Rossiyada G‘arbni nega yaxshi ko‘rishmaydi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storoni parka "Zaradye" v Moskve
Vid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storoni parka Zaradye v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi Rossiya OAVlari G‘arbga qarshi qaratilgan tashviqotlar bilan o‘z auditoriyasini zombilashtiradimi, degan savolga javob berdi. Zombilashtirar ekan, u qanday tashviqot bo‘ldi?

Viktor Maraxovskiy

Avval boshda muhimi haqida qisqacha. "Rossiya segodnya" mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan "Sakkizoyoq-1.1" tadqiqoti, joriy yilda o‘tkazilgan ikkinchi tadqiqot sanaladi. Birinchisi, oktabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda "Katta yettilik" davlatlaridagi OAVlarda e’lon qilingan maqolalar tahlil qilingan va G‘arb nega Rossiyani yaxshi ko‘rmasligi haqida tahliliy maqola chop etilgan edi.

Kongress VADA - Sputnik O‘zbekiston
Putin WADAning Rossiyani chetlatish bo‘yicha qarorini siyosiylashgan, deb atadi

Tadqiqot natijalari anchayin qayg‘uli edi: ma’lum bo‘lishicha, erkin dunyoning old OAVlari Rossiyani mutlaqo yaxshi ko‘rmaydilar. Rossiya haqida ijobiy materiallar salmog‘i atigi ikki foiz edi, salbiylari — 25 barobar ko‘p, 50 foiz. Rossiyani yaxshi ko‘rmaydigan OAVlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarga qarashli bo‘lib, bunda so‘z erkinligi doirasida Rossiya haqida chop etilgan maqolalarning 90 foizi salbiy va bor-yo‘g‘i 0,2 foizi — ijobiy edi, ya’ni besh yuzdan bir qismi ijobiy edi.

Ruslarga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan davlat - Italiya bo‘lib chiqdi. Bu yerda Rossiya to‘g‘risidagi urush-tahdidiy maqolalar soni maqtov-ijobiy ma’nodagi maqolalardan ikki karra ko‘p edi.

Shundan so‘ng tadqiqotchilar Rossiya OAVlari - telekanallar, radiostansiyalar, gazetalar va internet resurslarga murojaat qilishdi. Shartli-xolis va shartli-muxolifat, deya olingan medialar o‘rganildi (shartli deyilishiga sabab, Rossiyada OAVning hukumatga yaqinligi darajasi uning rasmiy pozitsiyasiga mos tushmaydi, ashaddiy muxolifatchilar ko‘pincha oliy uyushmalarning bir qismi ekanligi ma’lum bo‘lib turadi).

Prezident Polshi Andjey Duda - Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidenti Rossiyani NATO dushmani deb atashdan bosh tortdi

2019 yilning birinchi yarmida "Katta yettilik" davlatlariga bag‘ishlangan materiallar tadqiq qilindi.

Kutilmagan yangilik ma’lum bo‘ldi.

G‘arbga qarshi tashviqot davlat miqyosida hukm surishi va so‘z erkinligi yo‘qligi barchaga ayon bo‘lgan Rossiyada - kollektiv G‘arb davlatlariga qarshi ijobiy materiallar g‘arbning Rossiyaga qarshi ko‘rsatkichlaridan bir necha marotaba ko‘p edi.

Yana bir marta eslatib o‘tamiz, G7 OAVlari Rossiya haqida — 50 foiz negativ, 48 foiz neytral va ikki foiz ijobiy materiallar bergan.

Rossiya OAVlari G7 haqida — 71 foiz holatlarda neytrallikni saqlagan, 24 foiz tanqil va negativ berilgan, besh foiz holatlarda ijobiy materiallar yoritilgan.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani raqib sifatida yo‘q qilishga ahd qildi

Eng yorqin taqqoslashlar.

AQSh OAVlari Rossiya haqida: 90 foiz negativ. Rossiya OAVlari AQSh haqida: 30 foiz negativ. Rossiya nomiga amerikancha maqtovlar: 0,2 foiz. AQSh nomiga ruscha maqtovlar: ikki foiz. To‘g‘ri, tafovut katta emas, biroq o‘n marotaba ko‘p, baribir.

Italiya OAVlari Rossiya haqida: 13 foiz holatlarda ijobiy materiallar, 25 foiz holatlarda salbiy. Rossiya OAVlari Italiya haqida: 14 foiz ijobiy va yetti foiz salbiy. Ya’ni Rossiya va Italiya bir-birini taxminan bir maromda maqtaydi, ammo Rossiya Italiyani to‘rt marotaba kam urishadi.

Va umuman: bu kim uchundir kutilmagan yangilik bo‘lishi mumkin, biroq o‘zining G‘arbga qarshi propagandasi bilan mashhur bo‘lgan Rossiya OAVlarida birorta davlat faqatgina negativ tomondan tasvirlanmaydi. Hatto Rossiya haqida ijobiy gapirish "psixologik ta’qiqlangan" materiallarga kiruvchi AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada haqida rossiya medialari asosan neytral yoki ijobiy gapirgan.

