O‘zlarini to‘xtata olmayaptilar: ekspert AQSh "viza urushi"ning davomi xaqida

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishFragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone
Fragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq AQSh Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadigan Rossiya delegatsiyasining 18 a’zosiga viza bermagan edi, shundan so‘ng Moskva Vashington "viza urushi"ni boshlaganini e’lon qildi

Amerika rasmiylari Rossiya Federal G‘aznachiligi delegatsiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘iga viza berishmadi. Sputnik radiosi efirida ekspert Dmitriy Solonnikov, Vashingtondagilar nimaga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

AQSh yana rossiyaliklarga viza bermadi. Bu safar Rossiya Federal G‘aznachiligi delegatsiyasi a’zolari va Tashqi ishlar  vazirligining chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash departamenti direktori Oleg Malginovga. Bu xaqda RIA Novosti xabar bermokda.

G‘aznachilik delegatsiyasi 3-dekabr kuni Vashingtonda auditorlik kasbini tartibga solish bo‘yicha Xalqaro Institut konferensiyasida ishtirok etishi kerak edi. Tashqi ishlar vazirligi xodimi 28-29 noyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan yoshlar forumida ishtirok etishi kerak edi.

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi ta’kidiga ko‘ra, AQShRossiya rasmiylari kirishini doimiy ravishda cheklab, muhim muzokaralar formatini puchga chiqarib kelmoqda.

Avvalrok AQSh Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadigan Rossiya delegatsiyasining 18 a’zosiga viza bermagan edi, shundan so‘ng Moskva Vashingtonning "vizaviy urush"ni boshlaganini ta’kidlagandi.

Sputnik radiosi efirida Zamonaviy davlat rivojlanishi Instituti direktori Dmitriy Solonnikov vaziyatga sharh berar ekan, Vashington Moskvani “siqib chiqarishni” istayotganini ta’kidladi.

"Rossiya, shubhasizki, dunyo kapitali qanday harakatlanishi singari muhim masala muhokama qilinadigan xalqaro konferensiyalarda qatnashishi kerak. Ammo Rossiyani ushbu formatdan "uloqtirishmoqda". AQSh bunday imkoniyatga ega, u dunyodagi jarayonini boshqarishga odatlangan va o‘zini to‘xtata olmayapti. Ular Rossiya bilan aloqalarni xohlashayotganini ta’kidlashadi, ammo amerikaliklar shartiga ko‘ra – Rossiya AQSh gegemoniyasini tan olishi va oldin surilgan barcha shartlarni tan olgan taqdiridagina yaxshi aloqalar yuzaga kelishi mmkin", dedi Dmitriy Solonnikov.

Yangiliklar lentasi
0