23:43 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
2313 0 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada boʻlganida SSSRni Ikkinchi Jahon urushining aybdorlaridan biri deb atadi.

TOSHKENT, 29 yanvar - Sputnik, Anton Lisitsin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada boʻlganida SSSRni Ikkinchi Jahon urushining aybdorlaridan biri deb atadi. U shuningdek, Aushvits kontslagerining Jitomir va Lvov boʻlinmalari tomonidan ozod qilinganligini taʼkidladi. Zelenskiyning rezonansli bayonotlari Kiyevga Polsha Prezidenti Andjey Duda tomonidan qilingan taklifning taʼsirini kuchsizlantirdi. Varshava qoʻshnidan nimani xohlamoqchi, RIA Novosti materialida.

Vayronalar qahramoni

Motam tadbirlarining birinchi kunida Polsha prezidenti Aushvitsdagi marosim ishtirokchilari "ushbu va boshqa lagerlarda, gettolarda va qatl etilgan joylarda oʻlgan barcha olti million yahudiylarga hurmat bajo" keltirishlarini aytdi. Butun dunyoga murojaat qilar ekan, u kontslager qurbonlari orasida boʻlgan Qizil Armiya va hatto Sovet harbiy asirlarini ham esladi. Darvoke, Parijda soʻzga chiqqan Emmanuel Makron "kontsentratsion lager hududiga tikanli simlar ortiga kirgan Qizil Armiyaning jasur askarlari" haqida ham gapirdi. "Oʻsha paytda ular milliondan ortiq odam oʻlgan ulkan ommaviy qabr kuli ustida yurishayotganini bilishmas edi", deb qoʻshimcha qildi Frantsiya prezidenti. Ammo Duda va Makronning ukrainalik hamkasbi kontslagerda omon qolganlar oldida chiqish qilar ekan, Qizil Armiya haqida gapirishni lozim topmadi.

Biroq, ertasi kuni Polsha rahbari ham ritorikani almashtirdi. Ukraina prezidentiga murojaat qilib, u Kiyev va Varshava uchun boshqa yaqinlashtiruvchi jihatlarni esga olishni oʻrinli deb bildi: "Men prezidentga birgalikda 1920 yilda bolsheviklar hujumiga qarshi chiqqan Polsha va Ukraina askarlarining xotirasini sharaflashni taklif qildim. Bir tomondan, bolsheviklarga qarshi kurashgan Polsha askarlari, biz baʼzan, majoziy maʼnoda, Pilsudskiyning askarlari deb atagan, boshqa tomondan, Petlyura va uning jangchilari edi ”.

Polsha prezidenti  bejiz Simon Petlyurani eslamadi. Varshava uchun bu tarixiy shahs juda qulaydir. 1918 yilda Galitsiya va Volыnda Gʻarbiy Ukraina Respublikasi eʼlon qilindi, keyinchalik u Polsha armiyasi tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Ammo 1919 yil yanvarida ZUNR Ukraina Xalq respublikasi direktoriyasi bilan "akt zluki" (birlashish akti)ni tuzishga muvaffaq boʻldi. Bugun rasmiy Kiyev ushbu tadbirning yubileyini nishonlamoqda, 22 yanvar Birlashish kuni deb eʼlon qilingan. Ammo keyin Ukraina millatchilari uchun hodisalar keskin rivojlana boshladi. UNR qoʻshinlari Qizil Armiya va Rossiyaning janubidagi (Denikin) qurolli kuchlarning rivojlanib borayotgan qismlarini yoʻq qildi. Bunday sharoitda ZUNR"akt zluki" (birlashish akti)ni qoraladi, uning qoʻshinlari oq gvardiyachilar tomon oʻtib ketishdi. Va UNR direktoriyasi rahbari Petlyura Varshavaning Volыn va Galitsiyaga boʻlgan huquqlarini tan oldi. Ukrainada bu hali ham milliy xiyonat harakati sifatida qabul qilinadi.

Petlyura oʻzining hayot yoʻlini juda ramziy ravishda yakunladi. Ukraina Direktoriyasining sobiq rahbari Parijda emigratsiya paytida yahudiy vayronlari uchun diktatordan qasos olgan Samuyel Shvartsburd tomonidan oʻldirilgan.

Frantsiya sudi Shvartsburdni oqladi

Ammo Zelenskiy Duda tomonidan taklif etilgan bunday qahramon bilan bahslashmadi, uning javobida u Osventsimni ozod qilishda Ukrainaning rolini taʼkidlashga urindi. "Biz Lvov diviziyasining 100-chi xujum batalonining barcha askarlarini hech qachon unutmaymiz, ular Poltava fuqarosi Anatoliy Shapiro boshchiligida lagerga kirishgan. Birinchi Ukraina frontining 322-chi diviziyasi askarlari bilan birgalikda (ular) lagerni ozod qilishdi", deb taʼkidladi Ukraina davlatining rahbari.

