06:04 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
181280

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Yakkasaroy tumanida olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalarini bilish maqsadida bir kun davomida hokim Anvar Sayfutdinov bilan yonma-yon boʻlib, uning ish faoliyatini kuzatdi.

Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va jonli aloqa

Toshkentning markaziy tumani boʻlgan – poytaxt ostonasi sanalgan Yakkasaroy tumani rahbari bilan “Hokim bilan bir kun” loyihasi uchun kelishish ancha murakkab kechdi. Anvar Sayfutdinov oʻtgan yil sentyabr oyida tuman hokimi etib tayinlangani uchun uning ish tartibi ancha zich boʻlib, unga oʻzgartish kiritish oson emasdi.

Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov monitorit SMI i sotsialnыe seti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov monitorit SMI i sotsialnыe seti

Shunday boʻlsa-da, davlat tadbirlari va uchrashuvlardan xoli boʻlgan bir kunni tanladik hamda Oʻzbekiston poytaxtining hudud jihatdan eng kichik, ammo markaziy hisoblangan tumanida kechayotgan jarayonlarni koʻzdan kechirdik.

Shuni aytish mumkin-ki, hokimlarning ish tartibiga favqulodda oʻzgarishlar ham kiritilib qolishi mumkin. Tezkor yigʻinlar bunga misol. Shu bois, tumanni koʻzdan kechirishdan oldin hokim bilan qisqa intervyu qilishga, u qanday qilib bu yoʻlni bosib oʻtgani, yaqin kelajakdagi rejalarini bilish uchun.

-  Anvar Nazarovich, mutaxassisligingiz kim va hokim boʻlgunga qadar qaysi sohada faoliyat yuritgansiz?

Uchta oliy taʼlim muassasasini bitirganman: Jahon tillari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Oʻqishni bitirgach, bir korxonaga tarjimon boʻlib ishga kirib, u yerda bosh menejerlikka koʻtarilib, keyin korxonaga direktor boʻlganman. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashimga kelsak, oʻsha vaqtda Oʻzbekistonga polimerlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan mikrokaltsit kimyoviy moddasi import boʻlib kirardi. Ana shu mahsulotni mahalliylashtirishga qaror qilib, Xitoydan kredit evaziga kerakli uskunalarni xarid qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydim. Shundan soʻng yana bitta korxona ochdim  bu – bugungi kunda innovatsion loyiha hisoblanadi – mebel va plastmassadan boʻlgan jihozlar sathidagi lakni bir soniyada ultrabinafsha nuri yordamida qotirish.

Soveщaniye u xokima Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Soveщaniye u xokima Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

-  Unda qanday hokim boʻldingiz? Umuman, nega tadbirkorlik sohasidan chekinib, oʻzingizni davlat boshqaruvida sinab koʻrishga qaror qildingiz?

Umuman, muhim loyihalarda ishtirok etish menga hamisha qiziq boʻlgan. Hokimlik esa shaxsan menga oʻz ustimda ishlash va oʻzim rahbarlik qilayotgan tuman taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini beradi.

Ammo birdaniga hokim boʻlib qolgan emasman. Bilsangiz, 2017 yilga qadar Toshkent shahriga qarashli tumanlarda tuman kengashlari boʻlmagan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Nega tumanlarimizda kengashlar yoʻq”, degan tashabbuslaridan keyin eksperimental tariqasida saylovlar boʻlib oʻtdi va tumanlarda kengashlar tashkil qilindi. Oʻshanda OʻzLiDep partiyasi vakili edim, menga kutilmaganda deputatlikka nomzodingizni qoʻysak, deya taklif berishgan.

Albatta, birdaniga rozi boʻlgan emasman, koʻp oʻylaganman, nima qila olishim, qanday vakolatga ega boʻlishim haqida.

