa yoki Shimoliy Amerikadagi bir yoki bir necha ittifoqdoshning davlatga qurolli hujumi – butun blokga hujum sifatida baholanadi". 70-yil davomida ushbu norma bir marotaba – 2001-yilda AQShga qilingan terrorchilik hujumidan so‘ng qo‘llanilgan.

Ittifoqchilar Makronga qarshi keskin e’tiroz bildirdilar: alyansda hali hayot. Shunday bo‘lsa-da, hamma muammo yetarli ekanligini ham tushunadilar.

"Bu – yubiley sammit, ammo u jiddiy kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yordam bermadi, aksincha, ular juda ziddiy tus oldi", dedi RIA Novosti bilan suhbatda MGIMO professori, Rossiya Fanlar Akademiyasi Yevropa institutining Yevropa xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Danilov.

Ko‘tarilgan masalalar prinsipial javoblarni talab etadi. Yaqinda Brusseldagi NATO vazirlarining yig‘ilishida Makronning so‘zlariga o‘ta noaniq munosabatlar yangradi, deydi Danilov.

Yubileydagi g‘aroyibotlar

Britaniyaning "The Economist" nashriga bergan intervyusida Makron Yevropaning asosiy transatlantik sherigi AQShni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans "faqat oxirgi imkoniyat kafolati" tufayli mavjud. "Amerika Qo‘shma shtatlarining alyansga mavhum sodiqligi holatida, biz NATO haqiqatlarini qayta baholab chiqishimiz kerak ", dedi u.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani dushman sifatida ko‘rmaydi, deb bayonot qildi Stoltenberg

Beshinchi respublika rahbari Donald Trampga o‘tgan yili sheriklarga mudofaa harajatlari bo‘yicha tanqidiy hujum qilib yopirilgani va shu tufayli sammit buzilishiga bir bahya qolgani haqida eslatib o‘tdi. Tramp ustiga-ustak tashkilotni butunlay tark etish bilan barchani qo‘rqitgan edi.

AQSh OAVlari Pentagon manbalariga tayanib, Tramp alyans budjetiga badallarni 22 foizdan 16 foizgacha qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdilar. Tejalgan mablag‘larni Gruziya va Ukrainaga yo‘naltirish ko‘zda tutilyapti, aytgancha, bu ham blok manfaatlariga javob beradi.

Shunga qaramay, Makron so‘zlariga ko‘ra, Tramp "Yevropa loyihasi" g‘oyasini xazm qilolmagan birinchi Amerika rahbaridir. Makronga ko‘ra, bularning barchasi Yevropa Xitoyning yuksalishiga, Rossiya va Turkiyada yuz bergan avtoritarizmga qarshilik ko‘rsatayotgan va ichki beqarorlikka qarshi turgan bir vaqtda yuz bermoqda. Besh yil oldin bu aqlga sig‘maydigan holatday tuyular edi, deydi Makron.

Birlik tobora shubha ostiga olinmoqda va xavfsizlikni ta’minlovchi tashkilot sifatida alyans yo‘qlik qa’riga ketmoqda, deya ta’kidladi RIA Novostiga siyosiy fanlar doktori, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Natalya Yeromina.

Voyenniy obozrevatel Viktor Litovkin - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ekspert: Rossiya NATO uchun xuddi marsliklar singari tahdiddir

"Bir tomondan, NATO dunyodagi eng yirik harbiy-siyosiy blok sifatida saqlanmoqda, ammo tashkilot ichida turli manfaatlar kesishuvi ro‘y bermoqda", - deydi ekspert. Bir xil tashqi-siyosiy, geosiyosiy holat, ikki xil mafkuraviy lagerlar qarama-qarshiligi bor vaqtida alyansda birlik hukmron edi, moliyaviy resurslar borasida surishuvlar yo‘q edi, vazifalar bo‘linmasdi, va bunda Qo‘shma Shtatlar so‘zsiz rahbar edi". Endi hammasi boshqacha.

Turk omili

Sammitning asosiy mavzularidan biri bu Turkiya. Turkiya rahbari Rajab Tayip Erdo‘g‘an olovga benzin sepdi. "NATO uchun Fransiya nimaligini bilmadim-u, lekin Turkiya alyans uchun juda muhim, - dedi u. Makron NATO miyasi o‘lgani xaqida gapirdi. Hurmatli Makron, sen avval o‘zingni miyangni tekshirib ko‘r, chunki bunday so‘zlarni sendaqa miyasi o‘lganlar gapiradi”.

NATOga o‘z arzini bildirgan Makron AQShning Suriya shimoli-sharqiy qismidan o‘z harbiylarini chiqarib ketgani va Vashingtonning mintaqadagi qurd ittifoqchilaridan deyarli voz kechganini nazarda tutgan edi. Axir bu yevropalik sheriklar bilan kelishilmasdan amalga oshirildi va Suriya shimoliga turk qo‘shinlari bosqiniga sabab bo‘ldi.

Podgotovka voyennoy texniki k forumu Armiya-2017 v Rostovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya AQShga S-400dan voz kechmasligini aytdi

Anqara ittifoqchilarning turk armiyasi harakatlariga halal berishga urinishlariga javoban, toki ular Turkiyaga qurdlarga qarshi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat bermas ekan, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarini Rossiyadan himoya qilish rejasini ham Turkiya qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Vashingtonda Amerika "Patriot"lari o‘rniga Rossiyaning S-400 raketalarga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani qanday g‘azabga sabab bo‘lgani barchaga ma’lum.