Shunday ekan, haqli savol tug‘iladi. Modomiki Rossiyada so‘z erkinligi yo‘q ekan va davlat G‘arbga qarshi tashviqotni zo‘rlab tiqishtirar ekan, jin ursin, unda nega Rossiya OAVlari natijalari G‘arb OAVlari fonida ko‘proq plyuralizmni namoyon qilmoqda?

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya yo Rossiyani yo G‘arbni tanlashi kerak – AQSh senati Turkiyaga ultimatum qo‘ydi

Bu savolga anglash mushkul emaski, ikki xil javob bor.

Birinchisi: G‘arb obyektiv ravishda xushfe’l, Rossiya esa - yovuz. Shu bois, Rossiya haqida ezgu gap aytib bo‘lmaydi, G‘arb haqida esa - aytishga yomon gap topilmaydi.

Bu qiziq tushuntirish aslida — faqat, Rossiya yovuz kuch ekan, unda nega uning OAVlari "obyektiv" bo‘la oladi. Axir ular hech qiyinchiliksiz havodan g‘arb yovuzliklari haqida uydirmalarni to‘qib tashlashga qodir bo‘lmasmidi: axir britaniya "Tayms"ida Putin mushukchalarning dushmani ekanligi to‘g‘risida yozishayapti-ku.

Izohning ikkinchi varianti: Rossiya bugun — mutlaqo G‘arbga qarshi bo‘lgan davlat emas. U shunchaki xudbin. Shunday ekan, uning OAVlari ham butun jahonga o‘z milliy manfaatlari mezanasidan qaraydi.

Agar biroz bo‘rttiradigan bo‘lsak buni quyidagicha tushuntirish mumkin— bir vaqtlar Rossiyani "G‘arbning xom-ashyo quyrug‘i" deb hisoblashgan va ikkinchi variantni shu aqidaga nisbatan o‘ziga xos remeyk, deb hisoblash mumkin. Hozirda Rossiya medialari nigohida Italiya — bu Rossiyaning turistik quyrug‘i, AQSh — Rossiyaning kino-o‘yin quyrug‘i, Germaniya — avtomobil quyrug‘i, Britaniya — musiqiy, Yaponiya — animatsiya va hokazo.

RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin "Al-Qoida", Gorbachov va Rossiyani o‘z vassaliga aylantirishga urinayotgan AQSh haqida

Rossiyada eng ommabop bo‘lgan media mavzular ro‘yxatidan ayon bo‘lmoqda-ki, shov-shuvli favqulodda holatlar va sensatsiyalardan tashqari, o‘zga mamlakatlarning ichki shaxsiy hayoti Rossiya OAVlarini ko‘pam qiziqtirmaydi.

AQSh haqida eng ommabop mavzu — ular o‘ylab topgan "Rossiyaning saylovlarga ehtimoliy aralashuvi" mavzusidir.

Britaniya haqida eng ommabop mavzu — yana Rossiyaga ayb qo‘yilayotgan Brexit va Skripallardir.

Germaniya haqida — ikkiyoqlama munosabatlar va Ukraina.

Fransiya haqida — ikkiyoqlama munosabatlar hamda "sariq jiletlar" Notr-Dam bilan.

Yaponiya haqida - tinchlik kelishuvi bilan bog‘liq holat.

Italiya haqida — turizm.

Paradoks, ammo shu ayon bo‘lmoqda-ki, Rossiya mediasohasidagi "G‘arbga qarshi tashviqot" - bu axborot rikoshetidan boshqa narsamas. Ya’ni Rossiyaga qarshi yog‘dirilayotgan dod-farodlarning hikoyasi. Tabiiyki, bu dod-farodlar (shuningdek, ularning ortidan sudralib keladigan sanksiyalar va tahdidlar) Rossiya OAVlariga yoqmaydi.

Vertoleti nanosat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

Ammo qaysidir davlat o‘zini mayli, do‘stona tutmasin, shunchaki, Rossiyaga qarshi fosh etuvchilarning old qatoridan joy olishga shoshilmasa - Rossiya mediasohasi unga barobar munosabatda bo‘ladi. Bu Kanada va Germaniyada o‘z isbotini topgan.

Bularning barchasidan yagona kutilmagan xulosaga kelish mumkin.

Bugungi umumlashtirilgan G‘arb va Rossiya orasida aslida chuqur mafkuraviy jarlik mavjud. Shu ma’nodaki, umumlashtirilgan G‘arb bugun ilg‘or mafkuraga to‘la, Rossiya — esa yo‘q.

Shu bois, g‘arb tashviqoti geylarni siquvga olayotgan korrupsiyalashgan la’nati rossiya imperialistlariga nisbatan ommaviy birlashgan. Rossiyani esa g‘arb geylarining korrupsiyalashuvi darajasi shunchaki qiziqtirmaydi. Rossiya uni tinch qo‘yishlarini xohlaydi.

Yangiliklar lentasi
0