21:40 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
60330

Shu yil 4 dekabrda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida “Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi” loyihasini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Unda ikki davlat bojxona xizmati vakillari hamkorlik istiqbollari va mavjud muammolar muhokama qildilar.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston vakolatli organlari oʻziga xos "yashil yoʻlaklar" deb nom olgan tashqi savdo-sotiqni oshirish dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Muhokama ishtirokchilari hozirgi vaziyat va mavjud qiyinchiliklar bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) vakillari, meva va sabzavotlarni Rossiyaga eksport  qiluvchi tadbirkorlar hamda Rossiya Federal bojxona xizmati (FBX) vakillari qatnashdi.

Seminar tamojennыx organov Uzbekistana i RF
Press-slujba posolstva Uzbekistana v RF
Seminar tamojennыx organov Uzbekistana i RF

Keng koʻlamli vazifalar uchun yashil chiroq

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov oʻz nutqida “Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi” loyihasi juda muhimligini eʼtirof etdi.

“Mamlakatlarimiz rahbarlari bu yilda oʻzaro tashqi savdo aylanuvini 10 milliard dollarga yetkazish toʻgʻrisida vazifa qoʻyilgan, shuning uchun bunday loyihalar juda muhimdir. Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasini strategik hamkor deb biladi, mamlakatlar oʻrtasida koʻplab yoʻnalishlarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan”, - deb taʼkidladi Asadov.

Dipmissiya rahbarining soʻzlariga koʻra, oʻtgan yilda mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdo aylanuvi 30 foizga oshdi, eksport va import ijobiy dinamikasi davom etmoqda. Oʻzbekiston statistikasiga koʻra, 2018 yilda mamlakatlar oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo aylanmasi 20 foizgacha oshdi. Asadov bu koʻrsatkichlarga erishishda birinchi navbatda Rossiya va Oʻzbekiston bojxona organlari tomonidan soddalashtirilgan bojxona tartibini tashkil etish boʻyicha birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega, deb taʼkidladi.

Posol Uzbekistana v Rossii Botirjon Asadov na seminare tamojennыx vedomstv dvux stran
Press-slujba posolstva Uzbekistana RF
Posol Uzbekistana v Rossii Botirjon Asadov na seminare tamojennыx vedomstv dvux stran

Oʻz navbatida Oʻzbekiston DBQ vakili, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Rustam Qobulov hozirgi vaqtda mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilayotganini taʼkidladi.

2016 yilda DBQ va FBX soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi toʻgʻrisidagi bitimni imzolangandi. DBQ vakili ushbu yoʻnalishda hamkorlikni kengaytirish, toʻsiqlar va cheklovlar bartaraf etilsa, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada koʻpayishiga imkon beradi, deb taʼkidlab oʻtdi.

Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi qanday ishlaydi

Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi - "yashil" yoʻlak – bu eksport deklaratsiyalaridan yetkazib berish toʻgʻrisidagi maʼlumot almashinuvi asosida ayrim guruh tovarlarini chegaradan soddalashtirilgan tartibda oʻtishidir.

Bugungi kunda Rossiya tomonidan 14 ta bunday bitim imzolangan, ulardan 5 ta davlat - Oʻzbekiston, Italiya, Xitoy, Niderlandiya va Turkiya bilan amaliyotda joriy etilgan.

Bu mexanizm bojxona xizmatida oʻzaro savdo va transport vositalari haqida mavjud boʻlgan dastlabki maʼlumotlar va xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda bojxona maʼmuriyatchiligi sifatini yoʻqotmasdan bojxona operatsiyalarining vaqtini qisqartirishga moʻljallangan.

Soddalashtirilgan yoʻlak barcha asosiy bosqichlarda tatbiq etiladi – oʻtish punktlariga tovarlar yetib kelishidan boshlab, ularni erkin muomalaga chiqarishgacha.

Bojxona operatsiyalari vaqtini qisqartirish mahsulotlarni qatʼiy belgilangan muddatda yetkazib beradigan kompaniyalar uchun juda muhimdir, har qanday kechikish esa qoʻshimcha xarajatlar va byurokratik qiyinchiliklarga olib keladi.

