16:02 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
92700

Zubr deyarli XX asrning birinchi uchligida qirilib ketdi. Endi ularning populyatsiyasi tiklandi. Rossiyada qanday qilib yoʻq boʻlib ketgan tur qayta tiklangani bilan quyidagi maqolada tanishing.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Tatyana Pichugina. Zubr deyarli XX asrning birinchi uchligida qirilib ketdi. Endi ularning populyatsiyasi tiklandi. Ammo turli xil xavf-xatarlar mavjud: yaqin qarindoshlik chatishtirilishi, yaylovlarning yetishmasligi, brakonyerlar. Nodir turni saqlab qolishga genetik tadqiqotlar va naslchilik strategiyasiga yordam beradi. Prioksko-Terrasniy qoʻriqxonasining markaziy zubr parvarish qilinadigan joyda ish qanday rivojlanayotganligi RIA Novostining reportajida.

Muzlik davri ramzi

Zubrlar- Yevropadagi eng yirik sutemizuvchilar, muzlik davridagi megafaunaning bir qismi, mamontlar va junli qarkidonlar bilan yoshi bir. Ular Pireneyadan Gʻarbiy Sibirgacha, shu jumladan Kavkaz va Skandinaviya yarim orolida istiqomat qilishgan. Ularning tabiiy dushmanlari yoʻq edi va zubrlar iqlim isishi, muzliklar ketishi va bizning ajdodlarimiz boʻlmish kromanonetslar kengayishidan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Ammo zamonaviy odamlar juda shafqatsiz boʻlishdi. Ushbu magʻrur hayvonlarning ulugʻvor boshlari juda sharafli ov oʻljasi hisoblangan. Zubrlar, shuningdek, goʻsht va terilar uchun yoʻq qilindi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

1920-yillarda bir payt koʻp sonli populyatsiyasidan Yevropadagi xususiy fermalar va hayvonot bogʻlarida 48 donasi qolgan holos. Ilmiy hamjamiyat xavotirni koʻtardi va choralar koʻrishni boshladi.

Zoolog Mixail Zablotskiy uchun zubrlarni qutqarish hayotiy masalaga aylandi. U zubrlarga parvarishxonaga joy qidirib, butun Rossiyani aylanib chiqdi. Transport infratuzilmasi nuqtai nazaridan bemalol, keng bargli oʻrmonlar va turli xil oʻtlari bor oʻtloqlar mavjud joy kerak edi. Olim Moskva viloyatining janubiy chegarasida, Oka daryosining oʻng qirgʻogʻida oʻrmon uchastkasini tanladi.

19-asrning oxirida biologlar bu joyda oʻrta mintaqaga  hos boʻlmagan dasht oʻsimliklari jamoalarini, yaʼni Oka florasini aniqladilar. Hisoblanishicha, u muz davridan oldingi davrlardan kolib ketgan. Noyob ekotizimni saqlab qolish uchun 1945 yilda Prioksko-Terrasniy qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1948 yilda uning tarkibida zubr zotini rivojlantirish uchun parvarishhona tashkil etildi. Bu 200 gektar keng bargli oʻrmon, hoʻl archa oʻrmonlari va oʻrmonli botqoq bilan oʻralgan himoyalangan eman oʻrmonlari. Polshadan beshta naslli zubr olib kelindi - turning tiklanishi ulardan bilan boshlandi.

Kim bosh

- Avgusha! Avgusha! - zubr parvarishxonasining rahbari Irina Zemlyanko, tanish ovozga javob berishiga umid qilib, oʻz yoqimtoyini chaqirdi. Lekin zubr shunchaki oxuriga yopishgan va hatto quloq ham qimirlatmadi.

“Yoʻq, u pichandan oʻzini ololmaydi", Irina xoʻrsinadi va shosha-pisha ortida kichik poda joylashgan yashil panjara boʻylab yuradi. Zubrlar itoat bilan ovqatlanish uchun navbat kutmoqda. Ularning orasida kulrang-qizil rangdagi moʻynali nozik oyoqli buzoqlar yuribdi. Ular bu kuzda tugʻilgan.

