23:31 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
316333

Yevroosiyo analitika klubi rahbari Nikita Mendkovichga koʻra, Oʻzbekiston 2020-2021 yillar davomidayoq YEOIIga kuzatuvchi sifatida qoʻshilishi mumkin.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi haqida qator bayonotlar qildi. Prezident soʻzlariga koʻra, mamlakat ittifoqqa qoʻshilishning ijobiy va salbiy tomonlarni oʻrganish uchun dastlab kuzatuvchi sifatida qoʻshilishni rejalashtirayotgan, shundan soʻnggina unga batamom aʼzo boʻlish masalasi parlament tomonidan uzil-kesil hal etilishi lozim.

Tashqi ishlar vazirligi va respublika asosiy siyosiy partiyalari vakillarining sal oldin yangragan bayonotlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekistonning ittifoqqa qoʻshilish ehtimolini juda katta, deya baholash mumkin.

Bilamizki, 2016 yilga qadar respublikaning YEOIIga qoʻshilishi ahamiyatsiz sanalgan, biroq amaldagi prezident davrida bu masalani yana muhokama qilina boshladi. Va buning uchun oʻta jiddiy sabablar mavjud.

Ijtimoiy-iqtisodiy chaqiriqlar ahamiyati

Iqtisodiyot sohasida maʼlum yutuqlarga qaramay, Toshkent oxirgi yillarda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarga duch kelmoqda.

Rasmiy statistika maʼlumotlariga koʻra, oxirgi oʻn yilda respublika aholisi soni yiliga oʻrtacha 680 ming kishiga oʻsmoqda. Shu davr ichida ish joylarining oʻsishi oʻrtacha 220 ming ish oʻrinni tashkil qildi, 2010 yil oxiriga kelib, mehnat bozorining rivojlanish surʼati deyarli ikki baravarga kamaydi. Yaʼni, ishsiz yoshlar soni yiliga 460 mingga koʻpaymoqda.   

Mehnat migratsiyasi va oʻlim holatlari hisobiga bosim darajasining bir qismi pasayadi, ammo Oʻzbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni oʻsishi 280 ming kishiga yetmoqda. 

Rasmiy ishsizlik darajasi oʻn yilda 5 foizdan 9,3 foizga oshdi, bu jiddiy ijtimoiy chaqiriq hisoblanadi. Muammo yaqin besh yil ichida hal etilishi yoki hech boʻlmaganda yengilashtirilishi zarur.  

Mehnat bozori har kuni, dam olish kunlarisiz, 1,4-1,5 ming ish oʻrinlarini yaratishni talab qilmoqda, bu esa mavjud sharoitlarda – oʻta jiddiy masala. 2019 yilda bandlikni taʼminlash dasturi doirasida, Oʻzbekiston prezidenti kuniga mingga yaqin ish oʻrinlarini (ularning 50 foizi vaqtinchalik va mavsumiy) tashkil etish haqida topshiriq bergandi, ammo Davlat statistika qoʻmitasining toʻliq boʻlmagan maʼlumotlariga koʻra, haqiqatda atigi 250-260 ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻzbekiston rahbariyati vaziyatni oʻzgartirish uchun bir vaqtning oʻzida respublika ichida ishlab chiqarishni va chet elga ishchi kuchini eksportini oshirishi kerak.

Soʻnggi yillarda mamlakatning tashqi savdo balansi defitsit holatida. 2019 yilda 6,4 milliard dollarni, 2018 yilda esa - minus 5,4 milliardni tashkil etdi. Savdo defitsitining asosiy sababi – chuqur qayta ishlash milliy sanoat tarmoqlari, xususan avtomobil sanoatining raqobatbardoshligi pasayishida (10 yilda 8,8 %dan 1,5%gacha tushdi), buni xom ashyo va qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksportini oshirish bilan qoplab boʻlmayapti. Hozir YEOII bozoriga kirish maqsadida, Oʻzbekiston avtomobil sanoatining bir necha yigʻuv korxonalarini Qirgʻiziston hududiga olib chiqishni rejalashtirmoqda.  

Muammo mavjudligini rasmiylar ham tan olmoqda. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov 2019 yil dekarbda YEOII borasidagi muhokamalarda: “Bizga bozor, hudud kerak. Bu hudud qayerda? Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻizistonda... Shuning uchun men ochigʻini aytaman – men aʼzolik tarafdoriman”, degan edi. Neʼmatov YEOIIning Yevropa muqobili varianti boʻyicha tanqidiy fikrdaligini bildirgan edi: "Yevropa ittifoqi bilan normal munosabatlarga egamiz ... Ammo u yerda tovarlarimizni kutishmaydi. Shu bois, Oʻzbekiston YEOIIda ishtirok etishi kerak, degan fikrdaman".

Ishchi kuchi eksportini kengaytirish ham qabul qiluvchi mamlakatlar qonunlari bilan cheklanmoqda. Rossiyada hozirgi kunda 2,2 millionga yaqin oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bor va ulardan atigi 10 foizi legal maqomiga ega. Asosiy sabab – imtihonga tayyorgarlik koʻrish va patent toʻlovlari bilan bogʻliq. Respublika maxsus migratsiya markazlari va migrantlar uchun oʻquv kurslarni tashkil qilish orqali vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqda, biroq bu choralarning samaradorligi hali aniq emas.

YEOIIga qoʻshilish Rossiya va Qozogʻiston bozoriga chiqishdagi savdo toʻsiqlarini kamaytirish, shuningdek, ittifoqqa aʼzo boʻlgan mamlakatlarda oʻz migrantlarini legallashtirish imkoniyatini berardi. Bundan tashqari, Qirgʻiziston tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, YEOIIga aʼzolik Rossiya bozorida talabgir boʻlgan tovarlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiruvchi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini berardi.