Zelenskiyning nutq yozuvchilariga Ukraina bilan bevosita bogʻliq boʻlib tuyulgan ikkala boʻlim ham Gorkiy va Vologda viloyatlarida tashkil etilgan. Biroq, Zelenskiy Osventsimdagi tadbirlarda ishtirok etgan kuni, Ukraina boshqa sabab bilan motam tutdi va boshqa "Lvov" boʻlinmasini esladi. Ivano-Frankovskda "Galitsiya" SS boʻlinmasining soʻnggi faxriysi Mixail Mulik vafot etdi. U ham lagerlarida mahbus boʻlgan – faqat sovet lagerlarida, va buni Ukraina matbuoti hamdardlik bilan taʼkidladi. Rasmiy shahs, Ivano-Frankovsk meri Ruslan Martsinkiv SS hodimining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Darvoke, "Osventsim asirlarini ozod qilgan ukrainaliklar" gʻoyasi 2015 yilda Ukrainaning oʻsha paytdagi bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk tomonidan ilgari surilgan. "Yetmish yil oldin tarkibida Jitomir va Lvov jangchilari boʻlgan Birinchi Ukraina fronti Ikkinchi Jahon urushining eng dahshatli lagerlaridan biri - Avushvitsni fashistlardan ozod qildilar", dedi u.

Oʻshanda Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetina ukrainalik hamkasbini qoʻllab-quvvatladi. U ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida "oʻsha yanvar kunida Ukraina askarlari shu yerda edilar, ular lager darvozalarini ochib, lagerni ozod qilishdi" deb aytdi.

"Rejimlar kelishuvi"

Ammo Zelenskiyning "Lvov" boʻlinishi haqida soʻzlari emas, balki Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining sabablari toʻgʻrisidagi soʻzlari eng koʻp aks sado berdi. "Polsha va uning xalqlari birinchi boʻlib totalitar rejimlarning toʻqnashuvini his qilishdi. Bu urush boshlanishiga olib keldi va fashistlarga Xolokostning oʻlim mashinasini ishga tushirishga imkon berdi", - dedi Zelenskiy.

Dudaga yoqishni xohlash, Zelenskiyning bir kun oldin gapirgan nutqidan kelib chiqqan janjal tufayli boʻlishi mumkin. Sobornost (Birlashish) kuni u mamlakatni tabrikladi va Fuqarolar urushi paytida "Polsha qoʻshinlari Galichinaning katta hududini egallab olishdi, Ruminlar Shimoliy Bukovinani egallab olishdi, Chexoslovakiyaga esa Zakarpatye oʻtdi" deb esladi.

Varshava va Praga Zelenskiyning chiqishlarini eʼtiborsiz qoldirdi. Buxarest esa, Ruminiya OAV xabar berishicha, izoh talab qildi. Ukrainaning Ruminiyadagi elchisi hamma narsani "notoʻgʻri tarjima va asossiz talqinlar" bilan bogʻladi, shuning uchun ular "Shimoliy Bukovinani ruminiyaliklar egallab olishdi" deb oʻqishdi. "Ushbu tarixiy viloyatlar xalqaro miqyosda tan olingan suverenitetga ega emas edi, shuning uchun ularni boshqa qoʻshni davlatlar tomonidan egallab olish okkupatsiya deb hisoblanmaydi", deb taʼkidladi diplomat.

Shimoliy Bukovinaning voqeasi Ruminiya uchun ogʻriqli, chunki bu hudud Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi edi, lekin 1918 yilda Buxarest uni oʻz nazoratiga olishga muvaffaq boʻldi, ammo 1940 yilda yoʻqotdi. Keyin Sovet Ittifoqi Shimoliy Bukovinani Ukraina SSR tarkibiga kiritdi. Ulugʻ Vatan urushi paytida Vermaxtga ittifoqdosh Ruminiya qoʻshinlari 1944 yilda ozod qilingan mintaqani yana egallab olishdi. Ruminiyalik tarixchilar bu voqealarni "Sovet bosqini" deb izohlashadi.

Ammo Kiyevning Polsha rasmiy ritorikasini soʻzsiz nusxalash istagi Moskvada tushunishni uygʻotmadi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml Zelenskiyning urushni sodir etganlar haqidagi bayonoti bilan mutlaqo rozi emas: "Ukraina prezidenti Polsha rahbariyatining oʻta notoʻgʻri nuqtai nazari bilan birlashmoqda. Bu oʻnlab million ruslar va MDH fuqarolari uchun haqoratlidir, ularning ota-onalari, bobolari, qarindoshlari Yevropani, shu jumladan Polshani fashizmdan ozod qilish uchun jonini fido qildi.

Umumiy xotira man etildi

Tarix fanlari nomzodi Mixail Diunovning fikricha, Dudaning Zelenskiyga "tarixiy muloqot" ni yoʻlga qoʻyish taklifi bir vaqta "ham trolling, ham hiyla-nayrang"dir. "Bir tomondan, ukrainaliklar oʻzlarining xoʻjayini uchun kurashuvchi Polshaning murudlari sifatida namoyon boʻlib qolyapti. Boshqa tomondan, Petlyura va Polsha oʻrtasidagi kelishuvning eslatilishi ushbu shartnoma shartlariga juda ishora qilib turipti: Polshaning sharqiy chegaralarini tan olish va Polshaga moyil ittifoqchi "Mejdumorye" alyansini yaratish istiqbollari. " - deb eslaydi tarixchi.

