Eron-Amerika urushi juda yaqinimizda - Xitoy OAVlari

Obuna bo‘lish
Global Times nashrining bosh muharriri Xu Siszin Donald Trampning hatti-harakatlari va bayonotlaridan keyin urush qanchalik oson boshlanishi haqida yozdi.

Ivan Danilov. Yaqin Sharqdagi vaziyatning avj olishi jiddiy tashvishlarni keltirib chiqarmoqda. Xitoy media jamoatchiligining nufuzli vakili, davlatga tegishli Global Times nashrining bosh muharriri Xu Siszin Donald Trampning hatti-harakatlari va bayonotlaridan keyin urush qanchalik oson boshlanishi haqida yozdi.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iroq AQSh harbiylarini mamlakatdan olib chiqish mexanizmini tayyorlashga kirishdi

"Ehtimol, urush bizdan unchalik uzoq emas. Endi (Eron bu ishni qiladimi yo‘qmi buni ahamiyati yo‘q) Eron yoki Eronning nomidan qilishga urinayotganlar har qanday Amerika nishonini mag‘lub etishga erishsalar, Qo‘shma Shtatlardan yanada shiddatli hujumni kutishi mumkin. Shuning uchun AQSh yoki Erondan nafratlanayotgan kuchlar vasvasaga tushishi mumkin."

Ikkala tomon ham stavkalarni pasaytirishga va chekinishga imkon bermaydigan klassik vaziyatga duch kelmoqdamiz: Eron siyosiy rahbariyati o‘z uyida "yuzini yo‘qotib" turolmaydi, Donald Tramp esa o‘zining asosiy tarafdorlarini ko‘ngli qolishiga va o‘zining “macho” qiyofasini qurbon qilishga qurbi yetmaydi, bu uning uchun mutlaqo nomaqbul xato bo‘ladi. Rasmiy Tehron milliy qahramonning o‘ldirilishi uchun qasos olishni va’da qildi, Tramp esa Eronga qattiq zarba berishga va’da qildi va Eron uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan "madaniy obyektlar"ga ham zarba berilishini ta’kidladi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Kongress Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklamoqchi

"Agar Eron amerikaliklarga yoki Amerikaning mulklariga zarba bersa, biz allaqachon 52 ta Eron nishonini oldik (bu son ko‘p yillar oldin Eron tomonidan asrga olingan 52 amerikalikni anglatadi), ularning ba’zilari Eron va Eron madaniyati uchun juda yuqori darajali va muhimdir. Va bu nishonlarga juda tez va juda qattiq zarba beriladi. AQSh boshqa tahdidlarni xohlamaydi! "

Amerikalik diplomatik ritorikaning ushbu durdonasi bilan tanishib chiqqan har qanday eronlik, shialarning masjid-ziyoratgohlari vayron qilinishini darhol anglaydi. Eron jamoatchilik fikrini radikallashtirishning bundan boshqa yahshi usuli yo‘q. Ushbu vaziyatni bizga yaqinroq bo‘lgan haqiqatga "tarjima qilish" va, aytaylik, fransuz jamiyati Notr Damni portillatish haqidagi va’dasiga qanday munosabatda bo‘lishini tasavvur qilish kifoya.

General-mayor Sulaymoniyni o‘ldirish to‘g‘risidagi qaror, ehtimol, AQShda taxmin qilingan har qanday yangi razvedka yoki texnologik imkoniyatlarning paydo bo‘lganining belgisi emasligi muhimdir. Obama va Bushning prezident ma’muriyatlarida Yaqin Sharq muammolari bilan shug‘ullanuvchi The New York Times manbalari Sulaymoniyni o‘ldirish varianti har doim ham AQShda juda katta muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida bir ovozdan ta’kidlamoqdalar, ammo ehtimoliy oqibatlar tufayli bunday qarorlardan voz kechishgan.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

"Ikkala prezident ma’muriyati Eronning eng qudratli generaliga suiqasd faqat kengroq urush xavfini keltirib chiqaradi, shuningdek Yevropa va Yaqin Sharqdagi Amerika ittifoqchilarini begonalashtirish va oxirgi yigirma yil ichida ko‘plab hayotlar va mablag‘lar evaziga qurilgan AQShning mintaqadagi obro‘yini yo‘q bo‘lishiga olib keladi degan xulosaga kelishgan", - deb yozadi Amerika OAVning flagmani.

Buning oqibatlari bo‘lishi shubhasizdir va asosiy savol ularni amalga oshirilishi va tezligi. Masalan, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq ijrochi direktori Maykl Morell Amerikaning CBS telekanaliga "birinchi navbatda, buning oqibatida (Sulaymoniyni o‘ldirilishi) ko‘plab amerikalik harbiylar va oddiy fuqarolar qurbon bo‘ladi" degan edi, ammo uning bashoratlari ko‘proq siyosiy tusga ega. Ammo, Amerikaning yuqori darajadagi ayg‘oqchisinining fikriga qo‘shilmaslikka iloj yo‘q. Trampning hatti-harakatlari “bu gibrid, lekin hali harbiy bo‘lmagan ssenariyda yuqori darajali amaldorlar nishon bo‘lib qolgani” holatini keltirib chiqardi, deb ta’kidlaydi Morell.

