13:51 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
1160 0 0

Siyosatchilar va ekspertlar fikricha, amerikaliklar ushbu bitimdan chiqishdan ancha oldin shartnoma bilan taʼqiqlangan raketalar ustida ishlashga kirishgan.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik, Nikolay Protopopov. Bu hali mintaqalararo raketa emas, lekin taktik emasligi ham aniq — shu kunlarda Kaliforniyadagi Vandenberg aviabazasidan noyadroviy ballistik raketaning yangi tajribadan oʻtgan namunasi start oldi. Yer ustida joylashgan mobil qurilma yordamida ishga tushirilgan raketa besh yuz kilometrdan ortiq masofani uchib oʻtib, Tinch okeaniga quladi. Aviabaza xodimi RIA Novostiga, bu bir necha oylar oldin taʼqiqda boʻlgan, oʻrta masofaga uchuvchi qurol ekanligini ochiq aytdi.

Beoʻxshov tomosha

Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma AQSH tashabbusi bilan 2 avgust kuni amal qilishdan toʻxtadi. Qoʻshma Shtatlar Rossiyani bitim shartlarini buzganlikda ayblagan edi. Ammo Vashington shartnomadagi oʻz ishtirokini yanada oldinroq toʻxtatgan: 2019-yilning mart oyida. Oʻshanda amerikaliklar yer ustida joylashadigan yangi raketa loyihasi ustida zudlik bilan ish boshlash kerakligini eʼlon qilib, tizim bir necha yildan soʻng tayyor boʻlishini qoʻshimcha qilgandilar.

Lekin ilk uchuvchi namuna toʻqqiz oydan ham qisqa vaqtda paydo boʻldi. Bu kamida hayratga sazovor. Amerikalik konstruktorlar, albatta, ishga zoʻr berib kirishgan va ishlanma yaratilishi muddatini tezlashtirgan taqdirda ham shu narsa ayonki, bu muddat ichida yangi turdagi qurolning tajriba namunasini yigʻish va uni sinovdan oʻtkazishning iloji yoʻq. Hatto, Pentagonning deyarli cheklanmagan moliyaviy imkoniyatlarini, uning Rossiyadan oʻzib ketish singari ulkan istagini inobatga olsak ham, bu mumkin emas.

Siyosatchilar va ekspertlar fikricha, amerikaliklar ushbu bitimdan chiqishdan ancha oldin shartnoma bilan taʼqiqlangan raketalar ustida ishlashga kirishgan. Buni rossiyalik ekspertlargina aytayotgan emas. Sinovlardan koʻp oʻtmay Xitoy TIV Pentagon rahbari Mark Esper tushuntirishlarini "beoʻxshov tomosha", deya atagandi.

"2 avgust kunidan, yaʼni AQSH RSMD shartnomasidan chiqishi haqida eʼlon qilgan sanadan to bugunga qadar Pentagon yer ustida joylashgan ikkita raketani sinovdan oʻtkazdi. Esper AQSH ushbu startlarga fevral oyidan buyon tayyorgarlik koʻrayotganini faxr bilan qoʻshimcha qildi. Eʼtibor berishingizni soʻrayman: AQSH DRSMdan chiqishi haqida 2 avgust kuni rasman eʼlon qilgan, tayyorgarlik koʻrish ishlari esa - fevraldan boshlangan. Bu bizning oldingi taxminlarimizni yana bir marta tasdiqlamoqda, AQSH DRSMdan chiqishni oldindan maqsad qilgan", - deb taʼkidladi XXR TIV vakili.

Oʻrta masofa

Haqiqatan ham, avgustda Pentagon qanotli raketani sinovdan oʻtkazgan boʻlib, u besh yuz kilometrdan ortiq masofada joylashgan marrani zabt etgandi, bu esa DRSMD kelishuviga tamomila ziddir. Rossiya TIV rasmiylari ushbu raketalar uchirilgach AQSH shartnomani uzishga ancha oldindan va ongli ravishda tayyorgarlik koʻrib kelgan, deya aytishdi.

"Bunday vaqt ichida bu singari tadbirlarni amalga oshirishning deyarli imkoni yoʻq, agar ularga oldindan tayyorgarlik koʻrilmagan boʻlsa, albatta. Shunday ekan, AQSH DRSMDdan chiqishga nafaqat siyosiy va targʻibot jihatidan, balki moddiy harbiy-texnik tayyorgarlik ham koʻrganligi guvohi boʻldik. Vashington bu ishga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik koʻrgan", - deb bayonot qildi TIV.

