14:54 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Analitika
Havola olish
842 0 0

Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadlarni yoʻqotishdan qoʻrqqan Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari, shu jumladan Polsha, Latviya va Litva, shuningdek oʻz suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida oʻtkazishga urinayotgan AQSH "Shimoliy oqim-2" loyihasiga qarshi chiqishmoqda.

TOSHKENT, 12 dekabr – Sputnik. Germaniya hukumati Nord Stream-2 gaz quvuri atrofidagi vaziyat tufayli AQShga "taslim boʻldi". Shunday fikr RIA Novostiga bergan intervyusida Bundestagdagi "Germaniya uchun alternativa" (AdG) partiyasining energiya masalalari boʻyicha rasmiy vakili Shteffen Kotre tomonidan bildirildi.

"Shimoliy oqim - 2", deya eslatib oʻtdi deputat, Germaniyaning energetik havfsizligini taʼminlash uchun gʻoyat muhimdir va bu loyihaga "zarba berishga urinish" Angela Merkel hukumatini zudlik bilan uning himoyasiga chiqishga majbur qilishi kerak edi.

"2018 yilda Merkel xonim "Shimoliy oqim - 2" - bu Yevropa Ittifoqi qonunlari taʼsir etmaydigan, faqatgina Germaniya va Rossiya oʻrtasidagi sof ikkiyoqlama iqtisodiy loyiha ekanligi haqida aniq tushuncha bergan edi. Endi esa AQSH "Shimoliy oqim - 2"ni oʻzlari tomonidan allaqachon beqarorlashtirilgan Ukraina bilan bogʻlashga muvaffaq boʻldi. AQSH bosimi ostida federal hukumat bu iqtisodiy hujumga boʻysundi va kapitulyatsiya qildi", - dedi deputat.

Kotre soʻzlariga koʻra, Merkel boshchiligidagi hukumat "endi Germaniya manfaatlarini nafaqat himoya qilishga, balki ifodalashga ham qodir emas". U shuningdek, Ukraina barqarorligi "boshqa iqtisodiy loyihalar bilan hech qanday bogʻliqlikka ega emas", deya qoʻshimcha qildi.

"Shimoliy oqim-2"

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirgʻogʻidan Boltiq dengizi boʻylab Germaniyagacha tortilgan, umumiy quvvati 55 milliard kubometr gazni yetkazib beradigan ikkita quvurni qurishni nazarda tutadi. Uni 2019 yilda qurib bitkazish rejalashtirilgan. Quvur Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlari yoki maxsus iqtisodiy hududlari orqali oʻtadi.

Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadlarni yoʻqotishdan qoʻrqqan Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari, shu jumladan Polsha, Latviya va Litva, shuningdek oʻz suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida oʻtkazishga urinayotgan AQSH "Shimoliy oqim-2" loyihasiga qarshi chiqishmoqda. Ular loyihani siyosiy va Yevropa energiya xavfsizligiga tahdid deb atashmoqda. Rossiya tomoni koʻplab marotaba ushbu loyiha mutlaqo tijoriy va raqobatbardosh ekanligi, va u Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropa Ittifoqiga tranziti toʻxtatilishini nazarda tutmasligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular