12:10 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
1416 0 0

Sodda qilib aytganda, hozirgi paytda Makronga kuchli bosim oʻtkazishmoqda, u Donbass boʻyicha tinchlik muzokaralarini oʻtkazish oʻrniga rus diplomatlarini quvgʻin qilishi, janjal boshlashi lozim. Maqsad Frantsiya va Rossiya yaqinlashuviga putur yetkazishdir

Viktor Maraxovskiy

 

Frantsiyada rus diversantlari bazasi aniqlandi: Gʻarb ommaviy axborot vositalari bu shov-shuvni qizgʻin muhokama qilishmoqda. NBC: "Rus josuslari Frantsiyaning Alp togʻlarida qotillar uyasidan hujum uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar berdi razvedka vakillari". The Telegraph: "Rus josuslari Alp togʻlaridan Britaniya va boshqa davlatlarga hujum uyushtirish uchun  tayanch lageri sifatida foydalanishgan".  Va hokazo.

Barcha sarlavhalar Frantsiyaning Le Monde gazetasida chop etilgan maqolani takror hikoya qilib bermoqda.

Maqola magʻzi: gazetaning anonim manbalarining aytishicha, Rossiya razvedkasi Yuqori Savoyda (Monblanning Ansi koʻli va kurortlar joylashgan mintaqasi) oʻz bazasiga ega boʻlgan. U yerda, anonim maʼlumotlarga koʻra, 2014yildan 2018 yilgacha boʻlgan oraliqda, kamida 15ta Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari tashrif buyurgan, ular orasida oʻsha bizga tanish memlar qahramonlari Petrov va Boshirovlar ham boʻlgan. Bu xodimlar Savoydan Yevropa Ittifoqiga "qotillik va sabotaj"larni amalga oshirish uchun yuborilgan. Gʻarb maxsus xizmatlari, ulardan “qurol yoki biron bir dalil”ni topib musodara qilmagan, deya kamtarlik bilan qoʻshimcha qilgan nashr. Shuningdek, Frantsiyaning oʻzida xam “qotillik va sabotaj” izlari topilmagan.

Ammo, Britaniyaning yuragiga aynan shu yerdan zarba berilgan, Solsberidagi Skripallar zaharlanishi holati aynan shu yerdan amalga oshirilgan, deb taʼkidlashga asoslar bor. Bolgariyaga hujum (2015 yilda uch kishining dahshatli zaharlanishi, "Novichok" ishlatilgan, jabrlanganlar yoʻq) va Chernogoriyaga hujum (toʻntarishni amalga oshirish uchun qilingan dahshatli urinish, qurbonlar boʻlmagan, toʻntarish boʻlmagan) shu yerdan amalga oshirilgan.

Umuman olganda, biz yana siqib ham hech yangi narsa olish imkoni boʻlmagan "xayli-laykli"ga duch kelyapmiz (faqat bir savol oʻz ahamiyatini yoʻqotmayapti, u qanday bir dahshatli “Novichok” ekanki, u bilan ruslar yillar davomida odamlarni zaharlab kelayotgan boʻlsa-da, bu hech kimning oʻlimiga sabab boʻlmayotir).

... Bu yerda aslida qizigʻi nima?

Tabiiyki, allaqanday maxsus xizmatning boshqa mamlakat hududida  bazasi mavjudligi, ammo u uzoq vaqtdan beri allaqachon mavjud emasligi haqidagi xabar – bu hech narsa haqida maʼlumot, demak. "Aytarli dalil" yoʻq ekan, u holda bu voqea toʻrt yil ichida maʼlum bir mintaqaga 15 kishi tashrif buyurganini anglatadi xolos.

Yaʼni, birinchi qarashda, bu xabarni qanday qilib va kimga qarshi ishlatish mumkinligi nomaʼlum. Biroq, buning nozik tarafi ham bor.

Birinchidan, hech kim bu informatsiya Parijda boʻlishi rejalashtirilayotgan Donbassga bagʻishlangan Frantsiya, Rossiya, Germaniya va Ukraina ishtirokidagi Normand formatidagi uchrashuvga maxsus bagʻishlanganini yashirmayapdi. Bu xaqda "DeutscheWelle" ga bergan sharhida Yevrokomissiya tomonidan moliyalashtirilgan Pragadagi shubhali, ammo nufuzli nodavlat notijorat "aql markazi"ning eksperti ochiqchasiga gapirgan: "Informatsiyaning sizib ketishi Kremlga toʻgʻridan-toʻgʻri  signal boʻlishi mumkin. Menimcha bu tasodif emas".