Beseda s xokimom Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvarom Sayfutdinovыm
Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Beseda s xokimom Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvarom Sayfutdinovыm

Shu tariqa, menga bildirilgan ishonch tufayli Yunusobod tumaniga deputat sifatida saylanganman.

Meni deputatlar kengashi raisi oʻrinbosari etib tayinlashgan edi. Bu orada tumanda hokim oʻzgardi, hokimda deputatlik mandati boʻlmagani tufayli, men vaqtincha kengash raisi vazifasini bajara boshladim. 2019 yilgacha oʻsha huddudda komunnal, byudjet sohasi, bogʻcha va maktablar sharoitini yaxshilash masalalari ustida ishladik.

Keyin sentyabr oyida Toshkent shahridagi tumanlarning birini boshqarishni senga topshirsak, degan taklif kelib tushdi. Bu katta masʼuliyat, lekin bu kabi takliflar har doim ham boʻlavermaydi. Hokim etib tayinlanganimdan keyin “Kerakmidi shu senga?”, degan savolni juda koʻpchilik berdi.

Tadbirkor boʻlsang, ishlab chiqarish korxonalaring boʻlsa, senga kerakmidi, deyishdi.

Hozir mana yangilanayotgan Oʻzbekistonga butun dunyo guvoh boʻlmoqda. Meni nazdimda, bu jarayonni oʻzida qatnashish bir baxt.

- Deputat sifatida faoliyat yuritgan boʻlsangiz-da, oʻzingiz uchun mutlaqo notanish hududga rahbar boʻlib keldingiz. Ishni nimadan boshladingiz?

Dastlabki uch kun davomida hujjatlar bilan tanishib, ishni nimadan boshlashim toʻgʻrisida rejalar tuzib oldim. Huddudda 21 ta mahalla, 14 ta maktab, bitta “Barkamol avlod” badiiy ijodiyot markazi, 22 ta bogʻcha bor edi. Ishni poliklinika, koʻp qavatli uylar soni boʻyicha barcha maʼlumotlarni toʻplab, qoʻlimga karta olib grafik asosida, mahallama-mahalla piyoda yurib, tumanni oʻrganishdan boshladim.

Bir oy davomida menda tanishuv jarayoni ketgan: mahalla, oqsoqollar, faollar, tumandagi tuzilma va boshqarmalar boshliqlari, hudud muammolari bilan...

Nima ish qilayapti, rejasi qanaqa, nima ishlarni amalga oshirdi va yana qanday ishlarni amalga oshirmoqchi, hamma-hammasi bilan tanishdim.

Mana, toʻrt oyni ichida tumanning qayerida qanday muammo bor, ipidan-ignasigacha bilib oldim, desam ham boʻladi.

-  Tumanni oʻrgandim, dedingiz. Rahbar sifatida qanday xulosaga keldingiz, qaysi soha tumanning taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin?

Yakkasaroy – Toshkent shahridagi 11 ta tumanning ichida eng kichik tuman hisoblanadi. Va u Toshkent viloyati bilan chegaradosh boʻlmagan yagona tumandir. Qolaversa, kvadrat metrda hisoblaydigan boʻlsak, Yakkasaroy tumani aholi jon boshiga eng zich joylashgan tuman.

Aholisi kam, hozir 115 ming, lekin maydoni (1460 kv metr (1,5 ming gektar) ga nisbatan eng zich joylashgan tuman hisoblanadi. Bu yer markaz.

Zdaniye maxallinskogo komiteta Kushbegi
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Zdaniye maxallinskogo komiteta "Kushbegi"

Keyin, barchaga maʼlumki, Yakkasaroy tumani poytaxtga samolyotda kelib qoʻnadigan har bir sayyoh uchun ostona hisoblanadi. Aeroportdan koʻprikka chiqib, undan tushishingiz bilan Yakkasaroy tumaniga kirib borasiz.