Loyiha doirasida tovarlar, shu jumladan, uning qiymati haqidagi maʼlumotlar uzatiladi, shuning uchun bunday bojxona tamoyili tashqi savdo shartnomasi ishtirokchilari oʻrtasida faqat ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Bu savdo rejimi toʻgʻrisida kelishib olgan bojxona xizmatlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining reyestrini shakllantiradi - yaʼni mamlakatga maʼlum mahsulotlar turlarini yetkazib beradigan kompaniyalar. Tovar, uning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, yuk yetkazib beradigan transport vositalari haqida maʼlumot ham koʻrsatiladi.

“Soddalashtirilgan yoʻlak” boʻyicha tovarlarni yetkazib berish uchun bu kompaniyalar reyestrga kirishi kerak.

Kompaniyalar qarzdorlik yoki bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari mavjudligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi. Agar bundan holatlar aniqlanmasa, eksport qiluvchi kompaniya bu loyihaga kiritiladi.

Eksport qilish uchun kompaniya oʻz mamlakatining bojxona xizmatiga eksport haqida maʼlumot taqdim etadi. Tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, yagona identifikatsion raqam (deklaratsiya) beriladi, barcha protseduralarni tezkorlik bilan oʻtish uchun uni chegarada koʻrsatish mumkin, chunki tovar haqida maʼlumot qabul qiluvchi tomonga avval berilgan boʻladi, qoʻshimcha tekshiruv yoki koʻrik oʻtkazish talab etilmaydi. Agar hujjat solishtirilishi muvafaqqiyatli oʻtsa va yukni almashtirish holatlari aniqlanmasa, tovarlar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekiston va Rossiya soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi qoʻshimcha imtiyozlarni koʻzda tutadi. Masalan, bojxona nazorati shakllarini kamaytirish yoki umuman qoʻllamaslik, bu birinchi navbatda, bojxona koʻrigi. Shuningdek, bir-birini takrorlaydigan protseduralar chiqarib tashlanadi. Hozirda chegara punktlari tovar oʻtkazuvchanligini oshirish boʻyicha ish olib borilmoqda. Bu maqsadlarda alohida yoʻlaklarni tashkil etish va bojxona rasmiylashtiruvi joylarida qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Rossiyada bojxona operatsiyalarni soddalashtirilgan tartibi Oʻzbekiston rezidentlari -  Rossiyaga quyidagi mahsulotlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun taklif etiladi (TIF TN nomenklaturasiga asosan): 07 (sabzavot), 08 (meva), 1202 (yeryongʻoq), 20 (meva va sabzavotlar qayta ishlash mahsulotlari) va 21 (turli oziq-ovqat mahsulotlar – qahva, choy va boshqalar).

Soddalashtirilgan yoʻlak orqali tovarlarni Rossiyaga qanday eksport qilish mumkin

Loyihaga kirish uchun Rossiya FBXga rasmiy murojaat qilish kerak (yozma yoki elektron pochta orqali). Buyurtma kelgandan soʻng, kompaniya xavflilik darajasini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Tekshirish natijalariga koʻra, Rossiya FBX murojaat etuvchi-kompaniya, shuningdek, eksport qiluvchi Rossiya Federatsiyasida hamkorlik qilish niyatida boʻlgan kontragentlar toʻgʻrisida yangilangan maʼlumotlarni (tashkilot nomi, STIR, yuridik va haqiqiy manzili, murojaat qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi hamkasblariga taqdim etadi. Bu Oʻzbekiston DBQga soddalashtirilgan bojxona yoʻlagining yangi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazishda bu kompaniyalarni identifikatsiya qilishga imkon beradi.

Nega loyihaga qiziqish yuqori emas?

Bunday soddalashtirilgan protsedura foydali tomonlariga qaramasdan, oʻzbek bojxona xizmati vakillarining maʼlumotlariga koʻra, respublikada soddalashtirilgan bojxona yoʻlagiga qiziqish yuqori emas.

