06:22 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
90510

AQSH oʻrta va yaqin masofaga zarba beruvchi raketalarni imkon qadar tezroq ishlab chiqishga intilmoqda - ekspert.

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Pentagon biroz oldin RSMD shartnomasida taqiqlangan raketani sinovdan oʻtkazdi. Xarbiy siyosatshunos Andrey Koshkin AQSH ushbu raketani avvalroq - shartnoma amal qilish davrida ishlab chiqarilgan degan tahminni oldin surdi.

Amerika Qoʻshma shtatlari  ilgari RSMD shartnomasi tomonidan taqiqlangan yadrosiz oʻrta masofaga moʻljallangan ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi.

"Mudofaa vazirligi yadrosiz, yerda joylashtirilgan ballistik raketaning parvoz sinovlarini Tinch okeani vaqti bilan ertalabki soat 8.30 da (Moskva vaqti bilan 19.30)   bugun, 2019 yil 12 dekabr kuni Kaliforniya shtatidagi Xavo mudofaasi kuchlarining "Vandenberg" aviabazasidan amalga oshirdi. Biz hozirda natijalarni baxolayapmiz",- dedi RIA Novostiga Vanderberg aviabazasi vakili.

Keyinchalik Pentagon rahbari Mark Esper sinovlar muvaffaqiyatli oʻtganini aytdi.

Joriy yilning avgust oyida Pentagon RSMD shartnomasi bilan taqiqlangan yadrosiz, yerda joylashtirilgan ballistik raketasini sinovdan oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, raketa 500 kilometrlik parvozdan soʻng nishonga mavaffaqiyatli zarba bergan.

B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovщik v nebe nad Afganistanom, 2006 god
© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)

Bunday xarakatlar AQShning ikki yuzlamachi siyosatini namoish etadi, - deydi xarbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining siyosiy fanlar va sotsiologiya kafedrasi mudiri Andrey Koshkin.

"Bugungi kunda AQSH imkon qadar tezroq oʻrta va qisqa masofalarga uchadigan raketalarni ishlab chiqishga intilmoqda va ular RSMD shartnomasi amal qilish paytida xam ushbu loyixalar ustida ishlaganlaridan xijolat boʻlmayabdilar. Bu Qoʻshma Shtatlarning ikki yuzlama siyosatining asl koʻrinishi, ular hatto xalqaro maydonda xalqaro shartnomalar shartlarini  bajarmay kelmoqdalar. Shunday qilib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Yevropa qitʼasida oʻrta masofaga moʻljallangan raketalarni joylashtirishini kutishimiz mumkin va bu holat oʻz yoʻlida yevropaliklarning jiddiy gʻazabiga sabab boʻlishi mumkin. Rossiya, oʻz navbatida, tahdidni zararsizlantirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishiga majbur boʻladi”, - dedi Andrey Koshkin Sputnik Radiosiga.

Oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma (DRSMD) AQShning tashabbusi bilan 2 avgustda bekor qilindi. Shu yil boshida Vashington ushbu kelishuvdan bir tomonlama ravishda chiqib ketish niyatini bildirdi va Rossiyani bu shartnomani uzoq muddatlardan beri boʻzib kelayotganida aybladi. Iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning ushbu shartnomadagi ishtirokini toʻxtatib qoʻyish haqidagi qonunni imzoladi. Rossiya RSMD shartnomasining barcha shartlarini soʻzsiz bajarib kelayotganini bir necha bor taʼkidlagan.

Asosiy mavzular