Shu bois bu tumanni turistik hudud – biznes markazga aylantirish fikri keldi. Mana, bu haqda OAVlarda ham eʼlon qilindi, tumanimizda Bobur va Muqimiy koʻchalari kesishmasida – aeroportdan tushishingizda chap tomonda Yakkasaroy KSZ (MPZ) bor edi. Shu MPZ oʻrnida avval Tashtekstil boʻlgan (1946 yilda qurilgan). Tumanga rahbar boʻlib kelishim bilan mana shu kichik sanoat zonasining ichiga kirib, tanishganman. U yerdagilar oʻzimga oʻxshagan tadbirkorlar edi. Vaziyatni oʻrganganimda, shunday muammolar kelib chiqdiki, u yerda ishlab chiqaruvchilar uchun rivojlanish imkoniyati yoʻq. Bitta joyda qisilib qolgan, atrofini turar-joylar oʻrab olgan. Keyin ularning yana bir muammosi ishchilar bilan bogʻliq ekan. Bitta korxonaga kirganimda, 370 nafar ishchisi bor ekan, ularning 350 nafarini Toshkent viloyatidan har kuni ertalab avtobusda olib kelib, avtobusda yana uylariga olib borib qoʻyishar ekan. Xullas, butun holatni oʻrgangandan keyin bu kichik sanoat zonasini Toshkent shahrining chetiga – Sergeli SARga koʻchirish fikriga keldik. Sanotat zonasining oʻrniga yaqinda eʼlon qilingan Kecha va kunduz – ikki osmonoʻpar bino loyihasi amalga oshiriladi.

Stroitelstvo mnogoetajnыx domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Stroitelstvo mnogoetajnыx domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Bilasmizmi, dunyoning qaysi davlatiga bormang, xoh u Xitoy boʻlsin, xoh Koreya yoki Malayziya, poytaxtida ishlab chiqarishlar yoʻq. Pekinga koʻp borganman – u yerda oʻrtada, poytaxt markazida biznes-tsentrlar, mehmonxonalar, doʻkonlar, kinoteatrlar xullas, xizmat koʻrsatuvchi obʼyektlar qurilishi rivojlangan.

Biz ham bu markazda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishimiz mumkin va bunga imkoniyat katta. Shu paytgacha Rossiya, Xitoy, Koreya davlatlaridan kelgan bir nechta investorlar bilan gaplashdim, bu tumanda ular faqatgina mehmonxona, biznes-tsentrlar qurish takliflari bilan kelishayapti.

Albatta, iqtisodiy koʻrsatkichlarni ham tahlil qildim. MPZ birinchi ochilganida 45 million dollarlik eksport boʻlgan. Bu yaxshi koʻrsatkich. 2018 yilga kelib 33 millionga tushgan. 2019 yilga kelib bu koʻrsatkich 26 million dollardan sal oshiqni tashkil qildi.

Dinamikada pasayish ketayapti. Buning sababi, yuqorida aytib oʻtganimdek, korxonalarda rivojlanish imkoniyatining yoʻqligi. Yer davlatniki, tadbirkorlar ijarada oʻtirishadi, ijaradagi obʼyektga hech bir tadbirkor pul tikmaydi. Tadbirkor qachon pul tikib, rivojlanadi – oʻsha joy oʻziniki boʻlsa. Sergeliga biz ularni shunday shart bilan koʻchirayapmizki, u yerdagi joy tadbirkorning xususiy mulki boʻladi.

-  Bir narsani tushuntirib berishingizni xohlardim, deylik, kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar Sergeliga koʻchdi ham deylik. Shu paytgacha byudjetga MPZdan kelib turgan daromad toʻxtaydiku. Bu vaziyatdan qanday chiqmoqchisiz?