Va nihoyat Avgustin laqabli buqa oxuridan chekinmoqda, ammo shundan keyin urgʻochisi Mutaha ortidan ketdi. Ularning orasidagi aniq ishqiy munosabatlar. U boshini uning yoniga egadi, hidlaydi, lablarini quloqlariga tegizadi, faqat zubrga xos tovush beradi - hansiraydi. Urgʻochi esa uning qudratli yelkasiga yopishadi, yoniga suriladi va zavq bilan koʻzlarini yumadi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

- Avgustin ajoyib oilaparvar. Men u urgʻochilar va nasli bilan qanday munosabatda boʻlishi haqida uzoq vaqt aytib berishim mumkin. Yaqinda zubrlarning bir guruhi keltirilgan edi, uchta oʻspirin buzoqcha volyerga uchib kirishdi va u kichkina buzoqchalarni himoya qilish uchun qatʼiy turdi. Kuzda unga yosh bir urgʻochi olib kelindi va sigirlar darhol unga hujum qilishdi. Shunda u shu urgʻochi tinchgina ovqatlanishi uchun yonida olti oy yurdi, Irina uning qaramogʻidagi hayvonning olijanobligi misollarini keltiradi va boshqa qoʻraga yaqinlashadi.

- Muchadr! Muchadr! Balki turarsan? Oʻgʻlim! Oʻgʻlim! - deydi u. Yana behuda. Ulkan buqa tinchgina yerda yotadi.

- Unga tegib boʻlmaydi. U odamlarni, ayniqsa erkaklarni yoqtirmaydi. Ularga tashlanadi. Baʼzida biz volyerda ishlashlari uchun zubr qarovchilari bilan birga kirishimizga toʻgʻri keladi.

Bir oz narida  poda dam olmoqda. Hayvonlar butun boʻyiga choʻzilib yotadilar.

- Bu ularning eng yaxshi dam olish holati - toʻliq dam olish, ular qorni toʻq va mamnun.

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

Yaxshi parvarish - yaxshi nasl

Tabiiy sharoitda, zubrlar 10-15 bosh podalarda yurishadi. Podada ular guruhlarga boʻlingan: sigirlar buzoqlari bilan, erkin sigirlar, yosh narlari. Zubrlarda matriarxat -  hamma katta urgʻochiga boʻysunadi.

Parvarishxonada hayvonlarning xatti-harakati biroz oʻzgaradi. Har kuni ular qoʻrgʻonning chegaralarini aylanib chiqadilar, hududini belgilaydilar va juda ehtiyotkorlik bilan, baʼzan tajovuzkor boʻlib, uni qoʻriqlaydilar. Urgʻochilar har yili bolalaydi. Qishda, podalar doim ozuqa va pichan bilan ohurlar yaqinida joylashadi. Bu parvarishhonaga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt: zubrning barcha guruhlari toʻliq koʻrinishda.

Bahorning oxirida ular zich barglar ichida yashirinib, volyer ichiga koʻchib utadi. Ammo sayyohlarning koʻngli qolmasligi uchun namoyish volyerida har doim zubr nafaqaxoʻrlari bor.

Parvarishxonaning xodimlari har qanday ob-havoda kuniga ikki marta hayvonlarni boqadilar, doimo ichimlik suvi borligiga ishonch hosil qiladilar, koʻralarini goʻngdan tozalaydilar, tahlillarini oladilar. Traktorning ovozi zubrga juda yoqadi: demak ularga mazali taom keltirilmoqda.

Yil oxirida yetishgan zubrlar mamlakatning milliy bogʻlariga yuboriladi. Yosh hayvonlar erkinlikka osonroq moslashadi va yoshi kattaroq urgʻochi yoki erkak rahbarligida podani tashkil qiladi.

2017 yilda shundayn guruxlardan biri, 12 zubrdan iborat bitta guruh parvarishhonani boʻrondan shikastlangan panjara orqali tark etishdi. Bu haqiqiy favqulodda holat edi. Ularni xarakati bir necha hafta davomida havodan kuzatilib, harbiylar va koʻngillilar bilan birga tirik zanjir bilan qaytarildi.

Genetika yordamga keladi

Soʻnggi yillardagi genetik tadqiqotlar zubr va ularning eng yaqin qarindoshlari -bizonlarning tarixida koʻp narsani aniqladi. Ikkala tur ham taxminan 1,5 million yil oldin yovvoyi qisqa shoxli oʻrmon hoʻkizidan kelib chiqqanligi maʼlum. Ajralish hayvonlarning bir qismi Yevraziyadan Beringiya orqali Shimoliy Amerikaga yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun tark etganlarida boshlangan.

Oʻshandan beri Beringiya oʻrnida uch marta boʻgʻoz paydo boʻldi, tuyoqlilar oʻz vatanlaridan ajralib qoldilar va koʻp ming yillar davomida bizonlarga aylandilar. Endi ularning ikkita kenja turi mavjud: dasht va oʻrmon turlari.