AQShning RSMD shartnomasidan chiqish rejasini AQSH armiyasi qoʻmondonligi tomonidan tashkillashtirilgan va 2018 yilda oʻtkazilgan yangi raketa qurilmalari taqdimoti ham bilvosita tasdiqlardi. Pentagon u yerda tezkor-taktik vazifasini oʻtovchi Strategic Fires Missile deb nom olgan istiqbolli boshqariladigan raketani taqdim etgandi. Uning parvoz masofasi 500dan 2250 gacha kilometrni tashkil etardi — yaʼni bu oʻrta masofaga uchuvchi raketa edi. Aytgancha, oʻsha ishlanmaning surati hozir sinovdan oʻtkazilgan raketa fotosuratlariga juda oʻxshash.

Ixtisoslashgan blog sanalmish BMPD ekspertlari maʼlumotlariga koʻra, bu loyiha bilan amerikaning Northrop Grumman Innovation Systems kompaniyasi — sobiq Orbit ATK korporatsiyasi shugʻullanib keladi, u 2018 yilda Northrop Grumman tarkibiga kirgan. Taxminlarga koʻra, raketa asosi sifatida qattiq yoqilgʻi bilan ishlaydigan Castor-4V tezlatish pogʻonasi xizmat qilgan. Undan koʻpincha amerikaning ballistik raketa-nishonlarida foydalaniladi.

Rossiyada bu raketa-nishonlarga RSMD shartnomasiga zid boʻlgan oʻrta masofaga uchuvchi raketa prototiplari sifatida qaraladi.

"Iskander" analogi

Bundan tashqari, amerikaliklar DRSMD tomonidan allaqachon qisqa masofaga uchuvchi raketa, deya tasniflanadigan qurolni yaratishmoqda. 2018 yilgi oʻsha taqdimotda Pentagon Precision Strike Missile (PrSM) tezkor-taktik raketani taqdim etdi. Uning parvoz masofasi 70 kilometrdan 499 kilometrgachani tashkil qilardi. Shu bilan birga aslida raketa yetti yuz kilometr masofadagi marrani ham zabt eta oladi.

Bu raketa bilan Lockheed Martin kompaniyasi 2017-yildan buyon shugʻullanib keladi. Gap aniqlilik darajasi oʻta yuqori boʻlgan yangi avlod quroli haqida bormoqda, u AQSH armiyasida 1990 yildan buyon foydalanib kelinayotgan MGM-140 ATACMS taktik raketasi majmuasini oʻrnini bosadi.

PrSM ham sinovdan oʻtkazildi. Raketa zalp bilan oʻt ochish reaktiv tizimi boʻlgan M142 HIMARS yordamida amalga oshirildi. Raketa 240 kilometr uchib oʻtib, marrani aniq nishonga oldi.

Qisqa masofaga uchuvchi istiqbolli raketa yana bir amerika kompaniyasi - Raytheon tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Sinovlar 2020-yilga moʻljallangan. Pentagonda hozir tanlov ustida bosh qotirishmoqda, lekin shunisi ayonki, amerika armiyasi yangi qurolga 2023 yilgacha ega boʻladi.

PrSM ni Rossiyaning "Iskander-M" raketa-majmuasi muqobili, deb aytish mumkin. Aynan shu raketa xususiyatlari AQShning RSMD shartnomasidan chiqishiga bahona boʻlgan edi. Vashington Moskvani ushbu majmua uchun yaratilgan - 9M728 qanotli raketaning modifikatsiyalashgan versiyasi DRSMD talablarini buzishida ayblagandi: amerikaliklar fikricha goʻyoki raketaning uchish masofasi ruxsat berilgan 500 kilometrdan oshib tushadi.

Moskvada bu ayblovlarni rad etishdi, Mudofaa vazirligi esa hatto raketaning ayrim xususiyatlarini ochiqlashga majbur boʻldi. Xususan, Raketalar va artilleriyalar qoʻshini qoʻmondoni Mixail Matveyevskiy qanotli raketaning modernizatsiyasi uning jangovar qismi kuchini hamda aniqlilik xususiyatlarini oshirishga qaratilganini maʼlum qildi. 9M728 va 9M729 raketalari aksariyat asosiy agregatlar boʻyicha bir xil shaklga keltirilgan edi. 9M729 raketasi uchish masofasi esa uning massasi oshishi hisobiga 480 kilometrgacha kamaytirilgandi.

Rossiya misli koʻrilmagan qadamni tashladi va AQShga 9M729 raketasi DRSMD talablariga mosligiga ishonch hosil qilish uchun yopiq tartibda u bilan jonli ravishda tanishib chiqishni taklif etdi. Amerikaliklar bosh tortishdi.

Asosiy mavzular