Toʻgʻri, MPZdagilarni Sergeliga koʻchirib, boʻshagan joyning oʻzida yangi loyihani amalga oshirguncha orada 2-3 yil oʻtadi. Toʻgʻri, qiyin boʻladi. Oson boʻlmaydi, juda qiyin boʻladi. Pasayayotgan koʻrsatkich ham yoʻq boʻlib qoladi, eksport koʻrsatkichi ham, byudjetga soliqdan tushayotgan tushumlar ham yoʻq boʻladi. Gap ham eshitarman balki, tushadigan koʻrsatkichlar uchun, lekin... Bu ertangi kunni koʻzlab qilinayotgan ish. Koʻrsatkich tushayotgan boʻlsa ham, boʻlayaptiku, deb oʻtiraversak – kelajagimizga oʻzimiz bolta urgan boʻlamiz. Chunki ishlab chiqarishni oʻldirib, keyin koʻchirish – katta xato boʻladi.

Suhbatimizni hokimning ish kuni nechadan va qanday boshlanishi haqidagi savol bilan davom ettiraman.

-  Matbuotni oʻqishdan boshlayman, deydi u.

Toʻgʻrisini aytsam, ish kuni 8:00 dan boshlanadi. Yoʻl-yoʻlakay tuman haqida OAVda chiqqan xabarlarni koʻzdan kechiraman. Keyin ijtimoiy tarmoqda matbuot-xizmatimiz tomonidan eʼlon qilinayotgan xabarlarni ham albatta oʻqib chiqaman. Xato bilan yozishlarini va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokama boʻlishini xohlamayman, deya tushuntiradi hokim.

Plan po kapitalnomu remontu shkolы №319 Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Plan po kapitalnomu remontu shkolы №319 Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Sayfutdinovning aytishicha, har kunlik ish kunini bir kun oldin kechga rejalashtirishni qatʼiy odat qilib olgan. Bu rejadan uchrashuvlar, tadbirlar, shaharni koʻzdan kechirish va oxirgi vaqtlarda hatto kadrlarni almashtirish masalalari ham oʻrin olmoqda.

«Albatta, rejadan chiqmaslikka harakat qilaman, lekin zarurat tugʻilgan taqdirda ham, belgilangan ishni oxiriga yetkazaman. Aks holda bu nafaqat mening, balki butun hokimlik xodimlari ish rejasiga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin», deya tushuntiradi suhbatdosh.

Anvar Sayfutdinovning aytishicha, davlat rahbari tomonidan qoʻyilgan – xalq bilan muloqot, fuqarolar bilan hamkorlikdagi ochiqlikni taʼminlash maqsadida kelgan kunidan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni jonlantirishga harakat qilmoqda. «Men kelganimda misol uchun Telegram kanalimizdagi kuzatuvchilarimiz soni 200 ta edi. Bugun 800 ga yaqinlashdi. Toʻgʻri, agar shu paytgacha tanishlarimga iltimos qilib kanalimizga aʼzo boʻling, desam ehtimol aʼzolar soni 10 mingdan oshardi ham. Lekin men buni xohlamayman. Men sinab koʻrmoqchiman, qani oʻz kuchimiz bilan qancha fuqarolarni safimizga jalb qila olamiz ekan», – deb hikoya qiladi ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat haqida hokim.

Buning barchasi, uning aytishicha, tuman taqdiriga befarq boʻlmagan har qanday inson bilan tezkor qayta aloqada boʻlish, muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish yoki yaqin kelajakdagi rejalarni belgilab olish uchun zarur.

Hokim bilan davom etgan ushbu suhbatimizdan soʻng shaharni aylanishga yoʻl olamiz. Bugungi kun tartibidan bir qancha mavzular oʻrin olgan edi.

Tibbiyot qurilishi ishlari bilan tanishish, obodonlashtirish holatini koʻzdan kechirish, yoshlar bilan uchrashuv, masjid qurilishi shular jumlasidan…

Katta qurilish maydoni

Kunning birichi yarmida «Armugʻon» MFY hududidagi tibbiyot tashkiloti qurilishi va bir nechta MTTda kechayotgan rekonstruktsiya jarayonlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan edi. Yoʻl davomida sizning poytaxt markazida ekanligiga shubha qoldirmaydigan mahobatli binolar, brendlar nomlari yozilgan qator doʻkonlar koʻz oldimizdan miltillab oʻtib boraveradi.

