AQSh ham Eron ham qizil chiziqni kesib o‘tishdi - ekspert

© SputnikPolitolog Gevorg Mirzayan
Politolog Gevorg Mirzayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Eron keskinlashishda davom etadilar, bu borada ular hali o‘zlarini anglab yetmagan jang maydonlariga kelib qolishlari mumkin deb hisoblaydi rossiyalik ekspert.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaqin Sharqni AQSh-Yeron urushining arafasiga qo‘ydi. Vashington va Tehron hozirda tahdidlarni kamaytirganga o‘xshasa-da, hozircha bu chiziqni hech kim tark etmadi.

Gevorg Mirzayan, Rossiya Federatsiyasi Moliya Universiteti, siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti - Sputnik uchun

Gap egasi

Aslida, bularning barchasi Amerikaning Suriya va Iroqdagi shia jangarilarining pozitsiyalariga bir qator raketa va bombali hujumlari bilan boshlandi. Natijada nafaqat suriyaliklar, balki Iroq ko‘ngilllilari ham o‘ldirildi – aslida amerikaliklariga ittifoqdosh armiyaning amaldagi askarlari. G‘azablangan odamlar Bog‘doddagi AQSh elchixonasiga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi. Tabiiyki, ular binoni tortib olishmadi - ammo 40-yil avvalgi tarixiy bir tomosha (AQShning Tehrondagi elchixonasini bosib olinishi) darhol Vashington ko‘z oldida paydo bo‘ldi. Va Amerika rahbariyati hujumni boshlaganlarni jazolashga qaror qildi. Albatta, o‘zining harbiylarini emas, balki eronliklarni – AQShning fikriga ko‘ra, hujumni tashkillashtirgan -  Eronning barcha tashqi harbiy operatsiyalarining qo‘mondoni, afsonaviy general Kassam Sulaymoniy bo‘lgan. Amerikaliklar uni ochiqchasiga o‘ldirdilar – boshqalarga dars bo‘lishi uchun.

Eron va AQSh mojarosi: Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayadimi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh-Eron mojarosi: Yaqin Sharqda keskinlik pasayadimi

Biroq, Tehron darsni tushunmadi - va zarba bilan javob berdi. Amerikaning ikkita bazasiga (bittasidan generalni o‘ldirgan dron uchirilgan)raketali hujum bilan. Ular Trampning AQSh harbiylariga xujumga javoban  Eronning ellikdan ortik nishonlariga (shu jumladan harbiy emas, balki madaniy boylik ahamiyatiga ega) to‘liq miqyosda zarba berishini ogohlantirganiga qaramay javob berishdi.

Oxir-oqibat, Tramp – tan olishimiz kerak, Amerikaning eng urushga o‘ch prezidentlaridan biri qaror qabul qilishi kerak edi: va’dasini ustidan chiqib urush boshlash yoki vaziyatning rivoj topishiga chek qo‘yish? Va Tramp - Amerikaning eng oqilona va surbet prezidentlaridan biri, ikkinchi variantni tanladi. Gapning egasi o‘z so‘zlarini  qaytarib oldi. U amerikaliklarning hech biri raketa hujumlari chog‘ida haloq bo‘lmaganini  va u sanksiyalar va bosimlarga e’tiborni qaratib, "chekinayotgan Eron" ga qarshi harbiy zarba bermasligini aytdi.

Qarorning sabablari aniq va oqilona - AQShning Eron bilan urushi nafaqat Islom Respublikasini yo‘q qiladi, balki Trampning 2020-yilda qayta saylanish imkoniyatini ham yo‘qqa chiqaradi.

Hammasi endi boshlanyapti.

Biroq, Trampning aql-idroki umuman vaziyat nizoning sust kechishi holatiga o‘tganini anglatmaydi. Bu holatning o‘zi yo‘q. Vashington va Tehron, ikkala tomondan ham o‘rnatilgan va hurmat qilinadigan qizil chiziqlarni kesib o‘tishdi - endi har ikkala poytaxtda ham har qanday diplomatik maydonda, bamisoli terra inkognito, uzlari bilmagan, anglab yetmayotgan maydonlarda yangi janglarga tayyor.

AQSh Eron zarbasidan 11 askari yaralanganini tasdiqladi

Qo‘shma Shtatlar birinchi bo‘lib bu chiziqni kesib o‘tishdi - ular demonstrativ sharoitda (va bu asosiy so‘z) Eronning eng yuqori harbiy rahbarlaridan birini yo‘q qilishganda, mamlakatning milliy qahramoni bo‘lgan va ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha Islom respublikasining keyingi prezidenti bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan odamni. Keyin Vashington "biz xalq bilan emas, balki Eron rejimi bilan urushapmiz" degan gaplarini rad etgandan keyin - Tramp madaniy meros obyektlarini bombardimon qilishi bilan tahdid qilganida, u butun sivilizatsiyaga tahdid qildi. Ushbu ikkala holat Eronning barcha tashviqotlari amalga oshira olmagan ishlarni bajardi - ular Eron jamiyatini birlashtirdi (sanksiyalarning og‘ir iqtisodiy ta’siri bo‘yniga tushgan, shuningdek, ba’zi eronliklar Islom respublikasining Yaman, Suriya va Iroqdagi amaliyotlariga katta miqdordagi mablag‘lar sarflashini tushuna olmayotganligi  sababli qaynab parchalanayotgan).

