21:39 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
951 0 0

Tizimli tahlil va monitoring markazi prezidenti Rostislav Iщenko Sputnik uchun Ukrainani parijdagi "Normand formati"dagi sammitdan soʻng nimalar kutayotgani, va Zelenskiy hozirgi garov holatidan qanday chiqishi mumkinligi haqida mushohada qiladi.

Parijda boʻlib oʻtgan "normand formati"dagi sammitda Ukraina delegatsiyasi, prezident Zelenskiy va uning ichki siyosiy milliy-radikal opponentlari ortidan kuzatish ayniqsa maroqli edi. Ukraina delegatsiyasi yuzida qoniqish va oʻziga boʻlgan ishonch aks etardi.Zelenskiy oʻzining milliy-radikallari haqida hamisha yodda tutardi (oʻzi Parijda boʻlsa ham, biroq tez orada ular ukrain poytaxtida uchrashishlari kerak). Kiyevdagi radikallar esa bu orada "kapitulyatsiya va sharmandalik", deb hisoblagan holatni toʻxtatishga urinardilar.

Kapitulyatsiya masalasida, men qatʼiy bir narsa deyolmayman. Chunki Ukraina hozircha qarshilik koʻrsatishga urinmoqda. Amalda esa Zelenskiyni Minsk kelishuvlari "muqobili yoʻq" ekanligiga "koʻndirishdi", shunda ham u kelgusi uchrashuvlarda oʻz pozitsiyasini himoya qilishi haqida pisanda qilib oʻtdi.

Sharmandalik borasida esa ukrainaliklar toʻliq haq edilar.

Moskva, Berlin va Parij hamjihatlikda chiqish qilishdi

Toʻgʻri, bu kecha boshlangan emas. "Minsk sharmandagarchiligi"ning taxir taʼmini birinchi boʻlib hali Petr Poroshenko taʼtib koʻrgan edi. Ammo oʻshanda bu unchalik koʻzga tashlanmagan edi. Birinchidan, Poroshenko Minsk kelishuvini imzolayotgan mahalda Ukraina armiyasi tor-mor etilgan va qochib borardi, istalgan vaqtda maydon tarafdorlari orasida vahima boshlanib ketishi mumkin edi. Tanlov nimanidir saqlab qolish yoki hammasini butkul boy berish oʻrtasida kechayotgan edi.

Ikkinchidan, oʻsha olis yillarda Parij va Berlin Ukraina tarafida chiqish qilar, har borada Kiyevning manfaatiga qarab ish tutayotgan edi. Poroshenko bu kelishuvlarni istiqbolda qayta koʻrib chiqish, yoki hech kimdan ruxsat soʻramasdan, oʻzicha oʻqishga umid qilardi.

Bu uchrashuvda esa Zelenskiy (aytgancha, uning oʻzi bu uchrashuv tashabbuskori boʻlgan) yakka ajralib qoldi. Rossiya, Germaniya va Frantsiya Ukraina hududidagi fuqarolar mojarosini bartaraf etish boʻyicha deyarli bir xil, muvofiqlashgan pozitsiya bilan chiqish qildilar.

Va bunda Ukrainaning oʻzi ushbu holatni tashkil qildi. Ukrainalik siyosatchilarga vaqt oʻzgarayotganini, bugungi ittifoqdosh ertangi raqib boʻlishi mumkinligi, tashqi koʻmak - agar u oʻz kuchingga boʻlgan tayanchga qoʻshimcha boʻlsagina, aksincha emas yaxshiligi haqida qanchalik tushuntirma - ular Gʻarb har qanday rusofob rejimni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlaydi, degan aqidaga ishonib kelmoqda. Ularga kzra mamlakat tashqi siyosatini ham, xavfsizlik siyosatini ham Gʻarbga ishonib topshirish mumkin. Gʻarb kuchli, u himoyalaydi. Natijada, Gʻarb vaziyatga munosabatini oʻzgartirganida, Ukraina yolgʻizlikda qolmoqda.

Takrorlayman, Ukrainaning oʻzi shunday holatni yuzaga keltirganki, bunda tashqi kuchlar unga oʻz ichki muammolarini qay tarzda yechishi kerakligi borasida koʻrsatma berishmoqda. Kiyev "normand formatida" ittifoqdoshlar bilan hamjihatlikda Rossiyaga bosim oʻtkazishni chama qilgan edi. Lekin ittifoqdoshlar, Rossiya bilan qarama-qarshilikda boʻlish, oʻzlariga qimmatga tushishi mumkinligini tezda tushundilar. Zelenskiyga uning diplomatlari va byurokratlari quyidagilarni vaʼda qilishgan: agar Zelenskiy "normand formatida oʻzining "yangi halol prezident" ekanligini, "korruptsioner Poroshenko" tomonidan imzolangan Minsk kelishuvlarini Ukraina manfaatlariga zid boʻlsa ham qayta koʻrib chiqishni xohlashini aytsa, Frantsiya va Germaniya u tomonda boʻlishi" kerak edi. Aslida esa, Zelenskiy shunday holatga duch keldiki, Merkel va Makron nafaqat Rossiya pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladilar, balki Ukrainaga Putindan ham koʻproq bosim oʻtkazdilar.