Aksariyat joylarda atrofi devor bilan oʻralgan qurilish maydoni.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Stroyploщadka v Yakkasarayskom rayone, gde poyavyatsya torgovo-razvlekatelnыy kompleks, gostinitsa i jiloy dom

Kuzatuvlarimni kuzatib borayotgan hokim izoh beradi: «Yakkasaroy kichkina tuman boʻlgani bilan, eng koʻp qurilish obʼyektlari bugun shu huddudda kechmoqda. 111 ta qurilish obʼyektlari bor. «Snos»lar koʻp… Toʻpolon, janjal, tushunmovchiliklar shu «snoslar» tufayli. Toʻgʻri tushuntirish targʻiboti yoʻqligi tufayli odamlarda qoʻrquv paydo boʻlgan. Shu bois joylarga chiqib tushuntirishga ham toʻgʻri keladi koʻpincha».

Yoʻl-yoʻlakay suhbatdan maʼlum boʻladiki, Anvar Sayfutdinov tuman hokimi etib tayinlangan kundan boshlab byudjet mablagʻlarini ijtimoiy obʼyektlar rekonstruktsiyasiga yoʻnaltirgan: jumladan, nochor ahvoldagi bogʻchalar va maktablarning taʼmirlash ishlariga.

«Lekin bu ishlarni amalga oshirishdan oldin tuman kengashi sessiyasini yigʻib, har bitta deputatga nega bu mablagʻlarni aynan shu bogʻcha yoki maktabga yoʻnaltirayotganimni tiyin-tiyinigacha asoslab tushuntirganman. Byudjet puli – bu xalqni puli. Deputat xalqning vakili, shu bois ularning roziligini olish shart. Ish uslubimda, hammani fikrini bilib, qaror qabul qilish tarafdoriman, bu borada demokratman», deya qoʻshimcha qiladi u.

Fayzli Toshkent va yolgʻonni yoqtirmaydigan hokim

Armugʻon mahallasida qad rostlayotgan DTSP bemorlari uchun Markaziy Osiyoda yagona boʻladigan tibbiyot muassasasi qurilishi bilan tanishgach, hokim atrofni tozalab yurgan obodonlashtirish boshqarmasi ishchilariga ishora qiladi. «Yana bularni bizni kelishimizga atay uyushtirdi, deb oʻylamang. Meni kelishimni eshitganlar shu yerni tozalashga kirishgan boʻlishlari ham mumkin, lekin obodonlashtirish ishlarini hech kimga aytmay borib tekshirishni afzal bilaman. Menga yolgʻon gapirish yoki aldashga urinish befoyda. Aytgancha, mana bu (qarshimizda turgan transportga ishora qiladi) press qiluvchi transportni ham byudjet mablagʻiga xarid qilganmiz. Chiqindilarni presslab, tezda toʻkib keladi. Harakatlanishi oson va qulay».

Novыe avtomobili po sboru musora v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Novыe avtomobili po sboru musora v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

MTTlar rekonstruktsiyasi jarayonini koʻzdan kechirgani yoʻl olamiz.

Qiyshiq devor va uddaburro pudratchilar

Sayfutdinov hokim sifatida bogʻchalar va maktablar qurilishiga pul ajratgan kundan boshlab qurilish jarayonini tez-tez oʻzi borib nazorat qiladi.

«Koʻp ishlar menga yoqmadi ochigʻi. Bir kun kelsam, bogʻchalarning birida devorlarning biri oʻrtasi pastlab qolgan. Kolonna qoʻyilmagan. Pudratchi bilan shartnomani bekor qilishgacha janjallashib, qurilish jarayonini boshqatdan bajartirdim». – deydi u.