Ikkinchidan, deb taʼkidlaydi xuddi shu nashr, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron oxirgi vaqtlarda faol ravishda Rossiya bilan munosabatlarda keskinlikni kamaytirishga va umuman, normal hamkorlikni tiklashga harakat qilmoqda. Biroq, endi Frantsiya hukumati "norozilik bildirib, rus diplomatlarini chiqarib yuborishi kerak boʻladi". Va bu Makronning qoʻlidagi kuchli kartasi boʻladi va u shu tarzda "Frantsiya anoyilardan emasligini koʻrsatadi".

Sodda qilib aytganda, hozirgi paytda Makronga kuchli bosim oʻtkazishmoqda, u Donbass boʻyicha tinchlik muzokaralarini oʻtkazish oʻrniga rus diplomatlarini quvgʻin qilishi (yaqinda Germaniya chechen jangchisining oʻldirilishi munosabati bilan yana bir “sensatsiya”dan soʻng Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborgani kabi), janjal boshlashi va oqibatda Rossiya bilan yaqinlashish jarayoni buzilishi uchun. Chunki haqiqiy erkaklar aynan shunday yoʻl tutadilar, va Rossiya faqat kuchni hurmat qiladi va xokazo.

Demak, bu holda bunday maʼlumotlar tarqalishida aynan frantsuz prezidenti asosiy nishonga aylangan va taxminiy jabrlanuvchi aynan u boʻlishi mumkin.

Ayniqsa, Le Monde anchadan buyon Makronga ov uyushtirishi barchaga maʼlum - bu nashr Makronni xuddi New York Times Donald Trampni yaxshi koʻrgandek yaxshi koʻradi. Frantsuzcha talqinida prezidentga boʻlgan teskari muhabbat yanada kuchliroq, chunki bu yerda shaxsiy xusumat mavjud.

Gap shundaki, Le Monde aktsiyalarining nazorat paketi egalaridan biri Matye Pigass ismli shaxs boʻladi.

Aniqrogʻi, u biz uchun hech kimmas. Frantsiyada esa uning fojiali taqdirini koʻp yillardan buyon katta qiziqish bilan kuzatishadi. U bir vaqtlar Lazard bankining eng yosh boshqaruvchi hamkori boʻlgan, xuddi Makron keyinchalik Rotshildda eng yosh boshqaruvchi boʻlgani singari. Frantsuz matbuoti uzoq yillardan buyon ikki vunderkind oʻrtasidagi shavqatsiz kurash haqida gapirib keladi. Qisqa qilib aytganda: 2010 yilda Makron Pigassni Le Ponddan chetlashtirishga uringan, ammo Pigass gʻalaba qozongan. Oʻz navbatida, Pigass 2012 yilda, sotsialist Olland prezidentligida moliyaviy yulduz boʻlishni xohlagan, ammo Makron gʻalaba qozondi. Va hokazo shunga oʻxshash holatlar.

Umuman olganda, hozirda mana shulardan tashqari, ikki birdek hurmatli oila – Rotshildlar va Lazarlar oilasining yosh va qaynoq bankirlari jangi haqidagi uzundan-uzoq dostoniga guvoh boʻlib turibmiz. Kasos, shuhratparastlik, fitna.

Ushbu jangda dushmanga chox qazish borasida hech qanday imkoniyat boy berilmaydi. Bu holatda foydali ish yoqimlisi bilan birikadi, hatto. Yevroittifoqning aksariyat doiralari manfaati Makronning Moskva bilan normal aloqalarni tiklashi orqali prezident sifatida kuchayishiga yoʻl quymaslikdan iborat. Le Monde nashriyotchilari esa - Makronni siyosatchi sifatida zaiflantirishni istashadi.

... Yevropaning ichki mojarolarida bir xil priyom tobora koʻproq qoʻllanilayotgani haqidagi fakt esa (bir, ikki yoki besh yilga kechikayotgan har xil koʻrinishdagi "ruslarni fosh qilinishi" singari feyk xabarlarning navbatdagi bochokdan sizdirilishi) yevropalik fitnachilar mahorati pasayganidan dalolatdir.

Asosiy mavzular