Diunovning fikricha, "Ukrainada hokimiyatga kelgan odamlarning xech narsani anglamasligi" siyosatga jiddiy taʼsir qilishi mumkin. "Agar Ikkinchi Jahon urushining boshlanishida SSSRning aybdorligi haqidagi gʻoyani ilgari sursangiz, darhol savol tugʻiladi: oʻsha paytda Ukraina nimaga chekada turgan? Shu bilan birga 1991 yilda, mustaqillik poydevorlaridan biri boʻlgan Ukrainaning merosxoʻrligi toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Va bu yerda Ukraina davlati Ukraina SSR va umuman SSSRning huquqiy vorisi ekanligi aniq koʻrsatilgan", - deya taʼkidlaydi RIA Novosti.

Varshava mantigʻiga rozilik mantiqiy natijaga olib kelishi mumkin, deydi Diunov: "SSSRga tajovuzda ayblash uchun qilingan har qanday urinish avtomatik ravishda Ukraina ayblanuvchilar qatorida birinchi boʻlib sudlanuvchilar qatoriga qoʻshilishiga olib keladi. Va, albatta, polyaklarda juda mantiqiy savol vujudga keladi: nega ukrainaliklar Galitsiya va Volыnga egalik qilmoqdalar va agar ular Germaniya bilan fitna natijasida qoʻlga kiritilgan boʻlsa, ularning qaytishi haqida oʻylash vaqti keldi."

Aytgancha, Zelenskiy nutqidan ikki kun oldin Polshada hukmron Qonun va adolat" partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy uning hukumati Ikkinchi Jahon urushidan nafaqat Germaniyadan, balki Rossiyadan ham yetkazilgan zarar uchun tovon pulini olishni istashini aytdi.

"Zelenskiyning pozitsiyasi muttasil izchil. Rossiyada negadir Ukrainada rahbariyatidagi shaxslarning oʻzgarishi siyosiy yoʻnalishni oʻzgartirishga olib keladi deb ishonilgan edi, ammo bu sodir boʻlmadi", deydi Milliy strategiya instituti xalqaro dasturlar direktori Yuriy Solozobov: "Ukraina, markazida ukrainaliklarning oʻzi joylashgan oʻzining tarixiy afsonasini yaratishga intilmoqda". Poroshenko paytida qabul qilingan dekommunizatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan, Ulugʻ Vatan urushi xaqida "umumiy xotirasi" taqiqlangdi. Zelenskiy ushbu millatchilik nutqni davom ettirmoqda, bunga uning kelib chiqishi va shaxsiy qarashlari taʼsir qilmaydi. Ukrainaning davlat mafkurasi mavjud va u bugungi kunda kim hokimiyat tepasida boʻlishidan qatʼi nazar faol ravishda targʻib qilinmoqda."

Solozobov nima uchun Varshava Kiyev mafkurasini Ukraina millatchilarini nafrat qilgan holda qoʻllab-quvvatlayotganini tushuntiradi. "Polsha oʻzini Ukrainaning advokati deb atadi va haqiqatan ham u 2014 yildagi mojarodan foyda koʻrgan Yevropadagi yagona mamlakatdir. Ikki yarim million ukrainaliklar Polsha iqtisodiyotining gullab-yashnashi uchun ishlamoqda. Bu ikkala tomon uchun ham juda muhimdir. Shuning uchun Zelenskiy Osventsimda polyaklar undan kutgan asnoda gapirdi. Agar Poroshenko davrida Polsha bilan ziddiyatlar va tarixiy xotira uchun urushlar boʻlgan boʻlsa, endi pragmatizm va yarashish boʻladi. Masalan, Poroshenko davrida man qilingan Polshaning Ukrainaning gʻarbiy mintaqalari bilan hamkorligi endilikda kuchaymoqda. Ehtimol Ukraina gʻarbi oʻzini "Kresov vsxodnix" (Polshaning sharqiy mintaqalar) deb xisoblasa kerak, lekin bu endi muhim emas. "Huquq va adolat" hukumat partiyasi dasturida qoʻshni mamlakatlar bilan strategik hamkorlik yoʻnalishi mavjud, bu mamlakatlarga muqaddam Rech Popolitaya tarkibiga kirgan mintaqalar kiradi ", - deya ogohlantiradi suxbatdosh RIA Novostini.

"Sxetina besh yil oldin Osventsimni ozod qilgan ukrainaliklar haqida gapirganda, uni masxara qilishdi. Bu bemaʼnilik hamma uchun ravshan edi. Endi bu xato bejiz emasligi ayon boʻldi. Bu endi kulgili tuyilmayapti, balki qasddan qilingan qadamga oʻhshayapti. Aslida, bu Kiyev va Varshavaning rasmiy pozitsiyasi ”, - deya xulosa qiladi Solozobov.

Asosiy mavzular