Vatan himoyachisi kuni: O‘zbek armiyasining yutuqlari va istiqbollari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-tadjikskie ucheniya na poligone "Gurumsaray"
Uzbeksko-tadjikskie ucheniya na poligone Gurumsaray - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jadal rivojlanmoqda va Markaziy Osiyoda eng yuqori jangovar salohiyatga ega. Bu armiyani rejaviy yangilash va qayta qurollantirishning tabiiy natijasidir.

Global Firepower harbiy qudratning global reytingida O‘zbekiston yil davomida mintaqaviy ustunlikni saqlab, o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi (№ 48). Respublika qo‘shni Qozog‘iston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikistondan mos ravishda olti, 26, 43, 46 pog‘ona oldinda. Bu ta’sirli statistika -  harbiy rejalarni muntazam ravishda amalga oshirish va mamlakatning harbiy budjetini oqilona sarflash, shuningdek, ittifoqchilarning (birinchi navbatda Rossiya) samarali yordami natijasidir.

Broneavtomobil K 53949 Tayfun. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun o‘zbek armiyasi Rossiyaning “Tayfun” zirhli avtomobillarini tanladi

O‘zbekiston hukumati tomonidan mudofaa va xavfsizlikni moliyalashtirish bo‘yicha aniq raqamlar, odatda, e’lon qilinmaydi. Avvalroq Strategic Defense Intelligence konsalting kompaniyasi hisobotida O‘zbekistonning mudofaa xarajatlari 2020-yilga 3,4 milliard dollargacha ko‘tarilishi haqida xabar berilgandi. Taqqoslash uchun, eng yaqin raqobatchi, Qozog‘iston, sezilarli darajada orqada, 2019-yilda respublikaning harbiy budjeti (Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra) 2,43 milliard dollarni tashkil qiladi. Ushbu tafovut mantiqiydir, chunki O‘zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning oldi chizig‘ida turadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATOning uzoq muddatli va qimmatbaho harakatlaridan farqli o‘laroq, turli terrorchilik tashkilotlari jangarilari O‘zbekiston bilan 137 km umumiy chegaraga ega bo‘lgan Afg‘onistonda nazorat zonalarini kengaytirmoqdalar. Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan minglab noqonuniy qurolli guruhlarning jangarilari faoliyat yuritmoqda.

Qo‘shinlar modernizatsiyasi

Qiyin geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda Toshkent zamonaviy, harakatchan va samarali armiya yaratdi. Tizimli modernizatsiyalash, qo‘shinlarni eng yangi qurol va texnikalar bilan qayta jihozlash davr talabi va mintaqadagi notinch harbiy-siyosiy vaziyatning natijasidir. Harbiy qurilish va qurol sotib olish dinamikasi juda salmoqli.

Voyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

12 ta shartnomani amalga oshirish boshlandi, unga ko‘ra O‘zbekistonning 50 minglik armiyasi Rossiyaning ichki narxlarida (2016 yildagi davlatlararo kelishuvga muvofiq) yangi Mi-35M hujum vertolotlari, yuqori manevrli Su-30SM qiruvchi samolyotlari, BTR-82A zirhli bronetransportorlari va radar tizimlarini sotib oladi. Toshkent Rossiyaning eksport krediti hisobiga 4++ avlodidagi Su-30SM og‘ir ko‘p qirrali qiruvchi samolyotlar partiyasini sotib oladi.

O‘zbekiston Rossiyadan chet ellik  hamkorlar orasida birinchi bo‘lib Amerika analoglaridan ustun turuvchi "Tayfun" bronetransportorlarini sotib oldi. Mudofaa vositalarini ishlab chiqarishini buyurtmachi hududida mahalliylashtirish haqidagi Rossiya konsepsiyasiga asosan "Tayfun"larni O‘zbekiston maydonlarida ishlab chiqarishni boshlash mumkin. O‘rta muddatli istiqbolda – Yak-130 o‘quv samolyotlarini sotib olish, ularga yuqori aniq qurollar moslangandan keyin zarba beradigan samolyot sifatida xizmat ko‘rsatadi. Ikki tomonlama maqsadlarda foydalaniladigan Sopka-2 radar stansiyalarini (fuqarolik havo harakatini boshqarish va harbiy nazorat) (9 tagacha), har xil turdagi mobil radiolokatsion stansiyalar sotib olish va Pechora-2M havo mudofaa tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma tayyorlanmoqda. "Orlan" uchuvchisiz uchish apparatlarni sotib olish ham ehtimoldan holi emas.

