16:36 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
549820

AQSH OAVlari Yaqin Sharqda soʻnggi kunlarda yuz berayotgan voqealarga oʻzlariga xos uslubda baho berishdi. Ularning aksariyati ushbu "toʻqnashuvda" Putin gʻalaba qozonganini taʼkidlashmoqda.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Yaqin Sharqdagi inqiroz, Vashington-Tehron mojarosini avj olishini (yoki olmasligini) yetarli darajada taxmin qilib boʻlmaydi. Vaziyatning koʻp jihatlari juda tez oʻzgarib ketishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Ivan Danilov.

Qarama-qarshi tomonlarning rahbarlari qaror qabul qilishda foydalanadigan juda koʻp omillar hozircha ommaga oshkor qilinmaydi. Biroq, barcha bu cheklovlar bizning gʻarblik hamkasblarimizni toʻxtata olmaydi: Amerika manbalari oʻzlarining oʻquvchilari va tinglovchilariga taqdim etayotgan AQShning Iroq va Erondagi xatti-harakatlari haqidagi xulosalarini tahlil qilsak, ularning nuqtai nazari boʻyicha gʻolib allaqachon aniqlangan - bu Vladimir Putin.

Gʻarb axborot maydonida Rossiya AQSH-Eron mojarosidan qanday foyda koʻrishi toʻgʻrisida biror aniы toʻxtamga kelinmagan, lekin chet el OAVlari oʻz oʻquvchilariga turli xil variantlar, usullar va stsenariylarni taklif qilishmoqda.

Adolat yuzasidan shuni taʼkidlash kerak-ki, bu pozitsiya maʼlum bir evolyutsiya natijasidir, yaʼni Nyu-York va Vashington nashrlarida dastlabki taassurotlar umuman boshqacha edi. Masalan, 7-yanvar kuni Donald Trampni unchalik yoqtirmaydigan Blumberg biznes-maʼlumot agentligi, oʻziga xos boʻlmagan materialni nashr qildi. Materialning asosiy mazmuni: "Putinga hozir Eron boʻyicha "B” rejasi kerak. Qosim Sulaymoniyning oʻlimi Rossiyaning Suriya, Eron va Turkiya boʻyicha hisob-kitoblaridagi oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin”.

Google qidiruv tizimida esa ushbu maqola "Tramp Putinning Yaqin Sharq boʻyicha bosh rejasini yoʻqqa chiqardi" deb nomlangan jarangdor sarlavhasi ostida paydo boʻldi.

Trampning agressiv xatti-harakatlari tufayli Rossiyaning Yaqin Sharqdagi rejalarini barbod boʻlishiga ishonganlarning mantigʻini tushunish mumkin. Iloji boricha sxematik tarzda aytsak, hisob-kitob quyidagicha edi: Sulaymoniyni oʻldirgandan soʻng, Tehron shunchaki iloji boricha qattiqroq javob berishga majbur boʻladi, bu esa Tramp maʼmuriyatini Eronga yanada qattiq zarba berishga majbur qiladi. Eskalatsiyaning rivojlanishi oxir oqibat Eronga shunchalik zarar keltiradiki, bu mintaqadagi yetakchi mamlakat rolini oʻynashga mutlaqo imkon bermay qoʻyadi. Blumberg taʼkidlagan ushbu stsenariyda Rossiya Suriyani va uning rahbari Bashar Asadni "taslim qilinishiga qoʻyib berishdan" boshqa chorasi qolmaydi deb taxmin qilmoqda.

Zapusk ballisticheskoy raketы v Irane
© AP Photo / Fars News Agency, Hamed Jafarnejad

Amaliyot nazariyadan koʻra murakkabroq boʻlib chiqdi va Rossiyaning Yaqin Sharq rejalari uchun apokaliptik stsenariysi bir vaqtning oʻzida ikkita muhim nuqtada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Birinchidan, Eron "jarrohlik" javob usulini tanladi osongina oʻzining harbiy imkoniyatlarini bayon qilib. Ikkinchidan, Donald Tramp maʼmuriyati nufuzli respublikachilarning chaqiriqlari va Trampning vaʼdalariga qaramay, Eron neftni qayta ishlash zavodlari yoki "madaniy meros obʼyektlarini" (yaʼni mashhur masjidlarni) bombardimon qilmadi.

Vaziyatni tahlil qilib, Amerika OAV oʻquvchilarga Rossiya Yaqin Sharqdagi inqirozning yangi bosqichining deyarli asosiy foyda oluvchisi boʻlganligini yoki shunga yaqinlashayotganini tushuntirishga urinishni boshladi. Baʼzan ular Donald Tramp deyarli Vladimir Putinga yordam bergan deb taʼkidlashmoqda.

"Foreign Policy" ixtisoslashgan jurnali fikriga koʻra, AQShning Eron bilan mojarosining kuchayishi "Putinga oʻzining uzoq vaqtlardan beri koʻzlayotgan ikki maqsadiga erishish uchun yangi imkoniyatlar beradi: AQShga boʻlgan ishonchni susaytirish va Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mavqeini kengaytirish".

Ekspert bahosi sifatida, jurnal Center for a New American Security tahlil markazi tadqiqotchisi va Milliy razvedka kengashining (Amerika razvedka xizmatlarini strategik rejalashtirishni muvofiqlashtiruvchi tuzilma) Rossiya  va Yevroosiyo boʻyicha sobiq mutahassisi Andrei Kendall-Teylorning fikrini keltirmoqda: "Putin Qoʻshma Shtatlarning bir tomonlama harakatlariga qarshi kurashish uning shaxsiy vazifasi deb hisoblaydi va u oʻzgaruvchan vaziyatlardan foydalanishga moyil. Shuning uchun Vashingtonni mavkeʼini bulgʻash maksadida Sulaymonining qotilligi va har qanday boshqa beqarorlik va ziddiyatlardan foydalanish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga intiladi."

