11:19 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
140010

Soliqchilik va axborot texnologiyalari sohasida ilgʻor mutaxassis, xokkey oʻynash va pianino chalishni yaxshi koʻradi - Rossiya yangi bosh vazirining tarjimai holi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga yangi bosh vazir nomzodini kiritdi. U Federal Soliq boshqarmasi rahbari Mixail Mishustin.

Mixail Vladimirovich Mishustin 1966 yil 3 martda Moskvada tugʻilgan.

Maʼlumoti

1989 yilda Moskva Davlat Texnologik universitetini (STANKIN) “injener-sistemotexnik” yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan. Aspiranturani ham shu universitetda yakunlagan.

2003 yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tugatgan va “Rossiyada davlat soliq maʼmuriyati” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

2010 yilda Rossiya Xalq xoʻjaligi akademiyasida Iqtisodiyot fanlari doktori unvonini olgan.

Ish tajribasi

1992 yildan boshlab Mishustin "Xalqaro kompyuter klubi" nomli tashkilotda ishlagan.  Bu notijorat tashkilot boʻlib uning maqsadi xorijdan “eng ilgʻor zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb qilish” boʻlgan. 1996 -1998 yillarda ushbu tashkilot boshqaruv raisi boʻlgan.

1998 yildan boshlab Davlat Soliq inspektsiyasining rahbari Boris Fyodorovning yordamchisi boʻlgan. Soliq toʻlovlarini nazorat qiluvchi axborot tizimlari uchun javob bergan. Shu yilning avgustida Soliq inspektsiyasining rahbari oʻrinbosari boʻlgan.

1999 – 2004 yillarda Soliq qoʻmitasi nomi oʻzgarishi munosabati bilan Soliq vazirlari Georgiy Boss, Aleksandr Pochinok va Gennadiy Bukayevlarning oʻrinbosari boʻlgan.

2004 – 2006 yillarda Rosnedvijimost (Federal kadastr agentligi) rahbari lavozimida ishlagan.

2006 – 2008 yillarda Maxsus iqtisodiy hududlarni boshqaruvchi agentlik “RosOEZ”ga rahbarlik qilgan.

2008 – 2010 yillarda UFG Capital Partners nomli xususiy investitsion kompaniya prezidenti boʻlgan. Ushbu lavozimda Mishustin turli venchur va koʻchmas mulk fondlarini ishga tushurish, hududlarda biznesni rivojlantirish bilan shugʻullangan.

2008 -2010 Bir vaqtning oʻzida Mishustin “Oliy iqtisodiyot maktabi” Davlat univestitetining ilmiy rahbari boʻlgan.

2010 yilning aprel oyidan boshlab yana davlat xizmatiga qaytgan. Mishustin Federal Soliq xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.

Bir necha yil oldin teleboshlovchi Vladimir Pozner “Siz xususiy sektordan nima sababdan yana davlat ishiga qaytishga qaror qildingiz?” degan savoliga Mishustin - Oʻshanda meni oldimga qiziq vazifa qoʻyishgan edi. Shuning uchun qaytganman, - deb javob bergan edi.

Yutuqlari 

Xaqiqatdan ham Mishustin davrida Rossiya Federal Soliq xizmati soliq toʻlovchilar uchun qulay tizimlar yaratish boʻyicha maksimal darajada ildam qadam tashladi. FSXda shaxsiy kabinetlar, onlayn buxgalteriya olib borish tizimlari va boshqa koʻplab qulayliklar yaratildi. Ayni damla FSX tizimida soliq toʻlovchilar uchun 50ga yaqin avtomatlashtirilgan elektron xizmatlar bor.

2018 yilning 1 oktyabridan Yagona koʻchmas mul reyestri ishga tushgan edi. 2020 yil oxiriga qadar 1926 yildan boshlab qayd etilgan barcha FXDYO yozuvlarini elektron koʻrinishga keltirish rejalashtirilgan.

I darajali Rossiya davlat maslahatchisi. “Hurmat”, “Vatan uchun xizmatlari” ordenlari bilan mukofotlangan.

“Rossiya davlat soliqchiligining axborot-texnologik asoslari” nomli kitob muallifi.  

Boshqa maʼlumotlar 

TSSKA xokkey klubi kuzatuvchi aʼzosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi aʼzosi, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi ilmiy kengashi aʼzosi.

2018 yilda rasman eʼlon qilgan daromadlari 18,9 mln rublni tashkil qildi, turmush oʻrtogʻining daromadi – 47 mln rubl.

Uylangan, 3 nafar oʻgʻli bor. Xokkey oʻynash va pianino chalishni yaxshi koʻradi.

Ochiq manbaalardagi maʼlumotra asosida tayyorlandi. 

Asosiy mavzular