Remont shkolы v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Remont shkolы v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta

MTTlarni aylanish jarayonida hokim baland qoʻyilgan isitgichlar boʻyicha eʼtiroz bildiradi, nega ovqat uzatadigan darchani kolonna toʻsib turganini soʻraydi va bu qoʻpol xatoni ham darhol tuzattirish boʻyicha koʻrsatma beradi. Prezidentning beshta tashabbusi boʻyicha qurilayotgan binoning hali ham rejasi yoʻqligi uchun MTT rahbari ham qattiq eʼtiroz eshitadi.

Xullas, hokimning bogʻchalarga reydi bu birinchi marta emas. Shu bois, qurilishni amalga oshirishni boʻyniga olgan pudratchilar ham ishni qoʻl uchida bajarish oʻtmasligini yaxshi anglab olishgan koʻrinadi…

Yoʻllar muammosi

Yakkasaroy hokimi yoʻllar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham rejalari bilan oʻrtoqlashadi.

«Piyoda yursangiz, yoʻllar muammosini koʻrasiz. Albatta, Yakkasaroy tumanida asfaltlar yomon deb boʻlmaydi. Chunki bizlarda oʻzi ikkita markaziy koʻcha bor, ularning ahvoli yaxshi. Lekin ichki yoʻllarda kamchiliklar bor. Ularning hammasini oʻrganib, hisob-kitob qildik. Bu yil ozgina ishimiz qolgan, shuni amalga oshirsak, Yakkasaroy tumanidagi 80-90 foiz yoʻllarni taʼmirdan chiqargan boʻlamiz», - deydi hokim.

Sostoyaniye dorog vnutri odnoy iz maxalley Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Sostoyaniye dorog vnutri odnoy iz maxalley Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Hokimning aytishicha, bu yil Yakkasaroydan Sergeliga koʻprik qurilishi rejalashtirilmoqda. Agar bu yil mablagʻ yetsa quriladi, ikkita yoʻl boʻlsa, tirbandlik muammosi ham oʻz yechimini topadi, deya yangilik bilan boʻlishadi u.

Rahbarlar 20 yil keyinni oʻylab ish qilishi kerak

Yaqin oʻn yilda bogʻchalarga navbatlar hosil boʻlishi mumkin.

MTTlarni rekonstruktsiya jarayonini koʻzdan kechirish davomida Sayfutdinov bogʻchalarga Yakkasaroyda qamrab olinish masalasi haqida ham gapiradi.

Detskiy sad v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Detskiy sad v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta

«Bu men uchun eng ogʻriqli masalalardan biri. Boya suhbatimizda aytganimdek, bugun Yakkasaroyda 111 ta qurilish obʼyekti amalga oshirilayotgan boʻlsa, tasavvur qiling, nechta koʻp qavatli uylar qurilayotganini. Bugungi kunda bogʻchalarga qamrab olinish koeffitsiyenti yaxshi boʻlgani bilan, bugungi kunda rahbarlar bugungi kunnigina inobatga olib emas, 20 yil oldinni oʻylab rejali ish qilishlari kerak. Hozirgi hisob-kitoblarimga qaraganda, yaqin 3 yilda tumanda aholi soni 30 mingga oshishi ehtimoli bor. Muammo oʻshanda paydo boʻlishi mumkin. Shu bois, hozir takliflar tayyorlayapman. Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan bu masalani oʻrganib, qaror qabul qilishimiz kerak boʻladi», - deydi hokim.

Mnogoetajnыe doma v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Mnogoetajnыe doma v Tashkente

Anvar Sayfutdinov, shuningdek, tuman maktablarining kompyuterlashtirish boʻyicha rejasi bilan ham oʻrtoqlashdi.

«Maktablarimizning quvvatlarini oshirish boʻyicha bugun ishlar bajarilmoqda. Lekin taʼlim maskanlarini kompyuter xonalari bilan taʼminlash ham oʻz oldimga qoʻygan muhim vazifalardan biri hisoblanadi».

