21:14 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Analitika
Havola olish
71420

Rossiya va Turkiya rahbarlari Serbiya prezidenti va Bolgariya bosh vaziri ishtirokida "Turk oqimi" gaz quvurini rasman ishga tushirishdi.

Irina Alksnis

Kunning boshqa hodisalari (Tehronning Iroqdagi Amerika harbiy bazasiga raketa hujumi va Erondagi Ukraina layneri halokati), shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli xalqaro bezovtalikni hisobga olgan holda, ushbu voqea axborot kun tartibida yoʻqolib ketishi ham mumkin edi. Ammo buning oʻrniga gaz quvurining ochilish marosimi nafaqat Rossiyaning nafaqat mintaqada, balki butun jahondagi yangi oʻrni va roli ramzi boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Yaqinda, bir necha oy oldin, Turk oqimining boshlanishiga bagʻishlangan tahliliy leytmotiv aniq va sodda boʻlar edi: Rossiya yana uddaladi! Raqiblar tomonidan tashkillashtirilgan barcha qiyinchiliklar va toʻsiqlarga qaramay, mamlakatimiz oldinga qoʻygan va amalga oshirib boʻlmaydiganga oʻxshagan ishlarni uddaladi.

Faqat hozirgi voqealar fonida mutlaqo toʻgʻri fikr sezilarli darajada oʻz ahamiyatini yoʻqotdi va yana bir gʻoya paydo boʻldi: Rossiya qoʻzgʻolonlar dunyosida tartib, barqarorlik va xavfsizlikning tayanchi sifatida namoyon boʻlmoqda.

Bir necha yillar davomida Rossiya kollektiv Gʻarb tomonidan dunyo tuzumini izchil va ataylab buzgan; murtad sifatida, narsalarning belgilangan tartibiga qarshi davlat sifatida qabul qilingan.

Bu ayblovdarda ikkita tuzoq nazarda tutilgan. Bir tomondan, hozirgi tizim eng yaxshi imkoniyat ekanligi taʼkidlandi, chunki uni demokratiyani, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oʻzida mujassam etgan yorqin Gʻarb dunyosi boshqaradi. Boshqa tomondan, hatto tizimning nomukammalligi va kamchiliklari Moskva tomonidan ilgari surilgan betartiblikdan ham yaxshiroq ekanligi nazarda tutildi va bu iddao koʻpchilik uchun eng taʼsirliroq edi.

2010-yil oʻrtalariga kelib, sayyoraning katta qismi Gʻarb tomonidan qurilgan dunyo tartibiga nisbatan hafsalasini yoʻqotdi. Oʻsha paytdagi inqiroz va tanazzul jarayonlari hammaga ayon boʻldi va tegishli davlatlar rasmiylarining sodir boʻlayotgan voqealarga munosabati, masalan, 2015 yildagi Yevropadagi migratsiya inqirozi kabi favqulodda teshiklarni yamash xarakteriga ega edi. Ammo, umuman olganda, "oz boʻlsa ham tartibning borligi, uning umuman yoʻqligidan koʻra yahshiroq " degan yondashuv adolatli, shuning uchun Rossiyaning xatti-harakatlari juda koʻp kuchlar, shu jumladan, dunyo isteblishmentiga koʻp ham hayrihohlik bildirmaydigan kuchlar oʻrtasida salbiy munosabatni keltirib chiqardi.

Ammo Rossiya har on qulashi ehtimoli bor tizimni larzaga solayotgani aslida yangi tizimni shakllanayotgani edi.

Xalqaro maydonda deyarli barcha yoʻnalishlarda keskinlik kuchaymoqda, hatto eng yaqin sheriklar oʻrtasida ham ziddiyatlar kuchaymoqda. Yaqin Sharq uzoq vaqt davomida muqaddam koʻrmagan ziddiyatlar avj olishini boshdan kechirmoqda va mintaqaning deyarli barcha mamlakatlari umumiy portlash tuguniga bogʻlangan. Iroqdan – imkon qadar tezroq - Germaniya, Slovakiya, Xorvatiya oʻz harbiy kuchlarini chiqarib ketishyapti. Roʻyxat kengayishi ehtimoli bor. Kemalarning Ormuz koʻrfazi orqali tranziti toʻxtatildi. Koʻplab aviakompaniyalar, shu jumladan Aeroflot, Eron orqali parvozlarni vaqtincha toʻxtatib qoʻydilar. Barcha soha mutaxassislari Uchinchi Jahon urushi boshlanishi haqida xavotirda. Bozorlar pasaymoqda, neft va oltin narxi oshmoqda.

Mana shu fonda Vladimir Putin bir necha oy oldin rejalashtirilganidek "Turk oqimi" ni ochish uchun Istambulga uchib keldi. Jahon qaynab turgan bir vaziyatda, Rossiya hech qanday tashqi boʻronlar ham silkita olmaydigan reja asosida ishlash namunasini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, uning taʼsiri shunchalik kattaki, yonidagi, boshqa holatlarda qattiq bayonot va qadamlarga moyil kuchlar yanada tinch va muvozanatli pozitsiyani egallamoыda. Gap xususan, vaqti-vaqti bilan Moskva bilan kelishmovchilik (soʻnggi izohlar Liviya bilan bogʻliq) tufayli tez-tez qattiq norozilik bildiradigan lekin, umuman olganda, mavjud hamkorlik doirasida doimiy ravishda harakat qiluvchi Turkiya hakida ham bormoqda.

Rossiya dunyoni xaosga aylantirmaslik va yangi global tizimni qurish funktsiyalarini bajarishga tayyor boʻlgan va hozirda bajarayotgan yangi yigʻin punktiga aylandi. Bundan tashqari, Moskva hamma uchun sodda va tushunarli qoidalarni taklif qilmoqda: pragmatizm va oʻzaro manfaatli tamoyillar boʻyicha konstruktiv hamkorlik. Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarning namunasi bu yerda yanada urinli, chunki davlatlar tarixiy ravishda "tabiiy geosiyosiy raqiblar" deb hisoblanib, ularning orasidagi ziddiyatlarni yengib oʻtishning iloji yoʻq edi. Biroq, Moskva bunga erishdi.

"Turk oqimi"ning ochilish marosimida Vladimir Putin ikkala davlat "xalqlarimiz va butun Yevropa hamda butun dunyo xalqlari manfaati uchun oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik namunasini koʻrsatdi", degani bejiz emas. Yaqin Sharqda ham, dunyoning qolgan qismida ham Rossiya prezidentining soʻzlari xuddi shunday taklif bilan ularga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat sifatida qabul qilinadigan poytaxtlar yetarli. Va sodir boʻlayotgan bezovta qiluvchi voqealar koʻpchilikni ushbu taklifni qabul qilishga undashi mumkin - axir, soʻnggi yillarda Moskva, hatto eng ogʻir vaziyatlarda ham oʻz soʻzlari uchun javob berishini bir necha bor isbotlab kelmoqda va bunda unga yetadigani hozircha yoʻq.

Turk oqimining ochilishi buning yana bir tasdigʻidir.

Asosiy mavzular