14:24 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
87730

AQSH va Eron oʻrtasida 2020 yil boshida avj olgan harbiy ziddiyat AQSH va NATO yuqori texnologiyali dushmanga qarshi kurashishga tayyor emasligini koʻrsatdi.

Eron generali Kassam Sulaymoniyning 3 yanvarga oʻtar kechasi Iroq hududida oʻldirilishi amerikaliklarning mintaqadagi harbiy-siyosiy taʼsirini kamaytirdi. Eron javobi AQShning Yaqin Sharqdagi bir qator raqiblarini jipslashtirdi va Yevropadagi NATO boʻyicha ittifoqchilarni tushkun kayfiyatga soldi.

Aktsii protesta za demokratizatsiyu vыborov v Gonkonge
© Sputnik / Valeriy Melnikov

Eron tomonidan AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbasini amalga oshirishi bu shunchaki oʻzini himoya qilish yoki aqldan ozish arafasida tajovuzkordan oʻch olish emas edi. Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi (IISK) qoʻshinlari sovuqqon professionalizm va aniq nishonga oluvchi qurollarning samaradorligini namoyish etdilar. Amerika havo mudofaa tizimlari, birinchi navbatda, Patriot zenit raketa majmuasi Eronda ishlab chiqarilgan raketalarga qarshi ojizligi ayon boʻlib qoldi. Fikrimcha, bu Pentagon uchun yoqimsiz yangilik boʻldi, negaki, ular Tehron tomonidan harbiy javob boʻlishini bilgan va kutgan va raketalarning uchirilishini aniqlagan boʻlishsa-da, ammo zarbalarni qaytara olmadilar.

Mojaro tomonlari va ularga moyilligi bor ekspertlar Iroq hududidagi Ayn al-Assad va Erbil Amerika bazalariga IISK raketa zarbalari natijalarini turlicha baholashmoqda. Tehron bir nechta jangovar samolyotlar va 80 ga yaqin AQSH harbiylarini yoʻq qilganini eʼlon qildi. Prezident Donald Tramp oʻz Tvitterida vaziyatni quyidagicha izohladi: "Hammasi yaxshi! .. Bizning qurolli kuchlarimiz dunyoda eng kuchli va juda yaxshi qurollangan". Sunʼiy yoʻldosh yordamida olingan suratlar esa Eron raketalari tomonidan Amerikaning yirik Ayn al-Assad harbiy bazasining sakkizta obʼyekti yoʻq qilinganidan dalolat bermoqda, yaʼni nishon Eron hududidan 300 km masofada joylashganligiga qaramasdan oʻta yuqori aniqlik bilan moʻljalga olingan.

Jangovar foydalanish

Islomiy Inqilobiy Soqchilar Korpusi (IICK) AQShning ikkita harbiy bazasiga 35 ta hujum uyushtirilganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, IICK: "Qoʻshma Shtatlarning barcha ittifoqdoshlari, yaʼni terroristik-davlat bazalari joylashgan mamlakatlar, Eron Islom Respublikasiga qarshi tajovuzkor harakatlar uchun asos boʻladigan barcha hududlar bizning nishonimizga aylanadi", - deya ogohlantirdi.

Eronning Tasnim axborot agentligi bergan xabarga koʻra, Eron harbiy kuchlari zarbalar uchun yangi avlod ballistik raketalari, xususan, Fateh- Fateh-313 hamda boyegolovkasi ajraluvchi va radarlarni chalgʻituvchi toʻlqinlar tarqatuvchi Qiam raketalaridan foydalanishgan.

Iroq armiyasi matbuot xizmati Iroq hududiga 22 ta raketa uchirilganini eʼlon qildi. Shulardan 17 tasi Ayn al-Assad harbiy bazasiga (ikkitasi portlamagan) yoʻnaltirilgan, beshta raketa Erbil hududiga tushgan. Iroq harbiylarining taʼkidlashicha, barcha raketalar koalitsiya kuchlari obʼyektlariga zarba bergan (Iroq qoʻshinlari jabrlanmagan).

Gʻarb ekspertlari va Vashingtondagi rasmiy manbalar esa 15 ta Fateh-1 va Zulfiqar ballistik raketalarni sanab chiqishdi, ulardan oʻntasi Ayn al-Assad bazasidagi nishonlarga yetib bordi, bir donasi esa Erbil bazasida obʼyektni zabt etdi (goʻyoki toʻrtta raketa nishonga yetib bormadi). Ehtimol, haqiqat raqamlarning oʻrtacha hisobida boʻlsa kerak.

Shuni hisobga olish kerak-ki, hatto ajraladigan kalla qismiga ega Qiam-1 raketasi sovetlarning suyuq yonilgʻi bilan ishlaydigan bir bosqichli ballistik R-17 raketasining Eron boshqaruv tizimiga ega, ogʻirligi 750 kg va uchish masofasi 800 km boʻlgan mukammallashtirilgan variantini eslatadi.