Dmitriy Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tashkilot ichidagi kelishmovchiliklarning muhim tugunidir. “Turklar NATO o‘z missiyasini bajara olishi va kollektiv mudofaani bajarishi kerak, degan fikrni bildirdilar. Bunda faqatgina sharqiy flang emas, balki barcha ittifoqchilar xavfsizligi nazarda tutilgan edi”. Anqara ittifoqning Sharqdagi salohiyatini kuchaytirish va operatsion faoliyati borasidagi sayi-harakatlarini bloklab tashlashga tayyor.

"Bu juda jiddiy, chunki bu yerda juda ko‘plab muammolar mavjud: Rossiya bilan munosabatlar, Yevropa-AQSh-Turkiya uchburchagi va umuman olganda NATOning harbiy jihatdan rejalashtirilishi, faqat Anqara ittifoqning ajralmas bo‘lagi bo‘lishi sharti bilan", - deydi agentlik suhbatdoshi, bu jumboqni qanday yechish kerakligi hali aniqmasligini ta’kidlagan holda.

Tureskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Germaniya va Buyuk Britaniyaga sakkiz nafar "ID" jangarisini deport qiladi

Xitoy, fazo va terrorizm

Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar rahbarlari fazoni yangi operatsiyalar maydoni sifatida tan olishlari kutilmoqda.

Bu nafaqat harbiy-texnik sohaga tegishli. Gap shunchaki, - deya aniqlashtiradi Danilov, - kosmik tizimlar hozir ham, kelajakda ham AQSh tomonidan ta’minlanadi. “Jiddiy transatlantik qarama-qarshiliklar fonida, bunday qarorning qabul qilinishi Yevropa uchun Vashington strategiyasiga yanada ko‘prok bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deya ta’kidlaydi ekspert.

Xitoyning yuksalishi - strategik masala bo‘lib, u ham e’tibordan chetda qolmaydi. Pekinning dunyo sahnasidagi mustahkamlangan pozitsiyasi Atlantika okeanining ikkala tomonidagi NATO mamlakatlarini havotirga solmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyni asosiy xavfsizlikka tahdidlar ro‘yxatiga kiritdi va Yevropa Ittifoqi XXRni strategik va iqtisodiy raqib sifatida tan oldi.

Prezident RF Vladimir Putin na zasedanii Soveta kollektivnoy bezopasnosti ODKB v uzkom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya KXShT do‘stlar davrasini kengaytirishga harakat qilmoqda – Putin

Sammit oldidan xalqaro terrorizm ham o‘zini yodga soldi. 29-noyabr kuni Kembridjning ikki bitiruvchisi London ko‘prigida pichoq bilan qurollangan ekstremist qo‘lidan xaloq bo‘lishdi. Yigirma sakkiz yoshli qotil terrorizmda ayblanib, bir yil oldin muddatidan avval ozod qilingan edi.

"Bir qarashdan bunday jiddiy tahdidga qarshi birlashish mumkindek tuyulishi mumkin. Biroq, sayi-harakatlar birlashishiga Moskvaga qarshi mafkuraviy ziddiyatlar to‘sqinlik qilmoqda", - deb ta’kidlaydi Natalya Yeromina.

Rossiya - hamon xatarli

"Aynan Rossiya islomiy radikalizmga qarshilik ko‘rsatmoqda, misol uchun Suriyada. O‘zidan xavf taratayotgan davlat bilan xohlaydimi-yo‘qmi vaqti-vaqti bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘lishmoqda", deydi agentlik suhbatdoshi. Ammo NATOni o‘rab turgan mafkuraviy qoliplar bunga halal bermoqda.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin bayonoti: NATOning kengayishi Rossiya uchun tahdiddir

Bundan tashqari, blokning o‘zi rang-barang tus oldi. "Alyans tarkibidan o‘zlarining tarixiy tajribalariga ega bo‘lgan va ko‘p hollarda g‘arbiy Yevropa mafkurasiga zid bo‘lgan sobiq sotsialistik lager mamlakatlari o‘rin olgan", deydi Yeromina. Bunday davlatlar Vashington bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga moyil bo‘lib, Yevropa rahbarlari esa aksincha, xavfsizlik borasida ko‘proq mustaqillikka intilishadi.

Dmitriy Danilov bu fikrga to‘liq qo‘shiladi. "Mafkura Rossiyaning tahdid ekanligi to‘g‘risidagi fikrni o‘zgartirishga imkon bermaydi, sababi, qaror umumiy bo‘lishi kerak, shu jumladan, amaliy hamkorlik nuqtayi-nazaridan ham”, deydi u.

Ekspert shuningdek, oxirgi sammitda Amerika rahbari NATO tashkilot sifatida aksilterror koalitsiyaga qo‘shilishi kerakligini talab qilganini eslatdi. Endi esa Fransiya rahbari Rossiyaning tahdidligi mubolag‘a ekanligini ta’kidladi. Axir undan jiddiyroq muammolar mavjud, deylik, terrorizmga qarshi kurash. Makron so‘zlariga ko‘ra, bu holda, Rossiya hamkorlik qilib bo‘lmaydi.

Yuzaga kelgan vaziyat Moskva uchun noaniq. Bir tomondan, qarama-qarshiliklar Rossiyaga qarshi talvasaga sabab bo‘lmoqda. Boshqa tomondan, agar alyans muammolarga duch kelayotgan ekan, demak, Rossiya qaysidir yo‘nalishlarda dunyo siyosatining asosiy o‘yinchisi - aktoriga aylanib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0