Zelenskiy radikallar "garovida"

Albatta, bunda eshiklarni qarsillatib yopib, "bunday format bizga kerakmas", deyish ham mumkin edi. Lekin aynan «normand formati» – Ukraina va Gʻarb birligining, oʻz xalqiga namoyon etish mumkin boʻlgan "Yevropaga harakat"ning oxirgi moddiy dalilidir. Agar xalqga haqiqatni aytishsa, Yevropa (Parij va Berlin yuzida) Rossiya tomonida oʻynayotganini aytishsa, xalqda "Yevropa sotgani tufayli" "porloq kelajak" hech qachon kelmas ekan, unda nega buncha odam qurbon boʻldi, davlat va jamiyat barbod qilindi, iqtisod yoʻq qilindi?", degan haqqoniy savol tugʻilishi mumkin. Bunda Ukraina hech qachon YEIga kirmaydi, ukrainaliklar esa hech qachon nemislar singari hayot kechirmaydi, albanlar singari ishlamaydi.

Shu paytga qadar maydon tarafdorlari oʻz yetakchilariga hammasini kechirishgan, chunki ular YEIga kirishga oz qoldi, shundan soʻng barcha muammolarga barham beriladi, degan bir umid bilan yashar edilar. Bu yerda esa, bu muammolar - hamir uchidan patir boʻlganligi ayon boʻlmoqda.

Poroshenko Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslikni maslahat berdi >>>

Qisqasi, Zelenskiy hammasiga chidashiga toʻgʻri kelmoqda, u hatto bularning barchasi unga yoqayotgandek koʻrsatmoqda oʻzini. U saylovoldi bergan vaʼdasini bajarolmaydi - Donbassda tinchlik oʻrnata olmaydi (shu bois ham tarafdorlari undan yuz oʻgirmoqda). Lekin u (obʼyektiv sabablarga koʻra) u Ukrainaga Poroshenko davri uchun xarakterli boʻlgan yevropa koʻmagini ham taʼminlab bera olmayapti. Milliy-radikallar uni muntazam ravishda xoinlikda gumonlab kelishmoqda. U "Minsk kelishuvlarini" undan "normand formatidagi" sheriklari talab qilayotgandek bajara olmaydi (shunday holatda unda ichkisiyosiy kelajak yoʻq) va ularni bajarishdan ham boʻyin tovlay olmaydi (bunday holatda unda tashqisiyosiy kelajak boʻlmaydi). U hozirda oʻzi vujudga keltirgan holat garovida qolmoqda. va bu vaziyatni oʻzini foydasiga hal etish uchun unda na tajriba, na malaka bor.

Bularning barchasini Parij uchrashuvi davomida koʻrdik. Tabiiyki, bunday taqsimotda uchrashuv natijador boʻlishi mumkin emasdi. Bundan tashqari, agar Zelenskiy Minsk kelishuvlarini shu zahotiyoq har tomonlama bajarish majburiyatini boʻyniga olgan taqdirda ham, u shunchaki bu ishni bajara olmas edi. U yoki bu majburiyatdan Ukrainaga qaytishi hamon voz kechgan boʻlardi, yoki Kiyevdagi radikallar uning oʻzini rad qilgan boʻlardilar.

Yangi yilda natija boʻladimi?

Parijda Minsk kelishuvlarini bajarilishi bilan bir qatorda muhokama qilingan gaz masalasida ham xuddi shu gapni aytish mumkin. Nafaqat Germaniya, balki Frantsiya ham Rossiya pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi. Kiyev yon bermadi, lekin u istiqbolga ham ega emas, - Yevropa tranzitni taʼminlashni talab qilmoqda.

Zelenskiy unchalik katta boʻlmagan muddat oldi. Agar Ukraina "Minsk" kelishuvini bajarish yoʻlida ekanligini namoyont etsa, toʻrt oydan soʻng yana uchrashishga kelishib olishdi. Oʻylaymanki, Kiyevning rossiya gazini YEIga uzilishlarsiz yetkazib berilishini taʼminlay olishi, kelgusi uchrashuv masalasi hal boʻlishida ahamiyatli rol oʻynaydi. Ilk natijalarni (ushlab turilgan shaxslarning "barchani barchaga" alishuvi va gaz muammosining hal etilishi) Ukraina Yangi yilgacha koʻrsatishi kerak. Ulgurish, shubhasiz-ki, mumkin, lekin Kiyev bu yoʻnalishda nimadir qilishni istaydimi?

Zelenskiy "normand formati" yechimlarini bajarish va oʻz radikallari bilan urush oʻrtasida tanlashi kerak. Qoʻrqamanki, u tanlovni amalga oshirishga jurʼat eta olmaydi.

Asosiy mavzular