Ham YEOII, ham Yevropa

Hukumat yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi tushunmoqda, shuning uchun ham YEOII bilan hamkorlik strategik hujjatlarda oʻz aksini topgan.

Masalan, Oʻzbekistonni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirish kontseptsiyasida (prezident 2019 yil oktyabrda imzoladi):

-2019-2021 yillarda YEOII va boshqa qator davlatlar bilan erkin savdo bitimlarini imzolash orqali tashqi savdoni kengaytirish;

-2022-2025 yillar davomida mamlakatning EOII va JSTga kirish masalasini oʻrganish masalalarini oʻz ichiga oladi.

Yaqin vaqtgacha Toshkentning YEOII bilan integratsiyasi Gʻarb bilan munosabatlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin, degan havotir mavjud edi, ammo Yevropa ittifoqi vakili Piter Burianning bayonotidan soʻng endi bu xavf kamaymoqda: u respublikaning JST va EOIIga parallel ravishda kirishi oʻrtasida hech qanday ziddiyatlarni koʻrmayotganini taʼkidlagan edi.

"Biz Markaziy Osiyoning koʻplab davlatlari YEOIIga aʼzo ekanligi guvohimiz... Umumiy qoidalarga asoslangan integrallashuv – faqatgina olqishlanadi", - deb taʼkidlagandi u 2019 yilning dekabrida.

Burianning pozitsiyasi Yevropa ittifoqining yangi mintaqaviy strategiyasiga va Yevrosiyo ittifoqi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatdan voz kechish siyosatiga toʻliq mos keladi, bu esa Oʻzbekistonga ham Yevropa, ham Yevroosiyo hamkorlari bilan munosabatlarni erkin rivojlantirish imkonini beradi.

Bryusseldan farqli ularoq, Vashington oʻz nazoratida boʻlgan ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari va OAVlar orqali Toshkentga bosim oʻtkazishda davom etmoqda, Oʻzbekiston siyosiy elitasi YEOIIga aʼzolik toʻgʻrisidagi qarorni hotirjam va chuqur sarhisob qilgan holda qabul qilishi uchun imkoniyat bor.

Oʻzbekiston jamoatchiligi ham Yevroosiyo kursini qoʻllab-quvvatlamoqda, bu 2019 yil parlament saylov kampaniyasi koʻrsatdi. Liberal-demokratik partiya vakillari YEOII bilan hamkorlik ularning saylovoldi platformasining bir qismi ekanligi va bu gʻoyadan tashviqotlarda foydalanganliklarini aytishdi. XDP, Ekologik partiya va “Adolat” ham debatlarda ittifoqqa aʼzo boʻlish kerakligi haqida fikr bildirishdi. “Milliy tiklanish” vakillari esa YEOII haqida ehtiyotkorlik bilan gapirib, faqatgina ittifoqni oʻrganish lozimligi haqidagina gapirishdi.  

Saylov natijalariga koʻra, Liberal demokratik partiya, “Adolat”, “Ekoloklar” va XDP 150 oʻrindan 114 mandatni oldi, “Milliy tiklanish” esa 36 oʻrin oldi, biroq OʻzLiDepdan soʻng ikkinchi oʻrinda. Shunday qilib, hozirda Oʻzbekiston ijtimoiy makonida Yevrosiyo vektori hukmronlik qilayotganga oʻxshaydi.

Qoʻshilish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha harakatlar jiddiy ahamiyatga ega

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2020-2021 yillar davomida Oʻzbekiston YEOIIga kuzatuvchi sifatida qoʻshilishi va ittifoq bilan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida bitim tuzishi mumkin.

Bir vaqtning oʻzida tegishli vazirliklar, shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va prezident administratsiyasi huzuridagi tahlil markazlari qoʻshilish oqibatlarini tahlil qilish va oʻtish davri shartlarini qamrab oluvchi shartnomani tayyorlashi kerak. Bu koʻp jihatdan Armaniston va Qirgʻiziston tajribasiga asoslansa kerak.

Oʻylaymanki, ishni 2025 yilgacha nihoyasiga yetkazishga harakat qiladilar, bu demografik bosimning oʻsishi va kelgusi yillarda YEOII faoliyati sharoitlarini oʻzgartirish imkoniyati bilan bogʻliq.

Toshkent suverenitetning bir qismini milliy hokimiyat organlari yuqori turuvchi hokimiyatga bermaslikka harakat qilmoqda, shuning uchun yangi institutlar vakolatlari kengaytirilmasdan, huquqiy normalarni sinxronlashtirish asosida ittifoqni mavjud formatda saqlab qolish uning manfaatlariga mos keladi. Biroq, respublika bu jarayonlarga faqat YEOII hududida taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Bundan tashqari, "tanaffus olish" hozirgi aʼzolarning muzokaralar pozitsiyasining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Toshkentning YEOIIga qoʻshilishidan Nur-Sulton va Bishkek hadiksiramoqda - Qozogʻiston va Qirgʻiziston biznesiga qoʻshnining raqobati kerak emas. Hatto Rossiyada ham tanqidchilar paydo boʻlmoqda, ular son jihatidan koʻpligi sababli oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining Rossiya mehnat bozorida huquqlarini kengaytirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblamoqda.

YEOIIga kirish jarayoni 2024 yilga qadar, Vladimir Putinning prezidentlik muddati tugashidan oldin amalga oshirilishi kerak, Shavkat Mirziyoyev u bilan integratsiya masalasida oʻzaro kelishuvga erishgan shekilli. Buning uchun oʻzbekistonlik iqtisodchi va huquqshunoslarning faol tayyorgarlik ishlarini amalga oshirilishini talab etadi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)

Asosiy mavzular