“Biz 2018-2019 yilda vaziyatni tahlil qildik – tashqi iqtidiy faoliyat qatnashchilar tomonidan qiziqish juda past – atigi 20 ta kompaniya, Rossiya hududida esa bitta “Uzagroeksport”. Tadbirkorlar bunday imkoniyat haqida yetarli maʼlumotga ega emas deb oʻylaymiz. Oʻylaymanki, bevosita oʻtish joylarida FBX va DBQ vakillari ishtirokida seminar oʻtkazish foydali boʻladi”, - deb taʼkidladi DBQ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Rustam Qobulov.

Asosiy muammolar

Seminar ishtirokchilari mavjud muammolar va qiyinchiliklarni muhokama qilishdi. Xususan, Oʻzbekiston tomoni vakillari Rossiyada soddalashttirilgan bojxona nazorati tartibidan oʻtish mumkin boʻlgan nazorat oʻtish punktlari soni kamligini aytishdi.

Rossiya FBX vakili taʼkidlashicha, bugungi kunda Oʻzbekistondan tovarlarni qabul qilish 18 ta punkt faoliyat koʻrsatadi, biroq ularning barchasida tezkorlik bilan fitosanitariya nazoratini oʻtkazish imkoniyati yoʻq. Bu holatlarni hal qilish va eng samarali yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida ikki davlat idoralari vakillari Rossiya Rosselxoznadzor mutaxassislari ishtirokida alohida uchrashuvlarda muhokama qilish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston mahsulotlarni yetkazib beruvchilarini koʻrik protsedurasining narxi ham tashvishga solmoqda. Xususan, “Sanaziya glint” kompaniyaning vakili “nega koʻrik narxlari bunday yuqori - furasiga 1,5 ming dollar” deb savol berdi.

Rossiya FBX vakili oʻz javobida, ehtimol, soʻz vaqtincha saqlash ombori yoki bojxona nazorati zonasida tijorat asosida taqdim etiladigan xizmatlar haqida ketmoqda. Bunday xizmatlarning narxi xoʻjalik subʼyektlar tomonidan belgilanadi va Rossiya FBX faoliyatiga hech qanday aloqasi yoʻq.

Zamnachalnika otdela administrirovaniya, metodologii kontrolya tamojennoy stoimosti Upravleniya kontrolya tamojennыx riskov FTS Rossii Anton Dыshko
Press-slujba posolstva Uzbekistana v RF
Zamnachalnika otdela administrirovaniya, metodologii kontrolya tamojennoy stoimosti Upravleniya kontrolya tamojennыx riskov FTS Rossii Anton Dыshko

Shuningdek, “Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi” dasturi ishtirokchilarining yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgani haqidagi savol berildi.

Rossiya bojxona xizmati vakili soddalashtirilgan bojxona yoʻlagida ishtirok etish bojxona nazoratini bekor qilmaydi, uning shakli va choralari xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda qoʻllaniladi, deb taʼkidladi.

“Bojxona koʻrigini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror xavfni boshqarish tizimi natijalariga asosan qabul qilinadi. Bojxona organlari axborot tizimlarida tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari, tovar va boshqa mavjud boʻlgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, har bir tovar partiyasiga nisbatan bojxona nazorati qoʻshimcha shakllari va choralarini qoʻllash zarurligini tahlil qiladi. Bunday koʻriklarning umumiy oqimdagi ulushi 3-4 foiz atrofida. Agar yetti mashinadan toʻrttasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday qaror qanday asosda qabul qilinganligini alohida aniqlash kerak”, - deb taʼkidladi Rossiya FBX xavfni boshqarish boshqarmasi bojxona qiymatini nazorati qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Anton Dishko.

Tadbir yakunlariga koʻra ikki davlat vakillari mavjud muammolarni hal qilish, bu yoʻnalishda eng qulay yechimlarni ishlab chiqish uchun muntazam ravishda uchrashuv va seminarlar oʻtkazish zarurligini taʼkidladilar.

Asosiy mavzular