Hokim shuningdek, maktablardagi ikki smenali oʻqishga ham qarshiligini taʼkidlaydi: «Boʻlishi mumkin emas. Demak qoʻshimcha maktablar qurish kerak. Tumanimizda boʻsh joy muammo boʻlgani uchun, bu masalani yaxshilab oʻylab koʻrish kerak boʻladi».

Doʻstlik bogʻi saqlab qolinadimi?

Ijtimoiy obʼyektlardagi qurilish jarayonini koʻzdan kechirib, yoshlar bilan uchrashuvga yoʻl olar ekanmiz, yoʻl chetida xuddiki mungʻayib turgan ulkan bogʻga koʻzim tushadi.

Hokimning aytishicha, tumanda madaniy xordiq chiqarsa boʻladigan – tinch joylardan biri shu «Doʻstlik» bogʻidir. Bogʻ yaqin yillarda oʻzgacha chiroy ochishi kutilmoqda.

Sayfutdinov ushbu bogʻni saqlab qolish boʻyicha xalqdan juda koʻplab murojaatlar olganini va mutasaddilarga yetkazganini aytadi: «Yangi investorga bogʻni saqlab qolish sharti bilan berishayapti. Byudjet mablagʻlari ijtimoiy obʼyektlardan ortmayotgani uchun, bilasiz, investor ham foyda boʻlmasa hech narsa qilmaydi, rekonstruktsiya evaziga unga bogʻning koʻcha tarafidagi bir qismini berib, asosiy qismi qoldirishga kelishganmiz».

Hokim va yoshlar uchrashuvi

Sayfutdinov nafaqat mahalliy aholi, balki yoshlar bilan uchrashuvlarni oʻzining ish faoliyatining bir qismiga aylantirgan. «Prezidentimiz oʻz chiqishlarida rahbarlarning yoshlar siyosatidagi masʼuliyati haqida gapiradilar. Yoshlar bizning kelajagimiz, ularning nimalarga qiziqishlariga shaxsan men befarq qololmayman», deydi u.

Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov v odnoy iz shkol goroda
Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov v odnoy iz shkol goroda

Hokim bilan uchrashuvga 11 sinfning oʻndan ziyod oʻquvchilari toʻplanishgan. Sayfutdinov oʻquvchilarga maktabni bitirishlariga oz fursat qolganini eslatib, kim boʻlishni maqsad qilganliklari haqida soʻraydi. Yigʻilganlardan biri Singapur universiteti «Menejment» sohasini tanlashini aytsa, oʻquvchilardan yana biri Vestminster universitetiga imtihon topshirib, muvaffaqiyatli oʻtganini maʼlum qiladi va darhol hokimni savolga tuta boshlaydi.

U Yakkasaroy rahbaridan startaplarni boshlash, menejment uchun qaysi kitobni oʻqish foydaliroqligini soʻraydi. Hokim oʻquvchiga Deyl Karnegini oʻqishni maslahat beradi. Oʻquvchining bu kitobni oʻqib boʻlganman, degan javobiga «Ofarin, demak siz yanada chuqurroq bilim beradigan adabiyolarga oʻtishingiz kerak», deya maktab direktoriga kutubxonani yanada boyitish boʻyicha topshiriqlarini beradi.

Hokim bilan muloqot davomida yoshlar kelajakdagi eng talabgir mutaxassislik, bitkoin va kriptovalyutalar kelajagi, blogerlik masʼuliyati, kibersport singari mavzularda savol bilan murojaat qildilar.

Urok truda v odnoy iz shkol Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Urok truda v odnoy iz shkol Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Qirq besh daqiqa vaqt qanday oʻtgani sezilmadi ham. «Menga javob berasizlar endi, boshqa ishlar kutib turibdi», degan gapga yoshlar hokimga «Boʻldimi, ketasizmi?», deya uni qoʻyib yuborishni xohlamagandek javob qildilar.

Tuman rahbari bilan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirganiga shubha yoʻq edi.

Tashqariga chiqqanimizda hokimga yoshlarning qiziquvchanligini eʼtirof etaman. Javoban: «Yoshlarimizning oʻz tumani kelajagiga befarq emasliklari menga juda yoqdi. Maqtanish emas, lekin bizlarning yoshlarimiz – aqlli yoshlar, men bu gapni har safar takrorlashdan charchamayman», deydi. Uning yoshlar haqidagi gaplari chin yurakdan, faxr bilan aytiladi.

Dunyoga mashhur Rakat masjidi

Kunning ikkinchi yarmida butun dunyoga mashhur Rakat masjidi qayta qurilayotgan hududga yoʻl olamiz.

Stroitelstvo mecheti Rakat v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Stroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Rakat masjidining eski joyi Pedinstitut oʻrnida boʻlgan. 1954 yil Pedinstitut qurilishi davrida masjid buzilgan oʻshanda hozirgi masjid qurilayotgan hududdagi hovli egasi – Mirjalol ota oʻz hovlilarini masjidga hadya qilib tashlab ketgan ekan.  Shu tariqa, 1957 xalq xashari yoʻli bilan birinchi marta Rakat masjidi qurilgan. Bugungi kunda qurilish hajmlaridan bilsa boʻladiki, masjid maydoni yanada kengaytirilgan, salkam 21 sotix maydonni egallagan. Toʻrt ming kishi sigʻadigan masjid binosiga eskalator qoʻyish ham koʻzda tutilgan.

Stroitelstvo mecheti Rakat v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Stroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Masjid hududida erkaklar bilan bir qatorda ayollarning namoz uchun ham joy bunyod etiladi.

Masjid mahalliy aholi mablagʻlariga – hashar yoʻli bilan bunyod etilmoqda va muqaddas Ramazon oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Vid mecheti Rakat v Yakkasarayskom rayone Tashkenta posle zaversheniya stroitelstva
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vid mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta posle zaversheniya stroitelstva

Hokim haqida taassurotlar

Rahbarlik boshqaruviga tayinlanganiga hatto olti oy toʻlmagan hokim faoliyatini qanday baholash mumkin? Nazarimda, baho uning boshqaruv tuzilmasiga kiritayotgan oʻzgarishlari, oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari va bajarayotgan ishlariga qarab beriladi. «Ishdan natija olmasam, qoniqmayman. Natija boʻlmadimi, tamom, harakat qilganingni gapirmay deyman», degan soʻzlaridan bilsa boʻladiki, u talabchan va hatto qattiqqoʻl. Biroq, hech qachon oʻzi bilan birga ishlaydigan xodimlarni kutilmaganda ishdan boʻshatmasligi printsipi asosida ish yuritishi ham uni yaxshi menejer sifatida taʼrif berilishiga sabab boʻladi.

Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov
Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov

«Birinchi kelgan kunimdan komandamdagi har bir xodimni oʻrganishga harakat qilsam-da, men har bir kishiga imkoniyat berish kerak, degan qoidaga amal qilaman. Agar xodim oʻziga yuklatilgan vazifasini bajara olmasa, uni birdan ishdan boʻshatmayman. Avvaliga suhbatlashib, u oʻziga mos joy topishiga imkon yarataman. Shu paytgacha komandamizda ikki xodimni almashtirdim. Ammo rotatsiyasiz birorta xodim Yakkasaroy hokimiyatidan ishdan ketmaydi», - deydi u.

Insonparvarlik, yoshlar kelajagiga daxldorlikka suyangan siyosatga tayanib, ayni vaqtda Yakkasaroy kelajagi istiqbolli, deya umid qilish mumkin. Shunda ham hammasini vaqt koʻrsatadi…

Asosiy mavzular