Yevropada zubrning ikkita kichik turi asta-sekin shakllandi - dasht (u asosiy yashash joyiga oʻxshab belovejskiy deb ataladi) va Kavkaz. Rossiyada tiklash belovejskiy turidan va Kavkaz laqabli haqiqiy "togʻlik" bilan boshlandi.

Zubr va bizonlar oʻxshash boʻlib, aralash naslini beradi. Ammo yashash sharoiti, tashqi koʻrinishi va xulq-atvori har xil. Bizon rangi toʻqroq, tananing old qismi kengroq, bashang junlar bilan qoplangan. Boshida - jun shlyapa, oyoqlarda - jun shim; may oyidagi yashil maysa fonida yangi tugʻilgan chaqaloqlar rangi uchun apelsinday koʻrinadi. Siz parvarishxonada ham farqni koʻrishingiz mumkin. 1953 yilda bu yerga bir juft naslli bizon olib kelindi, shundan beri ular muntazam ravishda avlodlarini olib kelishadi.

Vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida va hatto ilmiy matbuotda rus zubr populyatsiyasida gibridlar – zubr, bizon va kulrang Ukraina qoramollari aralashmasi avlodlari borligi haqida nashrlar paydo boʻladi.

- Bu savolni raqiblar yoki ichi qoralar koʻtarishadi. Qoʻriqxonaning yuqori organlaridan biri, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, parvarishhona rahbari Mixail Aleksandrovich Zablotskiyga goʻsht va sut zotlarini yetishtirish uchun zubr va bizonni qoramol bilan chalishtirish topshirdi. Sigir va buqani bitta alohida volyerga joylashdi. Ammo tajriba muvaffaqiyatsiz tugadi. Irina Zemlyanko naslchilik kitoblarida - gibridlar "yoʻq qilindi" deb yaqqol yozilgan deb tushuntirdi.

Yaqinda akademik L.K. Ernst nomidagi chorvachilik ilmiy tadqiqot markazi olimlari hamkasblari bilan birgalikda Markaziy va Oka parvarishxonalaridagi zubrlarni genetik tadqiqotini boshladilar. Koʻpaytirish uchun xizmat qiladigan nasllik boshlar ularning avlodlaridan namunalar olindi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

DNK boshqa zubr populyatsiyalari, nasli tozaligi isbotlangan, shuningdek, muzlatilgan holda saqlangan biomaterial tahlili natijalari bilan taqqoslandi. Tadqiqotga Germaniya va Polsha olimlari yordam berishdi.

-  Bizning barcha zubrlar toza naslli, Kavkaz-belovejskiy kenja turiga tegishli. Shuning uchun bu mish-mishlarning barchasini toʻxtatish kerak ”, - deb taʼkidlaydi parvarishhona mudiri.

Bahorda, Varshava Tabiiy fanlar universitetining hayvonlar genetikasi laboratoriyasining mudiri Zuzanna Novak bu yerga tashrif buyurdi, u butun dunyodagi zubr maʼlumotlarining yagona maʼlumotlar bazasini olib boradi. U namunalar oldi va Podmoskovye zubrining nasl-nasabini mustaqil tasdiqladi.

Ularning genetik xilma-xilligini saqlab qolish va yaqin qarindoshlikni qovushtirishni istisno qilish uchun uzoq populyatsiyalarda tugʻilgan hayvonlardan juftliklar yaratiladi. 2016 yilda parvarishhonada ikkita oilaga nemis genofondiga ega buqalar boshchilik qildi. Kuzda Shvetsiyadan nar keltirilishi rejalashtirishmoqda. Endi u uchun alohida qoʻra jihozlanmoqda va rus, nemis va skandinaviyalik yosh urgʻochilar tanlanmoqda.

1961 yildan beri markaziy zubr parvarishhonasidan 470 bosh boshqa hududlarga yuborildi. Eng katta populyatsiya "Orlovskoye polesye" milliy bogʻida joylashgan. Podmoskovye zubrlari Kaluga, Bryansk, Smolensk va Vologda viloyatlarida yashaydi.

Hammasi boʻlib, dunyoda yetti mingga yaqin bosh zubr yashaydi. Bu tabiatdan gʻoyib boʻlgan turni tiklash va boshqa joyga koʻchirishning yagona muvaffaqiyatli namunasidir. Biroq, u hali ham kam deb hisoblanadi. Rossiyada zubr Qizil kitobga birinchi raqam ostida kiritilgan. Ularni ushbu maqomdan mahrum qilishga juda erta.

Asosiy mavzular