Amerikalik mutaxassisning Rossiya rahbariyatining fikrlarini oʻqiy olishiga boʻlgan ishonchini qavs ortiga chiqargan holda, shuni taʼkidlash kerakki, Yaqin Sharqda AQShning obroʻsiga putur yetkazish uchun Moskva yoki boshqa tashqi kuchlarning saʼy-harakatlari kerak emas. Vashingtonning oʻz harakatlari yetarli. Asosiysi - aralashmaslik.

Amerikaning "The Slate" nashri oʻz fikrlarini umuman “qogʻozga oʻramay” ifoda qilishdan toyimaydi: "AQSH va Eron oʻrtasidagi qarama-qarshilikning yagona gʻolibi - Rossiya. Bu Vladimir Putin uchun juda mos boʻlgan inqiroz" deb yozgan nashr.

"The Slate" mualliflarining pozitsiyasi mantiqiy va ancha izchil. Ular Sulaymoniyning oʻldirilishining ehtimoliy oqibatlaridan biri mahalliy hokimiyat bosimi ostida AQSH qoʻshinlarini Iroqdan olib chiqib ketishidir. Va keyinchalik oqibatlarni tahmin qilish oson. "Agar Iroqda qoʻshinlar boʻlmasa, AQShning Suriyadagi (harbiy) ishtirokini saqlab qolish qiyin boʻladi. Bu boʻshliq Moskvaga jiddiy siyosiy taʼsirga ega mintaqaviy oʻyinchi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlab, mintaqada manevr qilish uchun keng imkoniyat yaratishi mumkin.

Rossiyaning mintaqadagi mavqeʼini kuchaytirilishidan tashqari Sulaymoniyning oʻldirilishi Rossiyaning maqsadlariga yordam beradi - Vashington va uning sheriklari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keltirish, shuningdek, AQShni oldindan hatti-harakatlarini tahmin qilib boʻlmaydigan va hamisha urushga oʻch davlat sifatida butun dunyoga targʻib qilish. Rossiya AQShning Yaqin Sharqdagi sheriklari bilan aloqalariga darz ketishiga allaqachon erishdi”. Yaʼni, Qoʻshma Shtatlar uchun, ular oʻz askarlarini Iroqda ushlab turgan taqdirda ham muvaffaqqiyatsizliklar boshlariga tushadi.

Rossiya prezidentisiz AQShning gʻarbiy ittifoqchilari Vashingtonni juda beqaror, ishonchsiz, xudbin va geosiyosiy maydonda oʻta tajovuzkor oʻyinchi, degan xulosaga kela olmaganliklari ajablanarli darajada. Umuman olganda, bunday xulosalarga kelish uchun Moskva bilan yaqin aloqalar kerak emas: shunchaki yangiliklarni oʻqishingiz va Davlat departamenti va Pentagon vakillarini tinglashingiz, shuningdek, Trampning tvitteri bilan tanishishingiz kifoya.

Associated Press agentligi aslida kimnidir ishontirishga va bironta ishga jalb qilishga urinayotgan Kreml emasligini, balki Yevropa (va nafaqat Yevropa) rahbarlari Rossiyaga murojaat qilishayotganini, ehtimol bizning mamlakatimizda muloqot uchun ishonchli va bashorat qilinadigan sherikni koʻrayotganini koʻrsatmoqda:

"Putinning seshanba kuni Suriyaga tashrifi soʻnggi oylarda vujudga kelgan voqelikni ramzidir: AQShning Yaqin Sharqdagi strategiyasi koʻplab AQSH ittifoqchilari uchun sirdir va Rossiya esa har qanday boʻshliqni toʻldirishga tayyor. Vaziyatning bunday oʻzgarishi AQSH ittifoqchilarini koʻplab qiyinchiliklarga duchor qildi – va yoki ularni sherik izlash maqsadida Rossiyaga murojaat qilishga majbur qildi. Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makron juma kuni Amerikaning dron hujumi haqida eshitganidan keyin Putin bilan gaplashgan birinchi dunyo rahbari boʻldi. Ayni shu damda, Germaniya kantsleri Angela Merkel Yaqin Sharq muammosini muhokama qilish uchun Kremlga safar uyushtirdi."

Gʻarblik muxoliflarimizning axborot urushi haqidagi bashoratlari qay darajadi amalga oshishiga qaramay, AQShning xatti-harakatlari hatto oʻzining eng yaqin sheriklari orasida ham oldingiday qoʻllab-quvvatlanmayotganligi aniq. Amerika rasmiylari ham bundan shikoyat qilmoqdalar, ammo ular aynan shunday vaziyatga koʻnikishlari kerak. Ertami-kechmi Vashingtonning xatti-harakati barcha jabrlanganlar (shu jumladan ittifoqchilar) Qoʻshma Shtatlardan uzoqlashish va oʻzini xammadan ustun qoʻyishligi , iqtisodiy shantaj va harbiy sarguzashtlari bilan kechadigan Amerika xudbinligidan himoya qilishiga olib kelishi kerak edi.

Ushbu tendentsiya nafaqat kelgusi yil, balki keyingi oʻn yilliklardagi geosiyosiy muvofiqlashtirishga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Bu borada chet ellik mutaxassislar fikriga qoʻshilmaslikning iloji yoʻq - bundan Rossiya faqat foyda topadi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular