08:46 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
260120

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Mudofaa vaziri Amir Xotamiy Eron Islomiy inqilobiy qoʻriqchilar korpusining “Quds” maxsus kuchlari qismi boshligʻi, general Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishidan keyin qasos olish va "ogʻir zarbalarni" vaʼda qildi.

AQSH Davlat departamenti kuchayib borayotgan keskinlik tufayli Amerika fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Ushbu voqea munosabati bilan Isroil Mudofaa vaziri maxsus xizmatlar va armiya rahbarlari bilan favqulodda yigʻilish oʻtkazdi, Brent markali neft narxlari esa koʻtarilib ketdi, deb yozadi RIA Novosti.

Mutaxassislar Eron-Amerika munosabatlarida keskinliklik yana bir avj olishini qayd etishmoqda, ammo ular bu voqea ikki mamlakat oʻrtasida urushga sabab boʻlmaydi degan fikrga moyil.

Eronlik generalni oʻldirgan raketa hujumini tasdiqlovchi Pentagon bayonotida aynan bu hujumga sabab ishora qilingan: "Sulaymoniy bu hafta Bagʻdoddagi AQSH elchixonasiga qilingan hujumni maʼqulladi. "

Yil boshi AQShning Bagʻdoddagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi va uning asosiy darvozasiga bostirib kirishga urinish bilan boshlandi. Namoyishchilar Iroq shia koʻngillilar qoʻmondonining murojaatidan keyin chekinishdi. Aytgancha, koʻngillilar boshligʻining oʻrinbosari ham Sulaymoniy bilan birga oʻldirildi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyi boshida Iroqda Erondan norozilik mavzusi bilan namoyishlar boʻlib oʻtdi. Shu qatorda, Eronning Kerbela shahridagi Eronning konsulligiga oʻt qoʻyishga urinishgan.

Ushbu voqealarni bir-biriga bogʻlamaslikka urinish juda qiyin.

Soʻnggi yillarda Iroq Eron-AQSH qarama-qarshiligidagi asosiy "jang maydoni"ga aylandi. Tehron Saddam Xusaynning siyosiy tizimi vayron boʻlganidan keyin, suvereniteti zaiflashgan Bogʻdodga nisbatan taʼsirni Vashingtondan faol va muvaffaqiyatli tortib olmoqda. Agar biz Pentagonning AQSH elchixonasidagi voqealarga Eronparast kuchlarni jalb qilinganlikda ayblash fikrida oz boʻlsa ham haqli deb hisoblasak, bu simmetrik javobga oʻxshaydi: amerikaliklar Eronga qarshi nutqlarni va Kerbeladagi konsullikka hujumni ilhomlantirdilar - eronliklar bu vositaga boshqalardan kamroqmas ega ekanliklarini koʻrsatdilar.

Biroq, Sulaymoniyning oʻldirilishi Vashington tomonidan siyosiy dovlarni keskin ravishda oshirdi va Amerikaning mintaqadagi (va umuman olganda sayyorada) hukmronligini shartsiz taʼkidlanishiga urinish sifatida baholanmoqda. Darhaqiqat, Eron rasmiylarining ritorikasining qatʼiyligiga qaramay, Tehron bunday chaqiriqqa simmetrik tarzda javob qaytarishini tasavvur qilish qiyin.

Soʻnggi yillarda amerikaliklarning chet elliklarga nisbatan xatti-harakatlarining eksterritoriallik tamoyillari boʻyicha sezilarli darajada faollashishi kuzatildi. Har doim ham bu jismoniy yoʻq qilish masalasi emas. Masalan, Rossiya uchun oʻzining fuqarolarining hibsga olinishi va ularning AQShga uchinchi davlatlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi maqsadida ekstraditsiya qilinishi eng muhimdir. Ayniqsa, koʻpincha ushbu rolda rossiyalik dasturchilar ishtirok etmoqda.

Amerikaliklar tomonidan terrorchilarga qarshi qudratli harakatlar ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda: oktyabr oyida maxsus operatsiya natijasida ular ISHID rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyni yoʻq qilishdi.

Ammo Qosim Sulaymoniy terrorchi emas edi. U yuqori martabali davlat arbobi va BMTga aʼzo boʻlgan davlatning qonuniy hukumatining vakili boʻlgan. Ushbu suiqasd bilan amerikaliklar xalqaro siyosatning qizil chiziqlaridan birini kesib oʻtishdi. Rossiya TIV taʼkidlaganidek, "dunyo yangi voqelikka duch kelmoqda".

Ammo Qoʻshma Shtatlar qotillikdan istalgan samarani olishiga juda jiddiy shubha mavjud.

Gap shundaki, oldingi tarixiy davrda aniq bir shaxslarni taʼqib qilish amerikaliklar uchun ikkinchi darajali xususiyatga ega boʻlgan, eng asosiysi - dunyoni oʻzlari xohlaganicha boshqarish edi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari istagan joylariga bostirib kirishar edi, butun boshli mamlakatlarni bombardimon va vayron qilardi, ular uchun noqulay siyosiy tizimlarni va nomaqbul hukmdorlarni yoʻq qilar edi. Bunday sharoitda alohida shaxslarning taʼqib qilinishi, xususan ular giyohvandlik kartellari boshliqlari, terrorchilar yoki siyosiy muxoliflar boʻlishsin, Vashingtonning total qodirligini aks ettirgan.

Ammo, endi vaziyat tubdan oʻzgardi. Geosiyosiy jihatdan AQSH koʻz oʻngida zaiflashmoqda. Ular oʻzlarining oldingi harbiy sarguzashtlarida (Afgʻoniston, Iroq) umidsizlikka duch kelishdi va hatto ochiqdan-ochiq tahdidga duch kelganda ham (KXDR kabi) yangilariga kirishga jurʼat qilishmayabdilar. Amerikaliklar Yaqin Sharqdagi siyosiy pozitsiyalarini muttasil yoʻqotmoqda. Ular Rossiya, Turkiya va Eronning ortida qolib ketmoqdalar. Vashington Suriyadagi Moskvaga va yoki Iroqdagi Tehronga qarshi toʻlaqonli chaqiruv tashlashga qodir emas.

AQShning oʻz paytida ulkan harbiy salohiyati endi faqatgina nomaqbul shaxsni yoʻq qilish uchun maqsadli maxsus operatsiya oʻtkazish imkoniyatigacha pasaydi.

Ammo Sulaymoniyni oʻldirilishi Yaqin Sharqda keskin oʻzgarishlarga olib keladimi? Albatta yoʻq, bunday hol amerikaliklar uchun salbiy natijalarga, xususan, deyarli barcha poytaxtlarda, shu jumladan Tehron va Bagʻdodda ularning muxoliflarini  kuchayishiga olib keladi.

Donald Tramp uchun Eron generalini yoʻq qilish boʻyicha harakat, Amerika ichidagi targʻibot uchun yaxshi imkoniyat yaratadi, bu yaqinlashib kelayotgan saylovlar fonida juda muhimdir.

Ammo butun dunyo uchun bu Vashingtonning haqiqiy kuchini yoʻqotishi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qoʻllash zarurligidan dalolat beradi, chunki superdavlat maqomidan voz kechishni istamaydigan amerikaliklardan dunyoda qabul qilingan siyosiy oʻyin qoidalariga rioya qilishlarini kutish uchun hech qanday sabab yoʻq.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular