10:25 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (33)
51110

Amerikaliklar tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishi ortidan neftning Brent navi bir barrel uchun 71,5 dollargacha koʻtarildi.

TOSHKENT, 13-yanvar – Sputnik, Natalya Dembinskaya. Yaqin Sharqdagi vaziyat ziddiylashuvi tufayli oltin va neft narxlari keskin koʻtarildi. Mintaqadagi keskinlikning oshishi narxlarni yangi marralarga olib chiqishi mumkin. Bularning barchasi Rossiyaga qoʻl keladi: oltin-valyuta zaxirasidagi ulushi rekord darajada, neftdan kelayotgan qoʻshimcha daromadlar muntazam ravishda byudjetni toʻldirib turibdi.

Bozordagi vahima

Amerikaliklar tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishi ortidan neftning Brent navi bir barrel uchun 71,5 dollargacha koʻtarildi. Narhlar bu darajagacha kutarilishiga ohirgi marta 2019 yil sentyabrida, dronlar Saudi Aramco neft kompaniyasining ishlab chiqarish obʼyektlariga hujum qilganida erishilgan edi.

Tehron Pentagonni terrorchi tashkilot deb tan oldi, 2015 yildagi yadroviy kelishuvdan nihoyat chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, qasos olishni vaʼda berdi va amerikaliklarning Yaqin Sharq mintaqasini tark etishini talab qildi. Tramp esa Eronning neft va madaniy obʼyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi.

8-yanvarga oʻtar kechasi IISK (Islom Inqilobiy Soqchilari Korpusi) Iroqdagi Amerika bazalariga oʻnlab raketalarni uchirdi. Katta urush muqarrar boʻlib tuyuldi. Ammo Tramp faqatgina iqtisodiy sanktsiyalarni kuchaytirishga vaʼda berdi, bu esa umumiy tanglikni biroz pasaytirdi. Shunga qaramay, neft narxlari yuqori darajada saqlanmoqda – Brent navining barreli uchun 65 dollardan koʻproq.

Oltin esa yetti yillik maksimumga koʻtarildi. 2013 yildan beri birinchi marta troy untsiyasining (31,1034768 gramm) narxi 1600 dollardan oshdi. Mos ravishda oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aktsiyalari ham koʻtarildi. Biroq, oʻtgan haftaning oxiriga kelib, sariq metallning kotirovkasi bir untsiya uchun 1555 dollargacha pasaydi.

Ammo tahlilchilar, vaziyat yomonlashsa, neft va oltin rekordlarni yangilashda davom etishiga ishonishadi. Capital Economics bir barrel uchun 150 dollar haqida gapira boshladi. Bunday stsenariy AQShning Eron bilan keng koʻlamli urush olib borishi va global neft taʼminotining 20% ​​dan koʻprogʻi oʻtadigan Ormuz boʻgʻozi yopilgan taqdirda amalga oshishi mumkin.

Rossiya foyda koʻradi

Tramp maʼmuriyatining tashqi siyosati yana bir bor Rossiyaga katta xizmat koʻrsatdi.

"Saudiyaliklar, Eron va Venesuyela sanktsiyalar va ichki muammolar tufayli bozorga chiqa olmaydilar. Amerikaning slanets nefti ham yordam bermaydi: uning zichligi past. Faqatgina kerakli sifatli xom ashyo va zarur ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Rossiya taʼminotni oshirishi mumkin", - deya taʼkidlaydi Forbes.

Baʼzi ekspertlar har qanday holatda ham nahlarning oʻsishini taxmin qilishmoqda. Amerikaning yetakchi banklaridan biri boʻlgan Morgan Stanley bu yil Brentning oʻrtacha narxlari prognozini bir barrel uchun 60 dollardan 65 dollargacha oshirdi. Bankning xom-ashyolar boʻyicha tahlilchilari mojaroning kuchayishini kutmayotganliklarini, ammo hozirgi keskinlik darajasi narxlarni qizdirishini va bu birinchi navbatda Rossiya neft kompaniyalariga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladilar.

Saxo Bank bankining prognoziga koʻra, 2020 yilda qora oltin bir barrel uchun 90 dollargacha koʻtariladi. Bank OPEK + ishlab chiqarishni qisqartirishi va AQShda slanets nefti ishlab chiqarishni kamaytirish toʻgʻrisida kelishuvga asoslanadi.

Oltinga kelsak, tahlilchilar fikriga koʻra, bu yerda dinamika yanada taʼsirli boʻladi. Kuzdan beri qimmatbaho metallarning kotirovkalari koʻp yillik balandlikda - bir untsiya uchun 1500 dollardan balandrok. Goldman Sachs, UBS va ABN Amro Bank bu hali hammasi emas deb hisoblashadi. Va bu xalqaro zaxiradagi oltin ulushini rekord darajadagi 18,6% gacha oshirgan Rossiya uchun yaxshi sovgʻadir.

Soʻnggi besh yil ichida Markaziy bank oltin zaxirasini ikki baravar oshirdi, qimmatbaho metall narxi esa 20 foizga oshdi. Hozirgi narxlarda Rossiya 2219 tonna oltinining qiymati qariyb 120 milliard dollarga teng. Ilgari Moliya vazirligi hisoblab chiqqanidek, agar neft birdan 30 dollarga yoki hatto 20 dollarga tushsa, davlat barcha moliyaviy majburiyatlarni uch yil davomida hech qanday zarbalarsiz bajara oladi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (33)

Asosiy mavzular