Ehtimol, amaldagi Vashington ma’muriyati o‘z harakatlarining oqibatlarini to‘liq anglamayapti. Bu nafaqat prezidentni har doim qoralaydigan amerikalik aksilTrampistlarning fikri - shunchaki uning saylovlar reytingini tushirish maqsadida. Nosim Tolib, taniqli kelib chiqishi livanlik moliyachi va xalqaro bestsellerlar muallifi, Sulaymoniyni yo‘q qilish to‘g‘risida quyidagicha yozgan: "Shialik (Eronda hukmronlik qiladigan din) nasroniylik singari shahidlikka asoslangan. Vashingtonda kimlardir buni anglashmayaptilar".

Uchastniki antiamerikanskoy demonstratsii v Tegerane, Iran - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishi yuzasidan BMTga murojaat qildi

Bu holda, Tolibning fikri moliyachining fikri emas, balki Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha tajribali mutaxassisning fikri: u yaqinda Livandagi hukumatga qarshi noroziliklarning asosiy ishtirokchilaridan biri va ommaviy axborot vositalarida asosiy shaxslardan biriga aylandi, va bu noroziliklar natijasida hokimiyat tepasiga Eronga moyil siyosatchilar qo‘llagan texnokrat keldi va bu ko‘plab G‘arb mamlakatlari va Amerika ommaviy axborot vositalari g‘azabini keltirdi.

Agar Amerika siyosiy elitasining muhim qismi o‘zining radikal harakatlarining diniy va etnik bog‘liqligini tushunmagan bo‘lganida ham bu uncha yomon holat bo‘lmagan bo‘lar edi. Muammo shundaki, Respublikachilar partiyasining ba’zi nufuzli amaldorlarining bayonotlariga ko‘ra, ular Eronning eng nufuzli xavfsizlik xizmatchisini o‘ldirishi ular hamma narsaga qodir va buning uchun ularga hech narsa bo‘lmaydi degan g‘oyani mahkam ushlab olganini tasdig‘idir. Ushbu haqiqat g‘oyasiga va tasavvuriga muvofiq, ular Tehron va Trampning o‘ziga tobora ko‘proq talablar qo‘yishmoqda. Masalan, Rossiyaga qarshi jahannamiy sansiyalarning taniqli tarafdori, respublikachilar rahbari Lindsi Grem Eronning neft infratuzilmasini bombardimon qilishga chaqirgan: "Eron hukumatiga (murojaat qilaman): ko‘proq istasangiz, ko‘proq olasiz ...". Agar Eron bizni va Amerika ittifoqdoshlariga hujum qilishni davom ettirsa, ular eng yuqori narxni, shu jumladan neftni qayta ishlash zavodlarini yo‘q qilinishi bilan haq to‘lashlari kerak bo‘ladi. "

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eronlik generalning o‘ldirilishi AQShning zaifligini ko‘rsatmoqda

Ajablanarlisi shundaki, Amerika ijtimoiy tarmog‘iga ta’sir o‘tkazuvchilarning so‘zlariga qarasangiz, Eronning neftni qayta ishlash zavodlarini yo‘q qilish bilan tahdid qilgan Grem mo‘’tadil qarashlarning tarafdori bo‘lib chiqdi. Jek Burkman, professional lobbist va podkastlar boshlovchisi esa, ochiqchasiga aytdi: "Keling, Drezden bilan qilgan ishimizni Tehronga nisbatan qo‘llaylik - biz uni yoqib kul qilaylik. Tehrondan faqatga xotiralarni qoldiraylik!"

Ishonch bilan taxmin qilishimiz mumkinki, amerikalik hamkasblarimizning Moskvada yoki Pekinda "yana bir Drezden"ni tashkil qilishni orzu qila olmasligining yagona sababi bu Rossiya va Xitoyning yadro quroliga ega ekanligidir. Va bu xabardorlik Amerikaning Yaqin Sharqni tark etishining asosiy oqibati bo‘ladi - ehtimol ko‘pchilik mamlakatlarning ko‘plab siyosatchilari (sanksiyalar xavfiga qaramay) Rossiyaning havo mudofaasi tizimlarini sotib olish juda yaxshi fikr, yadro qo‘roliga egalik esa o‘zini sevguchi vashingtonlik tajovuzkorlardan o‘z milliy suverenitetini himoya qilishning minimal darajadagi kafolatini ekanligini tushunib yetishdi.

Yangiliklar lentasi
0