Nima uchun o‘zbek armiyasi Rossiyaning “Tayfun” zirhli avtomobillarini tanladi

© © Foto : press-slujba "Remdizelya"Broneavtomobil K 53949 "Tayfun". Arxivnoe foto
Broneavtomobil K 53949 Tayfun. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash epimarkazi “shamol ta’sirida suzmoqda”, mintaqada O‘zbekiston eng kuchli harbiy salohiyatga ega.

Murakkab geosiyosiy vaziyat xavfsizlikni mustahkamlash sohasida yangi harakatlarni talab qilmoqda. Moskva Toshkentga milliy kuch tuzilmalarini zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlashda yordam bermoqda.

Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
“Tayfun” zirhli avtomobil O‘zbekiston armiyasiga qanday afzallikni beradi

Amerika texnikasini uzoq vaqt davomida va puxta solishtirishdan so‘ng, O‘zbekiston Rossiyaning "Tayfun" zirhli avtomashinalarini qurollanish tarkibiga qabul qildi.

Moskva va Toshkent oktabrda K53949 "Tayfun" zirhli mashinalarni katta partiyasini yetkazib berish to‘g‘risida  shartnoma imzoladi.

Yangi qurollarning birinchi partiyasini O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Janubi-G‘arbiy Maxsus harbiy okrugi bo‘linmalari qabul qildi.

Bundan avval o‘zbek harbiylari AQShda ishlab chiqarilgan 300 dan ortiq zirhli texnikasini ekspluatatsiya qilgandi.

Amerikaliklar ushbu ishlatilgan texnikani Excess Defense Articles armiya ortiqcha mol-mulkini yo‘qotish dasturi doirasida (Toshkent yetkazib berish xarajatlarini to‘lagan) o‘zbek harbiy xizmatchilariga sovg‘a qilishdi.

Amerikalik mashinalar armiyada o‘zini yaxshi namoyon qildi (foydalanish davom etmoqda) va shunga qaramay, Rossiya yangi texnikasi ko‘p jihatdan ustunlikni namoyish etdilar.

Oshkosh, Navistar International, Spartan Motors va BAE Systems firma-ishlab chiqaruvchilari "Remdizel" (Naberejnie Chelni shahri) firmasiga imkoniyatni boy berdi.

"Tayfun"ni sotib olishning uchun asosiy sabablar - tog‘larda yuqori transport harakatchanlik, ta’mirlash mumkinligi va ehtiyot qismlari yetarli darajada bo‘lganligi.

Terminator oilasi

"Tayfun" loyihasi o‘nlab tadqiqot loyihalari va armiyaning XXI-asrning zirhli mashinasiga bo‘lgan asosiy talablarini (tezlik, kuch, ekipaj va jihozlarni o‘qlardan, mina va snarad parchalaridan ishonchli himoya qilish) o‘zida mujassam etgan.

Zirhli mashina og‘irligi 8 kilogrammgacha trotil ekvivalentidagi (past va g‘ildirak ostida) portlashga bardosh bera oladi.

Broneavtomobil KamAZ Tayfun - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Tayfun” zirhli avtomobillari yirik partiyasini sotib oldi

Konstruksiyasida keramik elementlar bilan birlashtirilgan zirh ishlatilgan, kabinaning old tomoni 30 mm snaradga bardosh beradi. Mashinaning pastki qismi V shakliga ega - mina zarba to‘lqinini yon tomonlarga tarqatish uchun.

Konstruksiyada yuqori texnologiyali uskuna va qurollar bilan jihozlangan (bortli axborot tizimi, inqilobiy namunadagi dvigatel, avtomatik uzatish, gidropnevmatik alohida podvestka).

"Tayfun" juda yaxshi jangovar va ekspluatatsiya xususiyatlarga ega, yuqori tezlikda (soatiga 80 km gacha), hatto o‘tish mumkin bo‘lmagan yo‘llarda ham harakatlanishi mumkin. Burchagi 23º gacha va chuqurligi 1,75 metrgacha bo‘lgan qiyaliklar to‘sqinlik qilmaydi (haydovchi beligacha suvda bo‘lsa ham,  dvigatel to‘xtamaydi). Rossiyada "Tayfun" minalardan himoyalangan transport vositalarining bir nechta modifikatsiyalari ishlab chiqariladi: uch qobiqli K-63968, ramkali ikki qobiqli K-53949 (O‘zbekiston buyurtma qilgan) va K-4368 modeli.

Masalan, "Tayfun-K" – KamAZa shassidagi zirhli avtomobil hisoblanadi, u jang maydoniga 16 nafargacha harbiy xizmatchini olib borishi mumkin.

"Tayfun-U" (Ural avtozavodida ishlab chiqariladi) mashinasidan razvedka, shtab-qo‘mondonlik mashinasi (aloqa va radioelektron jang) yoki muhandislik, radiotsion, kimyo va biologik razvedka olib borish ishlarida foydalanish mumkin.

Ko‘pgina o‘rindiqlar mashina shiftiga yoki minalarga qarshi tayanchlarga mahkamlangan (portlash vaqtida shikastlanishni kamaytirish uchun).

Texnologiyalar kurashi

AQShdan O‘zbekistonga umumiy hisobda Oshkosh ishlab chiqargan 159 ta M-ATV, MAXXPRO PLUS Navistar International 50 ta, Spartan Motors kompaniyasidan 50 ta COUGAR hamda BAE Systems dan 50 ta RG33L taqdim etilgan. Sovg‘a mutlaqo o‘z foydasini ko‘zlamagan deb bo‘lmaydi.

Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolotlarni yetkazib berishni boshladi

Shunday qilib, Pentagon eski texnikadan qutuladi (utilizatsiyada iqtisod qiladi) va sheriklarning AQSh harbiy-sanoat kompleksiga qaramligini keltirib chiqaradi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berish diversifikatsiyasini qaytarishga harakat qildi.

“O‘zbekiston AQShga sotib olishga qiziqish bildirgan asbob-uskunalar va tizimlarning ro‘yxatini taqdim etdi. Ushbu qiziqish O‘zbekistonni Rossiya qurollarini sotib olishdan himoya qilish va munosabatlarimizni mustahkamlash uchun noyob imkoniyatdir”, - deyilgan Senatning Markaziy qo‘mondonligi AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi bayonotida.

Bu bayonotdan 7 oy o‘tgach, O‘zbekiston “Tayfun” zirhli texnikasini qabul qildi, deb yozadi Voyennoe.rf nashri. Rossiya mudofaa texnologiyasining ustunligi AQSh rejalarini oxirigacha ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi.

Bundan tashqari, 2019-yilda Toshkent Rossiyaning BTR-82A va “Tigr” zirhli texnikani (Mi-35M 12 dona vertolot va radioaloqa stansiyalarni hisoblamaganda) sotib oldi.

Moskva global qurol bozoriga yetkazib berish xajmlarini ko‘paytirmoqda - so‘nggi yillarda eksport 15 milliard dollarga yaqinlashdi va buyurtma portfelining umumiy hajmi 54 milliard dollarga yetdi.

Mijoz hududida Rossiya tomonidan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish konsepsiyasi muvaffaqiyatga hissa qo‘shmoqda. Ehtimol, tez orada O‘zbekistonda “Tayfon”larni ishlab chiqarish sanoati paydo bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0