Komandovanie SVO podelilos opitom deystviy na Blijnem Vostoke s voyennimi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya armiyasi o‘zbek harbiylari bilan Yaqin Sharqdagi harakatlar tajribalari bilan bo‘lishdi

Toshkentning Moskva bilan muvaffaqiyatli harbiy-texnik hamkorligi boshqa mamlakatlarning qurol-yarog‘ini olishga to‘sqinlik qilmaydi. Yaqinda Airbus Helicopters firmasining AS-532 Germaniya-Fransiya vertolotlari partiyasi buyurtma qilindi. Amerika Qo‘shma Shtatlari RQ‑11B «Raven» pilotsiz uchuvchi apparatlari kichik partiyasini yetkazib berdi. Turkiya bilan Ejder Yalçın zirhli transport vositalarini litsenziyali ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Avvalroq, Xitoyda FD‑2000 uzoq masofali zenit-raketa tizimi (S-300 havo mudofaa tizimini modifikatsiyasi) va Yilong‑1 pilotsiz uchuvchi apparatlari sotib olingan edi.

Toshkent faqat eng yaxshi qurollarni va eng zamonaviy uskunalarni sotib olishga intilmoqda va Moskva esa jahon qurol bozorida yomonini taklif qilmaydi (Rossiyaning mudofaa eksporti so‘nggi yillarda 15 milliard dollarga yetdi). Ta’kidlash joizki, 2016-yildan beri O‘zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti va Bojxona ittifoqi hududidan tashqarida MDH davlatlari orasida mudofaa sohasida Rossiya Federatsiyasining alohida imtiyozlari va afzalliklari bilan ajralib turadi. Shu sababli Rossiya yaqin o‘n yilliklar davomida O‘zbekiston uchun asosiy qurol yetkazib beruvchisi bo‘lib qoladi.

ODKB bilan harbiy hamkorlik

O‘zbekistonning harbiy doktrinasi faqat mudofaa xususiyatini nazarda tutib, mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqlarda qatnashishi va O‘zbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashtirilishini istisno etadi. Shu bilan birga, boshqa davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy hamkorlik qilish yo‘nalishi e’lon qilindi. Mintaqaviy ittifoqchilar bilan hamkorlik respublikaning mudofaasini sezilarli darajada kuchaytiradi.

Uzbekistan na ArMI-2018 - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2018da O‘zbekiston erishgan natijalar

Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq, 2019-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi va O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo bo‘shliqlaridan ikki davlatning harbiy samolyotlari tomonidan foydalanish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Moskva Toshkentga "dasturiy ta’minot" va ilmiy-ma’rifiy salohiyat bilan yordam beradi, yuqori malakali ofitserlar korpusini shakllantirishga yordam beradi (400 ga yaqin o‘zbek harbiylari Rossiya Federatsiyasining harbiy universitetlarida o‘qimoqdalar).

Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi fonida Toshkent va ODKB manfaatlarining yaqinlashuvi tendensiyasi kuzatilmoqda. Respublikani Tashkilotga qaytarish haqida gap yo‘q, ammo uzoq tanaffusdan so‘ng, shu yil sentabr oyida O‘zbekiston MDHning Havo mudofaasi bo‘yicha qo‘shma tizimining mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Birgalikda harbiy mashqlar va O‘zbekiston havo hududida mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, Rossiyada o‘tgan quruqlikdagi harbiy mashqlar ("Markaz-2019" mashg‘ulotlari doirasida) respublikaning mudofaa qobiliyatini va umuman mintaqaviy xavfsizlikni sezilarli darajada kuchaytiradi. Kollektiv mudofaa qobiliyatini yanada integratsiyalash va takomillashtirish uchun barcha obyektiv shart-sharoitlar mavjud.

Yangiliklar lentasi
0