Oʻzi boshqariladigan qattiq yoqilgʻida ishlaydigan Zulfiqar operatsion-taktik raketasi - Eron mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va 2016 yilda foydalanishga topshirilgan. Uning jangovar qismi taxminan 500 kg ogʻirlikka ega, nishon masofasi 700 kmgacha. Agar Eron haqiqatdan ham ushbu ballistik raketalarni ishlatgan boʻlsa (Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari uchun u qadar murakkab boʻlmagan nishon), u holda Amerikaning Patriot ZRM tizimlari qayerda edi, nega bazalarga yaqinlashib qolgan Qiam-1 va Zulfiqarlarni toʻxtatib qololmadi? Zaiflik ayon.

Amerikaning NPR nashri sunʼiy yoʻldosh fotosuratlari orqali IICKning jangovar amaliyotlari natijalarini oʻrganib chiqdi va umidsiz xulosalarga keldi: "Jabrlangan baʼzi obʼyektlarda raketalar nishonning eng markazga tushganiga oʻxshaydi ... Eronning raketa zarbasi Iroqdagi Ayn al-Assad aviabazasiga jiddiy zarar yetkazdi." Hayratlanarli aniqlik Eron nafaqat ballistik, balki qanotli raketalardan ham foydalangan degan taxminga olib keladi".

"Qattiq yongʻoq" harakatda

Pentagon strateglari Global Firepower tomonidan eʼlon qilinadigan dunyo harbiy qudrati reytingida  Eron Islom Respublikasi 14-oʻrinni egallashi va Pokiston, Isroil, Shimoliy Koreya, Avstraliya, Ispaniya va Kanadadan yuqorida turishini yaxshi bilishsa kerak. Mamlakat aholisi 83 milliondan ortiq, bu nihoyatda katta chaqiruv resurslaridir (taqqoslash uchun, qoʻshni Iroqning aholisi - 38 million).

Amerikaliklarning Yaqin Sharqdagi neft qazib oluvchi davlatlarni oʻz ixtiyoriga boʻysundirish istagi tushunarli, ammo reallik bilan aloqani yoʻqotmaslik kerak. Eron IICK va dunyoviy qoʻshinlarga boʻlingan yarim million qurolli kuchlarga ega (vazifalarning takrorlanishi jangovar barqarorlikni oshiradi). Eron raketalarni uchirish uskunalari (1900 dona) amerikaliklarnikiga qaraganda ham koinotda ancha koʻp. Shuningdek, 1600 ta tank, uch mingga yaqin artilleriya moslamasi, bir yuz yetmishdan ortiq hujum uchar apparatlari, yaxshi rivojlangan havo mudofaa tizimi(iyun oyida Eron hududida RQ-4A Global Hawk Amerika razvedka uchuvchisiz apparatini yoʻq qilgan edi)ni ham hisobga olish kerak. Gʻarb tahlilchilari fikricha, Eron dengiz kuchlari kemalar soni boʻyicha dunyoda toʻrtinchi - AQShdan keyingi oʻrinda turadi (398 dona).

Bespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA)
© Sputnik / Alexei Danichev

Pentagon bayonotiga koʻra, general Kassam Sulaymoniyga qilingan hujum AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan "xorijdagi AQSH xodimlarini himoya qilish" maqsadida sanktsiyalangan. Amerika generallari va prezident Eron siyosiy iyerarxiyasida uchinchi shaxsni yoʻq qilish toʻgʻrisida buyruq bera turib, bunga qanday munosabat bildirishlarini kutishganini tushunish qiyin. Shubhasiz, ular Tehron AQSH armiyasini rasman terroristik tashkilot deb eʼlon qilishi va uni ortidan qanday nomaqbul mintaqaviy oqibatlar kelib chiqishini tasavvur ham qilishmagan.

Qurolli mojaro kuchayishi fonida Amerika ittifoqchilarining munosabati qiziq.

Eron maxsus boʻlinmasi boʻlmish "Al-Quds" qoʻmondoni - general Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishini NATO darhol AQShning mustaqil qarori, deb atadi. Bundan tashqari, IICK raketa zarbasi arafasida NATOdagi Amerika ittifoqchilari Iroqdan deyarli qochib ketdilar: Ispaniya, Kanada va Xorvatiya harbiy qismlari Quvaytga yoʻl olishdi. Bagʻdoddagi "Qatʼiy jurʼat" operatsiyasi shtabi ham shu tomonga yoʻl oldi. Eron zarbasidan bir necha soat oldin hatto oz sonli Litva harbiy xizmatchilari ham Amerika bazasini tark etishdi. Latviya esa, agar mamlakat hukumati NATO qoʻshinlarini olib chiqish toʻgʻrisidagi parlament rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlasa, Iroqni butunlay tark etishga tayyorligini bildirdi. Avvalroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Iroq parlamenti AQShni mamlakat va mintaqadan quvib chiqarish yoʻlini tayyorlab qoʻyganini maʼlum qilgandi.

Eron AQShning Iroqdagi bazalariga qilgan zarbasini AQSH "yuziga tarsaki" deb atadi va bu hozirgi vaziyatdagi eng yumshoq taʼrifdir. Eronning (koʻpchilik eronliklar uchun milliy qahramon boʻlgan) nufuzli harbiy yetakchisini oʻldirish boʻyicha strategik rejalar va bu qotillikka undagan motivlarga qaramay, Qoʻshma Shtatlar oʻzi uchun oʻta salbiy natijani oldi.

Asosiy mavzular