Bundan tashqari, Vashington nafaqat eronliklarni, balki iroqliklarni ham birlashtirdi. Saudiya Arabistoni va boshqa kuchlarning Iroq shialari o‘rtasida ushbu arab davlatida Eronning hukmronlik qilishiga qarshi norozilikni qo‘zg‘atish bo‘yicha uzoq muddatli ishlariga xavf tug‘dirildi - Bog‘dod yaqinidagi Sulaymoniy avtomashinasiga namoyishiy zarba, Iroq shialari ko‘ngillilari rahbari Abu Mahdi al-Muhandisning (Sulaymoniy bilan birga bo‘lgan) parallel ravishda o‘ldirilishi, Iroqning boshqa harbiylarini ham qo‘shgan holda,  mahalliy shialarni birlashtirdi. Shunchalar birlashtirdi-ki, ular parlament orqali Iroqdan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni talab qiladigan rezolyutsiyani qabul qilishdi. Va Tramp ushbu qarorga ("qo‘shinlarni olib chiqish hali erta" iddaosi bilan) itoat etishdan bosh tortdi, Davlat kotibi Mayk Pompeo esa Iroq parlamenti Iroq xalqining emas, balki Tehronning xohish-irodasini aks ettirishini sha’ma qildi - bularning barchasi Bag‘dodda aksilamerika kayfiyatni kuchaytirdi.

Eronliklarga kelsak, ular hech bir mamlakat o‘zlari qila olmagan ishni qildilar. Ular Amerika bazalariga namoyishkorona raketa hujumini uyushtirishdi va buning uchun hech qanday harbiy "javob" olishmadi. Bu AQSh xavfsizligi uchun eng muhim qizil chiziq edi. Bu xavfsizlik nafaqat Amerikaning harbiy kuchiga, balki Amerika dushmanlarining Shtatlarga hujum qilgan taqdirda barcha Amerika kuchi ularning ustiga tushishiga ishonishlariga asoslangan edi. Endi Trampning Eronni bombardimon qilishdan bosh tortishi bu ishonchni susaytirdi (nafaqat Qo‘shma Shtatlarga qarshi keyingi harbiy operatsiyalarni rivojlantirish uchun rag‘batlantirilgan Eron harbiylarida, balki boshqa mamlakatlardagi "hurmatli o‘rtoqlar"da). Demak, bundan keyin yana shunga o‘hshash harbiy inqirozlarni kutishimiz mumkin.

Imkoniyatlar va xavflar

Eron-AQSh mojarosi tegishli mamlakatlarda diqqat bilan kuzatilmoqda. Ulardan ba’zilari ushbu mojaroning foydali yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqdalar, boshqalari esa ehtimoliy yo‘qotishlarni hisoblashmoqda. Ham siyosiy, ham iqtisodiy.

Iran otmechayet 40 letie islamskoy revolyutsii - Sputnik O‘zbekiston
Eron: AQSh bizga hujum qilsa, Isroil yarim soat ichida yo‘q qilinadi

Albatta, Isroil va Saudiya Arabistoni mojaro qo‘zg‘atuvchilarining oldingi saflarida. Nafaqat mojarodan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh-Eron urushidan ham bu ikkala mamlakat manfaatdor (Tel-Aviv va Ar-Riyod Eronni mavjud dushman deb biladi va u bilan o‘ kuchlari bilan  kurasholmaydi). Tabiiyki, Isroil va Saudiya Arabistoni Trampni va’dasini ustidan chiqib, Eronga katta zarba berishga majbur qiladigan ba’zi yangi voqealarning paydo bo‘lishidan juda qiziqishmoqda. Masalan, Amerika fuqarolariga qarshi hujumlarda, ularning izlari Tehronga olib kelishida. Juda bo‘lmasa, Eronning xalqaro hamjamiyatga qarshi jinoiy harakatlari (bamisoli, Ukraina samolyotini nimagadir poytaxt aeroporti yaqinida  urib tushurishga qaror qilganlikda ayblangan Eron havo hujumidan mudofaa tizimi). Ushbu harakatlar uchun Islom Respublikasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish mumkin.

Qurbonlar orasida esa Eronning eng konstruktiv qo‘shnilari - Armaniston va Ozarbayjon bor. Urush boshlangan taqdirda millionlab eronlik qochqinlar ushbu Kavkaz respublikalari hududiga kirib keladi, ularni boqish, kiyintirish va joylashtirish kerak.

Goroda mira. Tegeran - Sputnik O‘zbekiston
Eron maxsus xizmatlari 17 nafar AQSh josusini qo‘lga oldi

Urush bo‘lmasa ham, AQSh-Eron munosabatlarining yanada yomonlashishi Armaniston va Ozayrbayjonni Eronni ushlab turuvchi davlatlar guruhiga qo‘shish maqsadida Amerikani Yerevan va Bokuga bosimini kuchaytirishiga olib kelishi mumkin. Trampda bu bosim uchun vositalar mavjud. Armaniston va Ozarbayjonni Eron bilan mojaroga tortish bo‘yicha amerikaliklarning avvalgi urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, ammo o‘sha paytda jiddiy bosim vositalari hali  qo‘llanilmagan edi.

Nihoyat, AQSh-Eron qarama-qarshiligining kuchayishi, Yerevan va Boku Tehron ishtirokida amalga oshirmoqchi bo‘lgan ulkan iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishini shubha ostiga qo‘yishi mumkin. Birinchi navbatda gap Shimol-Janub transport yo‘laklari (Yevropa va Hind okeanini Sues kanalini chetlab o‘tgan holda birlashtirish imkonini beradigan), shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik haqida ketmoqda.

Muallifning fikri noshirning pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0