21:39 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
640 0 0

AQSH senati Davlat departamentini Rossiyani "terrorizm sponsorlari" boʻlgan davlatlar roʻyxatiga qoʻshishga chaqirdi. Nega senatorlar aynan hozir shunday daʼvat bilan murojaat qilishayotganini Sputnik radiosi efirida ekspert Vladimir Olenchenko tushuntirdi.

Amerikalik senatorlar Rossiyani "terrorizm homiysi" hisoblamoqda, bu haqda AQSH senati xalqaro qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan qonunchilik loyihasida aytilgan. Bunday aniq ifoda rasman qabul qilinishi toʻgʻrisidagi qaror davlat kotibi tomonidan hal etiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qoʻmita axborot-xizmatiga tayangan holda.

Hujjatga muvofiq, Davlat departamenti rahbari ushbu qonun kuchga kirgan kundan boshlab 90 kun davomida kongressning tegishli qoʻmitalariga ushbu masala yuzasidan oʻz xulosasini bermogʻi lozim. Shu muddat ichida u Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan qurollangan tuzilmalar Donbassda ekanligi va ular oʻz-oʻzini mustaqil davlat deb elon qilgan Lugansk hamda Donbassdagi qurollangan tuzilmalar bilan bir qatorda "chet el terroristik tashkilotlari" taʼrifiga mosligi haqida aniq bir qarorga kelishi kerak.

Ayni vaqtda Davlat departamenti tomonidan tuzilayotgan "terrorizm sponsorlari boʻlgan davlatlar" roʻyxatiga Eron, Shimoliy Koreya, Suriya va Sudan kiritilgan.

Oʻtgan hafta AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Devid Xeyl davlat departamenti Rossiyani terrorizm homiysi deb hisoblamasligini maʼlum qilgandi. U Rossiyaning oʻzi terroristik hujumlar qurbonidir, deya taʼkidlagan.

Rossiya Fanlar Akademiyasi YE.M.Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqotlar institutining yevropa tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko ushbu masala aynan hozir oʻrtaga tashlanayotgani bejizdan emasligini qayd etdi.

"Aftidan, demokratlar va respublikachilarning oʻzaro qarama-qarshiligi kutilmagan, gʻoyatda gʻayrioddiy koʻrinish olmoqda, sogʻlom idrok tamom boʻlgan koʻrinadi. Oʻylashimcha, bu yerda havotirli tomoni (AQSH prezidenti Donald) Trampning (Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey) Lavrov bilan uchrashgani va muloqot konstruktiv xarakterga ega boʻlgani, yengib boʻlmaydigan toʻsiqlar mavjud emas, degan toʻxtamga kelingani. Tabiiyki, bu Tramp raqiblarini havotirga solgan. Axir kelgusi yil - AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtadi. Shunday bir paytda ularda Rossiyani terrorchilar koʻmakchilari roʻyxatiga qoʻshib qoʻyish gʻoyasi paydo boʻldi. Koʻrinib turibdiki, bu yerda sogʻlom idrok hozirgi amerika siyosati bilan umuman chiqishmayapti va u mana shunday gʻayrioddiy shakllarda oʻzini namoyon etmoqda", - dedi Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida.

Asosiy mavzular